Buxoro davlat pedagogika instituti tosheva nurzoda toshtemirona maktabgacha ta
Nazorat uchun savol va topshiriqlar
Download 4.01 Mb. Pdf ko'rish
|
2023.Darslik N.T.Tosheva
- Bu sahifa navigatsiya:
- VII.1. Maktabgacha yoshdagi bolalarning aqliy rivojlanishi
Nazorat uchun savol va topshiriqlar 1. Jismoniy tarbiyaning mazmuni. 2. Jismoniy tarbiyadagi asosiy tushunchalarning «jismoniy tarbiya», «jismoniy barkamollik», «badantarbiya», «jismoniy rivojlanish» mazmunini ochib bering. 3. Ilk yoshdagi bolalar jismoniy tarbiyasining vazifalari. 4. 3 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalarning jismoniy tarbiya- lashning mazmunini ochib bering. 5. Rejim (kun tartibini) tashkil etish. 6. Turli yosh guruhlarida bolalarning ovqatlanishini tashkil etish. 7. Ilk yoshdagi bolalarda madaniy-gigiyenik ko‘nikmalarni tarbiya- lash. 8. 3 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalarda madaniy-gigiyenik ko‘nik-ma1arni tarbiyalash. 9. Jismoniy tarbiya vositalari. 10. Chiniqtirishning mohiyati va uni o‘tkazish metodikasi. 102 VII MODUL. MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNING AQLIY VA AXLOQIY JIHATDAN TARBIYALASH VAZIFASI VA AMALGA OSHIRISH VOSITALARI Tayanch tushunchalar: aqliy tarbiya, Aqliy tarbiya nazariyasi, axloqiy tarbiya, aql, sensor tarbiya, metod, tamoyil, idrok, tafakkur, odob VII.1. Maktabgacha yoshdagi bolalarning aqliy rivojlanishi Aqliy tarbiya haqida tushuncha: Aql keng ma’noda sezish va idrok etishdan boshlanib tafakkur va hayotni o‘z ichiga oladigan bilish jarayonlari yig‘indisidir. Aqliy tarbiya – bu aqlni rivojlantirish maqsadida yoshlarga muntazam va maqsadga muvofiq pedagogik ta’sir ko‘rsatish. U yosh avlodning insoniyat to‘plagan bilimlar, malaka va ko‘nikmalarda, qoidalarda o‘z ifodasini topgan ijtimoiy-tarixiy tajribani egallashning rejali jarayoni sifatida ro‘y beradi. Bu ta’sir kattalar tomonidan amalga oshiriladi va bolalarning aqliy rivojlanishini ta’minlovchi xilma-xil vositalar, metodlar, sharoitlar yaratishni o‘z ichiga oladi. Odamning aqli, uning aqliy rivojlanishi bilimlar hajmi, xususiyati va mazmunida namoyon bo‘ladi. Ular aqliy faoliyatning jo‘shqinligida, mustaqil ijodiy bilishga intilishda o‘z ifodasini topadi. Aqliy faoliyat diqqatning har doim ma’lum maqsadga qaratilgan bo‘lishini talab etadi. Kishining aqli uning asosiy faoliyatida erishgan muvaffaqiyati xususiyati bilan belgilanadi. Aqliy tarbiyasi yetuk, o‘tkir zehnli, zukko va zakovatli insonlarni xalqimiz donishmand kishilar deb ataydilar. Donishmandlik – bu donolik. Donolik insonning eng buyuk va olijanob fazilatidir. Donolik shunday bir noyob ne’matdirki, u har kimga ham nasib etavermaydi. Shuning uchun bo‘lsa kerak, xalq donoligida «Aql toji oltindan, oltin har kimda ham bo‘lmas», deyiladi. Insoniyat paydo bo‘lgandan beri odamlar orasida yetishib chiqqan barcha olim-u fozillar, shoir-u yozuvchilarning barchasi mukammal ilm egallash orqali o‘z davrining e’tiborli kishilari darajasiga ko‘tarilganlar. Abu Rayhon Beruniy, Abu Nasr Forobiy, Abu Ali ibn Sino, Mahmud Koshg‘ariy, Alisher Navoiy, Abdulla Avloniy va boshqalar, g‘arb olimlaridan Yan Amos Komenskiy, K.D.Ushinskiy, J.J.Russo va boshqalar mukammal ilm egallash orqali fanning barcha sohalarida buyuk kashfiyotlar yaratganlar. 103 Tarixan ta’lim-tarbiya maxsus inson faoliyati sifatida shakllanib borish barobarida, ta’lim-tarbiya yakunida tarbiyalanuvchining sifatlari, yani ta’limiy maqsadlar ham aniqlanib bordi. Xitoyning Samarqanddagi elchisi Vey Sizinning hisobotlarida: «Samarqand aholisi mohir savdogarlardir. O‘g‘il bola besh yoshga to‘lar ekan, unga savod o‘rgata boshlaydilar», - deb qayd qilingan. Zardushtiylik dinining muqaddas kitobi «Avesto»da ham ta’lim- tarbiya masalalariga katta ahamiyat berilgan. Unda «Tarbiya hayotning eng muhim tirgagi, tayanchi bo‘lib hisoblanishi lozim. Har bir yoshni shunday tarbiyalash lozimki, u avvalo, yaxshi o‘qishni keyin esa yozishni o‘rganishi bilan eng yuksak pog‘onaga ko‘tarilsin» deyilgan. Farobiy ta’lim-tarbiyaga bag‘ishlangan asarlarida inson takomilida ta’lim-tarbiyaning muhimligi, unda nimalarga e’tibor berish zarurligi, ta’lim-tarbiya usul va uslublari haqida fikr yuritadi. «Fozil odamlar shahri», «Baxt saodatga erishuv to‘g‘risida», «Aql ma’nolari to‘g‘risida», «Ilmlarning kelib chikishi» kabi maorifiy asarlarida olimning ijtimoiy tarbiyaviy qarashlari o‘z ifodasini topgan. Farobiy ta’limning asosiy vazifasi jamiyat talablariga javob bera oladigan va shu jamiyat uchun xizmat qiladigan yetuk insonni yetishtirishdan iborat deb biladi. Beruniyning bilimlarni egallash yo‘llari haqidagi fikrlari hozirgi davr uchun ham dolzarbdir. O‘quvchilarga bilim berishda ularni zeriktirmaslik; uzviylik, izchillik, yangi mavzularni qiziqarli, asosan ko‘rgazmali bayon etish va hokazolarga e’tibor berish kerakligini uqtiradi. Olim bilim oluvchilarga qalbni yomon o‘zi sezishi mumkin bo‘lmagan holatlardan, behuda raqobatdan, shon-shuhratdan saqlanish zarurligini aytadi. Beruniy inson kamolotida uch narsa muhimligini ta’kidlaydi. Bu irsiyat, muhit, tarbiyadir. Ibn Sino insonlarni kamolotga erishishning birinchi mezoni sanalgan bilim egallashga da’vat etadi. Bilimsiz kishilar johil bo‘ladi, ular haqiqatni bila olmaydilar, ular yetuk bo‘lmagan kishilar deydi. Ibn Sino bilim olishda bolalarni maktabda o‘qitish zarur deb biladi. U ta’limda quyidagi talablarga rioya etish zarurligini ta’kidlaydi: bolaga bilim berishda birdaniga kitobga band qilmaslik, ta’limda yengildan og‘iriga borish orqali bilim berish, olib boriladigan mashqlar bolaning yoshiga mos bo‘lishi, o‘qitishda jamoa bo‘lib o‘qitishga e’tibor berish, ta’lim berishda bola qiziqishini va qobiliyatini hisobga olish, 104 o‘qitishni jismoniy mashqlar bilan birga olib borish. Abu Ali ibn Sino aqlning rivojlanish bosqichlarini ishlab chiqqan. Mushohada bilan idrok etishning birinchi bosqichi aqliy kategoriyalarini tushuntirishdir. Ikkinchi bosqich. Ikki xil fikrni idrok etish. Uchinchi bosqich. O‘zlashtirilgan bilim, fikrlarni idrok etish bilan erishiladi. Shunda u haqiqiy aql deyiladi. Olim aqlni 3 bosqichga bo‘lar ekan, birinchi bosqichda yodlay oladigan, lekin hali harflarni ham, yozishni ham bilmaydigan bolalarni nazarda tutgan. Ikkinchi bosqichda tayoqchalarni chiza boshlagan, qalamdan foydalanishni o‘rganayotgan bolalarning aqli tasavvur qilinadi. Uchinchi bosqichda inson aql shakllarini va ularga muvofiq hissiy obrazlarni egallagan bo‘ladi. Ibn Sino aql deganda insoning tug‘ma iste’dodini, bilish jarayonida shakllanadigan fikrlash qobiliyatini tushunadi. Aqlni ikki xil kategoriyaga bo‘ladi: 1. Nazariy aql – borliqdagi umumiy narsalarni idrok etishdir. 2.Amaliy aql – buyumlarni tanlashda turtki sifatida ko‘rinadigan qobiliyatlardan. O‘z davrining yirik ma’rifatchilaridan hisoblangan Abdulla Avloniy ham yoshlarni ilmli bo‘lishga chaqiradi. U aql va ilmni ulug‘laydi hamda «Aql insonning piri komili, murshidi yagonasidir. Ruh ishlovchi, aql boshlovchidir» deb yozadi. Maktabgacha yoshdagi bolalarning aqliy rivojlanishi dastlab muomalada bo‘lish, narsalar bilan bajariladigan faoliyat natijasida keyin esa o‘quv mehnat, samarali faoliyatlar jarayonida (rasm chizish, loy) amalga oshirib boriladi. Hozirgi zamon pedagogika fani bilimlar sistemasini o‘zlashtirib olish, ularni jamg‘arish, ijodiy tafakkurni rivojlantirish hamda yangi bilimlar hosil qilish uchun zarur bo‘lgan bilish faoliyati usullarini egallab olish aqliy rivojlanishning asosiy ko‘rsatkichlari hisoblanadi. Aqliy tarbiyaning vazifasi uning mazmuni, metodi va tashkil etilishiga qarab belgilanadi. Pedagogika-psixologiya fani aqliy tarbiya berish vazifalarini samarali hal etishda birinchidan bolaning imkoniyatlaridan to‘g‘ri foydalanish, ikkinchidan bola organizmining umumiy charchashiga sabab bo‘lishi mumkin bo‘lgan ortiqcha zo‘riqish bo‘lmasligi yo‘llarini topish uchun Maktabgacha ta’lim yoshdagi bolalarning aqliy rivojlanishi qonunlari va imkoniyatlarini o‘rganish bilan shug‘ullanadi. 105 Keyingi yillarda olib borilgan psixologik-pedagogik tadqiqotlarning natijalari Maktabgacha ta’lim yoshi davrida bolalarning aqliy rivojlanishida juda katta imkoniyatlar mavjudligini ko‘rsatadi. Bularning hammasi Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarga beriladigan bilim, malaka va ko‘nikmalarini yanada chuqurlashtirish, hajmini kengaytirish maqsadga muvofiq. Maktabgacha ta’lim yoshining oxiriga kelib bolalar tevarak atrof to‘g‘risida kattagina hajmdagi eng oddiy bilim va tushunchalarga ega bo‘lib qoladilar, asosiy fikrlash jarayonini egallab oladilar, narsa va buyumlardagi voqealardagi muhim va muhim bo‘lmagan tomonlarini ajrata oladigan ba’zi bir sabab natijali bog‘lanishlarni bilib oladigan bo‘lib qoladilar. Ularda o‘quv faoliyatining dastlabki ko‘rsatkichlari shakllanadi. Shuning uchun bog‘cha yoshidan boshlab rivojlantirib borish katta ahamiyatga ega. Maktabgacha ta’lim yoshining dastlabki bosqichlarida bolalarda tasavvur ta’limi bo‘ladi. Hayotiy tajribaning ortib borishi va tafakkurning rivojlanishi bilan ijodiy xayol tarkib topadi. Kichik Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar uchun ko‘rgazmali-harakatli, ko‘rgazmali obrazli tafakkur xosdir. Buning asosida so‘z, mantiqiy tafakkur, tushunchali tafakkur rivojlantiriladi. Tarbiyachi bolalarda analitik-sintetik tafakkur faoliyati tarkib toptiriladi bu hodisalarni, voqealarni, chuqur anglab olish, ularni muhim bo‘lgan va muhim bo‘lmagan tomonlarini ajratishga o‘rgatish lozim. Qiziquvchanlik bolaga xos xususiyatdir. U bolani tevarak- atrofdagi voqea-hodisalarga, narsa va buyumlarga qiziqish bilan qarashga, hamma narsani ushlab his qilib, diqqat bilan tomosha qilishni ktizatishda namoyon bo‘ladi. Tarbiyachi kuzatishlar tashkil etib, bolalarda paydo bo‘lgan savollarga o‘z vaqtida javob berishga harakat qiladi, ularni fikrini mustaqil javob qidirishga yo‘llab, Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarda qiziquvchanlikning susayishiga yo‘l qo‘ymaydi. Aqliy tarbiyaning vazifasi bolalar qiziquvchanligini ular aqlining sinchkovligini rivojlantirish va shular asosida bilishga qiziqish hosil qilishdan iborat. Bolalar bog‘chasi oldida bolalarning aqliy qobiliyatini rivojlantirish vazifasi turibdi. Qobiliyatlar tegishli faoliyat jarayonida namoyon bo‘ladi va rivojlanadi. Insonning aqliy qobiliyati aqlining ziyraklik – fahm-farosatlilik, tanqidiy ko‘z bilan qarash, 106 sermulohazalik kabi sifatlari bilan ajralib turishi mumkin. Aqliy ko‘nikma va malakalarni rivojlantirish, ya’ni eng oddiy faoliyat usullari, predmetlarni tekshirish, ulardagi muhim va muhim bo‘lmagan belgilarni ajratib ko‘rsatish boshqa predmetlar bilan taqqoslash va hokazolarni tarkib toptirish Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarga aqliy tarbiya berish vazifalaridan biridir. Bu ko‘nikma va malakalar bilish faoliyatining tarkibiy qismlari bo‘lib, bolaning bilimlarini muvaffaqiyatli egallab olishga yordam beradi. Masalan: o‘simliklar va hayvonlar bilan tanishtirish bo‘yicha sistemali mashg‘ulotlar olib borilgandan keyin bolalar ayrim konkret o‘simliklar yoki hayvonlar to‘g‘risida ma’lum bir tasavvurga ega bo‘ladilar. So‘ngra bolalardagi aqliy-ko‘nikma va malakalarni rivojlantirish maqsadida tarbiyachi bolalar bilan quyidagi mashg‘ulotlarni o‘tkazishni rejalashtirishi mumkin: «Paxta o‘simligini, momaqaymoq o‘simligi bilan solishtirish», «Qafasdagi ikki xil qushni bir-biriga solishtirish» didaktik o‘yini va shunga o‘xshash tadbirlar o‘tkazish. Eng muhimi shundaki, bolalarga bilim beribgina qolmasdan, ularni olgan bilimlaridan aqliy va amaliy vazifalarni hal etishda foydalanishga o‘rgatish zarur. Ilk va bog‘cha yoshi davrida bolalarda tevarak-atrofga bo‘lgan qiziqish juda tez o‘sadi. Qiziqish bolaning aqliy rivojlanishini harakatga keltiruvchi qudratli kuchdir. Kattalar bolaning qiziquvchanligini, bilishga bo‘lgan har qanday xohishini sezishlari va rag‘batlantirib borishlari kerak. Bolani maktab ta’limiga tayyorlashda aqliy tarbiyaning ahamiyati kattadir. Bolani bilimlarini egallab olishlari ularni aqliy faolligini rivojlantirish aqliy malaka va ko‘nikmalarini egallab olishlari ularni maktabda muvaffaqqiyatli o‘qishlari uchun bo‘lajak mehnat faoliyatiga tayyorlanishida manba bo‘lib xizmat qiladi. Odamning aqliy faoliyati bu umumiy ham maxsus aqliy harakatlar xilma-xil sistemalarining katta miqdoridir. Ko‘pgina vazifalarni hal etishda qo‘llaniladigan keng ko‘lamdagi aqliy harakatlarni shakllantirish ayniqsa, muhimdir. Bunday harakatlarga tahlil, qiyoslash, umumlashtirish kiradi. Ham umumiy, ham maxsus aqliy harakatlarni egallash aqliy faollik va mustaqillikning rivojlanishini ta’minlaydi. Aqliy faoliyatning moslashuvchanligi va jo‘shqinligini, hodisalarni xilma-xil aloqalar va munosabatlarda ko‘ra bilishni shakllantirishga yordam beradi. «Aqliy mehnat madaniyati» 107 tushunchasiga aqliy faoliyatning umumiy tartibliligi, rejaliligi, vazifani qabul qilish va o‘rtaga qo‘yish, uni hal etish usullarini tanlash, ishlab chiqilgan harakat rejasini izchil amalga oshirish natijalarini baholash mahorati kiradi. Download 4.01 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling