Buxoro davlat pedagogika instituti tosheva nurzoda toshtemirona maktabgacha ta
Nazorat uchun savol va topshiriqlar
Download 4.01 Mb. Pdf ko'rish
|
2023.Darslik N.T.Tosheva
- Bu sahifa navigatsiya:
- XVIII. 1. Bolalarning maktabda ta’lim olishga tayyorligini tashxislash usullari
Nazorat uchun savol va topshiriqlar: 1. MTMda ta'lim-tarbiya jarayonini rejalashtirishning komil inson tarbiyasida tutgan o‘rnini ifodalang. 2. Mustaqil reja turlaridan birini tayyorlang va tahlil qiling? 3. Yillik rejada nimalar aks etadi? 4. Ertalabki soatlarda qanday ishlar rejalashtiriladi? 5. Sayr qanday rejalashtiriladi? 6. MTMda qanday rejalar tuziladi? 7. Yillik reja qancha muddatga tuziladi, unda nimalar aks etadi? 8. Kalendar tematik reja qancha muddatga tuziladi va unda nimalar aks etadi? 9. Kechki sayrda qanday ishlar amalga oshiriladi? 10. Kunning ikkinchi yarmi necha qismdan iborat? 309 XVIII. MODUL. BOLALARNING MAKTABDA TA’LIM OLISHGA TAYYORLIGINI TASHXISLASH USULLARI Mavzuga oid tayanch tushunchalar: tashxislash, aqliy rivojlanish, Kern-Irasek, “Grafik diktant”, yo‘riqnoma, suhbat, kuzatish, ko‘nikma, tayyorgarlik,discomfort, yondashish,omil. XVIII. 1. Bolalarning maktabda ta’lim olishga tayyorligini tashxislash usullari Bolaning maktabda ta’lim olishga tayyorligini tashxislash. Bu tekshiruv juda zarur. U oila uchun bolaning qaysi jihatlariga tuzatish (agar u zarur bulsa) kiritishda, olti yoshlining muvaffaqiyatlari va kamchiliklariga qanday yondashishda, shu maqsadda u tarbiyachilarga, qolaversa, 1-sinf o‘qituvchilari uchun ham kerak. Bolani o‘qitish uchun uni har tomonlama bilish kerak. Afsuski, bugungi kunda tashxis tizimining takomillashmaganligi, o‘zini oqlamagan turli xil shakllarni ko‘pligi ta’lim muassasalarining hamda ota-onalarning bolalarni maktabga tayyorlash borasida faoliyatini qiyinlashtirmoqda. Masalan, ayrim maktablarda bolalarni birinchi sinfga olishda bolaning maktabga tayyorgarligini belgilovchi asosiy ko‘rsatkich sifatida tez o‘qish ko‘nikmasi (bir minutda 50-70 va undan ham oshiq so‘z) ilgari surilmoqda. Vaholanki, bu ko‘nikma maktabgacha ta’lim davlat dasturiga kiritilmagan. Agar bola tez o‘qishga o‘rgangan bo‘lsa yomon emas, biroq bu maktabga borishdagi shartli talab sifatida qabul qilinmasligi kerak. Tashxis o‘tkazish, bolaning rivojlanganligi va maktabda ta’lim olishga tayyorgarligi darajasini aniqlash maqsadida turli usullarning bir necha variantlari berilmoqda. Biroq bu har bir bolaga tashxis qo‘yishda maskur uslublarning barchasini qo‘llash zarur, degani emas. Bolani tashxisdan o‘tkazishni majburiylikka asoslanmagan, ishonchli suhbat yoki o‘yin tartibida olib borgan ma’qul. Toki bola o‘zini tekshirilayotganligini sezmasin. Bolani berilgan savollarga javob berayotganda shoshirmaslik, uning qiziqishini so‘ndirmaslik uchun suhbat va tavsiya etilayotgan o‘yinlardan 2-3 tasini o‘tkazgan ma’qul. Bir marta tashxis o‘tkazish vaqti 20-25 daqiqadan oshmasligi lozim. Barcha turdagi maktabgacha ta’lim tashkilotlari, maktablar uchun majburiy bo‘lgan hamda ota-onalarning ham bolani maktabga tayyorligini aniqlash va bola rivojlanishidagi ayrim jihatlarni chuqurroq yechishlariga imkon beruvchi asosiy tashxislash usul- larining asosiylarga quyidagilar kiradi: 310 – Bolaning sog‘ligi va jismoniy rivojlanganligi holati tashxisi. – Shaxsiy – psixologik va aqliy rivojlanganlik tashxisi: - tashxislovchi kirish suhbati. – Kern-Irasek tizimi bo‘yicha tashxislar. – Venger metodi bo‘yicha tashxislash ( grafik diktant ). 3.Ta’lim olish faoliyatining ko‘nikma va ilk zaminini aniqlash tashxisi: – bolalarning maktab haqidagi tasavvurlarini aniqlovchi savolnoma (mativatsion tayyorgarlik); – bolalarning matematik tushunchalarini aniqlovchi savolnoma; – bolalarning og‘zaki savodxonligi va nutqi rivojlanganligini aniqlovchi savolnoma. 4. Tekshirishning qo‘shimcha shakllari: – ko‘rish xotirasi; – eshitish xotirasi; – mazmun xotirasi; – tasavvuri va ijodiy fikrlashining rivoji; – og‘zaki- mantiqiy fikrlash rivoji; – ma’lum joyda, hududda mo‘ljal olish rivoji; – matematik tushunchalari rivoji; – tasvirlash faoliyati bo‘yicha ko‘nikma va uddalashi rivoji; – o‘zi va o‘zining tasvirlash faoliyatiga munosabatini ifodalash. Download 4.01 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling