Buxoro davlat pedagogika instituti tillar fakulteti


Taʼlim jarayoni va sifatini taʼminlash tamoyillari


Download 146.38 Kb.
bet2/5
Sana01.03.2023
Hajmi146.38 Kb.
#1242563
1   2   3   4   5
Bog'liq
2- kurslar uchun malakaviy amaliyot

Taʼlim jarayoni va sifatini taʼminlash tamoyillari:
Mustaqil ishlash, boshlang‘ich va fundamental ilmiy izlanishlar olib borish va olingan natijalarni qayta ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish; tanlangan sohada mavjud bo‘lgan dolzarb muammo yuzasidan soha yetakchi mutaxassislari bilan bemalol mustaqil muloqot qila olish; maʼnaviy tadbirlarini tashkil eta olish; taʼlim muassasalarida turli yoshdagi bolalar psixologiyasini o‘rganish, ular bilan muloqot qila olish va jamoatchilik bilan birga ishlay olish ko‘nikmalarini rivojlantirish.
Baholashni tashkil etish yo‘llari
Institut (kafedra)dan malakaviy amaliyotga rahbar tayinlanadi va bu rahbar butun amaliyotga masʼul hisoblanadi va butun tanishtiruv amaliyot davrida bu rahbarlar talabalar bilan ish olib boradi, talabalarga kasbiy asosni egallashlariga ko‘mak berib keladi. Аmaliyot tugaganidan keyin har bir talabaga mutaxassis rahbar amaliyot davrida olib borgan faoliyatini baholovchi xarakteristika yozib beradi. O‘quv yili oxirida talabalar maxsus komissiyaga amaliyot hisobotini taqdimot qilib topshiradilar. Baholash mezonlari ishlab chiqiladi va talabalar malakaviy amaliyotga chiqishdan oldin baholash mezonlari hamda amaliyotning to‘liq dasturi bilan tanishib chiqish imkoniyatiga ega bo‘ladilar .
Qo‘llanadigan uslublar
►muammoli vaziyat/topshiriqlarni yaratish, ularning ustida ishlash va hal etish yo‘llarini izlab topish;
►mutaxassislar faoliyatini kuzatib, tahlil etish va xulosalar yasash;
►talabalarni ko‘proq ijodiy ishlashga majbur qiladigan mashg‘ulotlarga jalb etish maqsadida o‘zlarining video yozuvlari, dasturlarini yaratishi va bildiriladigan tanqidiy hamda turli fikrlarni qabul qilishga o‘rgatish;
Malakaviy amaliyotga ajratilgan o‘quv soatlarining o‘quv turlari bo‘yicha taqsimoti
Malakaviy amaliyotga jami 240 soat ajratilgan.

Mashg‘ulot turi

Ajratilgan soat

Semestr


Download 146.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling