Buxoro davlat pedagogika instituti ro‘yхаtga olindi: №2023- yil “ ” “tаsdiqlаymаn”


Download 3.18 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/77
Sana03.11.2023
Hajmi3.18 Mb.
#1743266
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   77
Bog'liq
Atmosfera fizikasi majmua 20.10.2023

Shar chaqmoq. Chaqmoq va momoqaldiroqning tabiati olimlar tomonidan yaxshi 
o‘rganilgan. Biroq shar chaqmoq deb ataladigan chaqmoqning bir turi borki, uning tabiati 
hozirgacha noma’lum. Bu turdagi chaqmoq g‘ayritabiiy, sirli bo‘lib, ko‘pincha u 
momoqaldiroqdan keyin paydo bo‘ladi. Bunday kam uchraydigan hodisa kishilarni hayratga 
solgan. Hozir ham momaqaldiroq ko‘p bo‘lib turadigan hududlarda uni uchratish mumkin. 
Uning ko‘rinishi va hatti- harakatini kishilar kuzatganlar.
Shar chaqmoq sharsimon yorug‘ nurlanuvchi gazsimon modda bo‘lib, u turli ranglarda 
bo‘lishi mumkin. Masalan, qizg‘ish, oq, havorang, sariq va x.k. Shar chaqmoq diametri bir 
necha sm dan 1metrgacha bo‘ladi. Shar chaqmoqning diametri 15-30 sm lisi ko‘p uchraydi. 
Shar chaqmoq bir necha sekunddan bir necha minut davomida kuzatiladi. U to‘satdan paydo 
bo‘ladi, tinchgina shovqinsiz yo‘qoladi. Biroq, ba’zida u portlab, uy joylarni vayron qilib, 
odamlarga shikast yetkazishi mumkin.
Uning yana bir ajablanarli tomoni shundaki, u xashak, qog‘oz va daraxt oldidan o‘tganda 
ularni yoqib yubormaydi. Agar u portlab ketsa, hatto ho‘l o‘tin va daraxtlarni yondirib 
yuborishi mumkin.
Shar chaqmoq xavflimi? Albatta xavf tug‘dirishi tabiiy. Biroq, odatda tabiiy shar 
chaqmoq bilan uchrashish oqibati ko‘pincha fojeasiz tugaydi. Ko‘pchilik shar chaqmoq 
ichida yuqori harorat bo‘lib, unda katta energiya to‘plangan deb o‘ylaydi. Aslida nazariy 
hisoblashlar ko‘rsatadiki, shar chaqmoq energiyasi taxminan 100 kilojoul atrofida, bu uncha 
katta energiya emas. Bunday energiya kichik metall bo‘lagini eritishi, uncha qalin bo‘lmagan 
trubani egishi, yog‘och to‘siqni teshishi mumkin va yong‘in keltirib chiqarishi ham mumkin. 
Biroq u haqiqatda jiddiy vayronagarchilikni keltirib chiqarishga qodir emas.
Ko‘pincha shar chaqmoq odamni chetlab o‘tadi. Shar chaqmoqni ko‘rgan kishilarning 
aytishicha, unga yaqin masofada uning issiqligini sezmaganlar. Hattoki alohida hollarda u 
bilan bevosita to‘qnashganlarida ham zarar keltirmagan. Ayrim hollarda esa unga tegib 
ketganda og‘riqli kuydirgan ammo o‘ldirmagan. Demak, shar chaqmoq yuzasi harorati uncha 
katta emas(odatdagi harorat yoki undan biroz katta bo‘lishi mumkin). Uning ichida esa ancha 
katta(300-350
0
S) bo‘ladi. Shar chaqmoq o‘zini g‘alati tutadi. U past ovozda vizillab, 
shitirlab, yuguradigan odam tezligida «sayr» qiladi. Ba’zida sekin, shamol yo‘nalishi 
bo‘ylab, ba’zida shamolga qarshi yo‘nalishda harakatlanadi.
Shar chaqmoq nima uchundir xonalarga kirishga «qiziqadi», u xonadonlarga pechka 
trubasi, tirqish, dereza, eshik va fortochka orqali erkin kirishi mumkin. 2-rasmda shar 
chaqmoqni tirqish orqali o‘tishi ko‘rsatilgan. Xona ichida harakatlanib, hech qanday zarar 
yetkazmasdan chiqib ham ketadi. Chaqirilmagan mehmon hamma vaqt ham tinchgina uydan 
chiqib ketmas ekan.

Download 3.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling