Buxoro davlat pedagogika instituti ro‘yхаtga olindi: №2023- yil “ ” “tаsdiqlаymаn”


Quyosh va magnit bo‘ronlarining biosferaga ta’siri


Download 3.18 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/77
Sana03.11.2023
Hajmi3.18 Mb.
#1743266
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   77
Bog'liq
Atmosfera fizikasi majmua 20.10.2023

 
Quyosh va magnit bo‘ronlarining biosferaga ta’siri 
Biz oldingi paragraflarda quyosh va magnit aktivligi bilan inson organizmi holati 
orasidagi bog‘lanishni aniqlaydigan ayrim dalillarni keltirib o‘tgan edik. Bunday bog‘lanish 
magnit va quyosh bo‘ronlari orasida va turli o‘simlik hamda hayvonotlar dunyosida ham 
namoyon bo‘ladi.
Yer atmosfera bosimini o‘zgarishi, qurg‘oqchilikni bo‘lishi, yerda ob-havoning 
o‘zgarishi va boshqa hodisalar ham yer magnit maydonini o‘zgarishi bilan bog‘liqligi 
kuzatishlardan aniqlangan.
Yerning geomagnit maydonining biosferaga ta’siriga oid quyidagi dalillarni keltirib 
o‘tish mumkin. Ko‘p yillar davomida olimlar tomonidan yerning turli joylarida sodir 
bo‘ladigan biologik, geofizik va fizik-kimyoviy jarayonlar solishtirib ko‘rilgan. Mazkur 
jarayonlar yerning turli joylarida, turli mavsumlarda va turli iqlimiy sharoitlarda sodir 
bo‘lishiga qaramasdan bu jarayonlar bir vaqtda va bir xil sodir bo‘lishi aniqlangan.
Biologik hodisalarning bir vaqtda sodir bo‘lishining yagona sababi shundan iboratki, 
quyoshdan otilib chiqadigan plazma nurlanishi ta’sirida magnit bo‘ronlari bu hodisalarni 
yuzaga keltiradi degan xulosaga kelish mumkin.
Yerda bir-biridan juda uzoqda joylashgan nuqtalarda turli hodisalar bir xilda 
o‘zgarishiga ko‘p misollar keltirish mumkin. Masalan, insonlar organizmidagi fizik-
kimyoviy reaksiyalarning o‘tishi va ulardagi qon tarkibi bir xilda o‘zgarar ekan.
A. L. Chijevskiy “Quyosh bo‘ronlarining yerdagi aks sadosi” deb nomlangan 
kitobida u mazkur hodisalar haqida quyidagilarni yozadi: “Quyosh aktivligi va 
daraxtlarning o‘sishi orasidagi munosobatlarga oid masala ancha batafsil o‘rganildi. Ya’ni 
daraxtlarning yillik halqalari qalinliklarini quyosh aktivligiga bog‘liq holda o‘zgarishi 


115 
tekshirildi. Yevropa va Amerikaning 43 mamlakatidan keltirilgan ko‘p sonli daraxt 
kesimlari to‘plandi. Daraxtlarning yillik halqalari qalinligi (millimetrning yuzdan bir 
aniqlikda) aniqlandi. Bunda yillik qatlam qalinligining davriyligi tekshirildi. Daraxtlar 
ichida Janubiy Kaliforniyadan 3200 yoshli va 500 yoshli daraxtlar ham bor edi. Tahlil 
natijalaridan shu narsa ma’lum bo‘ldiki, tekshirilgan kesmalarda 11 yillik quyosh aktivligi 
yoki unga karrali bo‘lgan kattaliklar aniqlandi. Quyidagi vegetativ sikllar qayd qilindi: 5-6 
yosh, 10-13, 21-24, 32-34, va 100-103 yillar. Maksimal quyosh aktivlik yillarida daraxtlar 
keskin o‘sib, ancha to‘lishganligi aniqlandi. Minimal quyosh aktivlik yillarida esa ularni 
to‘lishganligi kamroq bo‘lgan. Daraxtlar dunyoning qaerida va qanday iqlimda o‘sishidan 
qat’iy nazar, ularga bog‘liq bo‘lmagan holda quyosh davriyligi o‘zini sezilarli namoyon 
qilgan edi”.
1927 yili (maksimal quyosh aktivlik yili) botaniklar ayrim o‘simliklar baquvvat 
gullab, odatdagidan ortiq (meva)mo‘l hosil berishini qayd qildilar.
Maxsus tadqiqotlar yo‘li bilan ko‘p o‘n yilliklar davomida maksimal quyosh aktivligi 
yillarida vinolarning sifati va uning nozik mazasi yaxshilanishi kuzatiladi. Bu faktlar 
shundan darak beradiki, quyosh aktivligining keskin sakrashlarida o‘simliklarda mutatsiya 
sodir bo‘lishi mumkin. Yuqori quyosh aktivligi davrida hosildorlik yuqori bo‘lar ekan. Kam 
quyosh aktivligi paytlarida esa hosildorlik o‘rtachadan past bo‘lishi kuzatishlardan 
aniqlangan.

Download 3.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling