Buxoro davlat pedagogika instituti ro‘yхаtga olindi: №2023- yil “ ” “tаsdiqlаymаn”
Download 3.18 Mb. Pdf ko'rish
|
Atmosfera fizikasi majmua 20.10.2023
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazorat savollari
- Kerakli asboblar
Ishni bajarish tartibi
1. Atmosferada elektr hodisalarini tabiati haqida kerakli ma’lumotlar bilan tanishing 2. Elektrofor mashinasi yordamida “momoqaldiroq modelini” hosil qiling va kuzating 111 3. Internet materiallari asosida Shar chaqmoqning tabiati haqida ma’lumotga ega bo‘ling 4. Qilingan ishlar bo‘yicha hisobot yozing Nazorat savollari 1. Atmosferada elektr hodisalari tabiatini qaysi olimlar adqiq etgan? 2. Yashin va momoqaldiroqning paydo bo‘lishini tushuntiring. 3. Yerning elektr maydon? LABORATORIYA ISHI. №4 MAVZU: QUYOSH SHAMOLI VA MAGNIT BO‘RONLARINING BIOSFERAGA TA’SIRINI O‘RGANISH Ishning maqsadi: Quyosh shamolining Yer magnit maydoniga va biosferaga ta’sirini o‘rganish Kerakli asboblar: Teleskop (jihozlari bilan), ekran, internet ma’lumotlari Ishning nazariyasi Quyosh shamolining yer magnit maydoniga ta’siri. Kuzatishlar natijasida quyosh aktivligining davriyligi aniqlangan. Quyosh sirtida qudratli xromosfera chaqnashlari (portlashlar) sodir bo‘lib turadi. Har bir ana shunday chaqnashdan keyin quyoshdan barcha yo‘nalishlar bo‘ylab kosmik fazoga ulkan plazma oqimi(zaryadlangan zarrachalar: elektronlar protonlar va x.k.) ya’ni quyosh shamoli tarqaladi. Bu plazma oqimining ma’lum qismi yer atmosferasigacha yetib keladi. Bunday quyosh nurlanishi quyosh aktivligi oshgan paytida yuz beradi. Yuqorida ta’kidlangan quyosh shamoli qisqa vaqt ichida yer atmosferasidagi barcha havoni ion va elektronlarga ajratib yuborib, biosferani qaytmas oqibatlarga olib kelishi mumkin. Undan keyin sayyoramizda hayot bo‘lishi mumkin emas. Biroq yerda uzluksiz hayot davom etib kelmoqda. Yerning magnit maydoni bizni quyosh shamolidan asraydi. Bundan boshqa ishonchli himoya vositasi tabiatda yo‘q. Agarda ona sayyoramiz tashqi ta’sirlardan himoyalanmaganda edi, bunday ta’sirlardan eng avvalo quyosh shamolidan barcha tirik jonzotlar nobud bo‘lar edilar. Agar bu himoya vositasi bekami-ko‘st bo‘lganda edi biz yerning magnitosfera qobig‘ini qanday tuzilganligini chuqur o‘rganishning hojati yo‘q edi. Aslida bu himoya qobig‘ining o‘ziga xos kamchiliklari ham mavjud. Aniqroq qilib aytganda, yerning magnit qobig‘ining zaif joylari(defektlari yoki nosoz joylari) ham bor ekan. Bu joylar orqali quyosh shamoli yer atmosferasiga kiradi. Shunga qaramasdan atmosfera va magnitosfera qatlamlari zaminimizdagi flora, fauna va barcha jonzotlarni tashqi ta’sir va nurlanishlardan ishonchli himoya qiladi. Ming kilometrgacha cho‘zilgan yerning havo qobig‘i, ya’ni yer atmosferasi zaminimizni keskin isib ketishi va sovib ketishidan saqlaydi. Shuningdek, yer atmosferasi koinotdan keladigan barcha ta’sirlardan, jumladan meteoritlar oqimidan ham asraydi. 112 Ona sayyoramizni koinotdan keladigan nurlanishlardan uning atmosferasi va magnitosferasi qanday qilib asraydi? Buni bilish uchun keling, yaxshisi quyosh aktivligi davrida yer magnit maydoni va undagi yuz beradigan jarayonlarni ko‘raylik. Yerning magnit maydoni qanday tuzilgan? Maktab fizikasidan ma’lumki, har qanday o‘zgarmas magnit atrofida magnit maydoni mavjud bo‘ladi. Yerning geografik shimoliy qutbi tomonida uning janubiy magnit qutbi va aksincha janubiy qutbi yaqinida uning shimoliy magnit qutbi joylashgan. Aslida yerning magnit qutblari yo‘nalishi uning geografik qutblariga nisbatan siljib 11 0 burchak hosil qiladi. Boshqacha qilib aytganda, yerning shimoliy qutbi bilan uning janubiy magnit qutbi orasidagi masofa 1100 km ni tashkil qiladi. Yerning magnit maydoni 2-rasmda keltirilgan. Yerning magnit maydoni uning modeli magnit maydonidan farq qiladi. Chunki quyosh shamoli yer magnit maydoni kuch chiziqlarini (konfiguryatsiyasini) o‘zgartirib yuboradi. Magnit ekvator tekisligida magnit kuch chiziqlari yer sirtiga parallel yo‘nalgan bo‘ladi. Qutblarga yaqinlashgan sari magnit kuch chiziqlari yer sirtiga tik yo‘nalib, shimoliy qutbdan chiqib, janubiy qutbga kiradi. Yer magnit maydoni (quyosh radiatsiyasi va boshqa kosmik zarralar ta’sirlaridan) yerdagi jonzot va o‘simliklarni himoya qilii uchun u quyosh shamoliga tik yo‘nalgan bo‘lishi kerak. Haqiqatan ham, o‘rta kengliklarda magnit kuch chiziqlari quyosh radiatsiyasi nurlanishlariga tik yo‘nalgan. Shuning uchun u quyosh shamolini katta qismini burib yuboradi. Qutb sohalarida esa magnit kuch chiziqlari quyosh nurlanishi bilan bir xilda yo‘nalganligi uchun bu himoya uncha ishonchli emas. Quyosh shamolining qudratli zarbasini qabul qilgan yerning tashqi magnitosfera qatlami deformatsiyalanadi va uning qat’iy ma’lum joylarida defekt yoki raxna(teshik joy)lar hosil bo‘lib, u orqali quyosh plazmasining bir qismi magnitosfera ichiga kirib ionosferani g‘alayonlantiradi. Bu esa magnit bo‘ronlarini yuzaga keltiradi. Plazma nurlanishining asosiy qismi magnitosferadan egilib, tashqi koinotga o‘tib ketadi. 1-rasm. Quyosh amolining Yer magnit maydoniga ta’siri Download 3.18 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling