Buxoro davlat pedagogika instituti tosheva nurzoda toshtemirona maktabgacha ta


Download 4.01 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/117
Sana26.09.2023
Hajmi4.01 Mb.
#1688373
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   117
Bog'liq
2023.Darslik N.T.Tosheva

Falsafa 
Odam 
anatomiyasi 
va 
Tarix, 
etnografiya 
Umumiy 
psixologiya 
Pedagogika 
Estetika 
MAKTABGACHA 
TA’LIM-TARBIYANI 
TASHKIL ETISH 


13 
biyalash hamda ta’limning mohiyati va qonuniyatlarini o‘rganadigan 
fandir. 
Shunday qilib, Maktabgacha ta’lim-tarbiyani tashkil etish fani 
yuqorida keltirilgan fanlar bilan bog‘liq holda rivojlanib, boyib boradi.
Yechilmay qolgan muammolar pedagogik nuqtayi nazardan ilmiy 
asoslangan tarzda o‘z yechimini topadi va kerakli xulosa, tavsiyalar 
beradi. 
I. 4. Maktabgacha ta’limga kirish 
Maktabgacha ta’limning maqsadi: bola shaxsini maktabgacha 
yoshdagi bolalar ta’lim-tarbiyasiga qo‘yiladigan Davlat talablariga 
muvofiq sog‘lom va yetuk, maktabga tayyorlangan tarzda 
shakllantirish. 
Maktabgacha ta’limning vazifalari bolalarni xalqning boy milliy, 
madaniy-tarixiy merosi va ma’naviy axloqiy jihatdan tarbiyalash; 
bolalarda milliy vatanparvarlik hislarini shakllantirish, maktabgacha 
yoshdagi bolalarda bilim olish ehtiyojini, o‘qishga intilish 
moyilliklarini shakllantirib, ularni muntazam ravishda ta’lim 
jarayoniga tayyorlash; bolalarning tafakkurini rivojlantirish, o‘zining 
fikrini 
mustaqil 
va 
erkin 
ifodalash 
malakalarini 
shakllan-
tirish,bolalarning jismoniy va ruhiy sog‘lig‘ini ta’minlashdan iborat. 
Maktabgacha ta’lim va tarbiyaning asosiy prinsiplari quyida-
gilardan iborat: 
– har bir bola uchun maktabgacha ta’lim va tarbiya olish 
imkoniyatining mavjudligi; 
– har bir bolaning iste’dodi nishonalarini, ishtiyoqlari va 
qobiliyatlarini rivojlantirish uchun shart-sharoitlar tengligi
– maktabgacha bo‘lgan yoshdagi bolalarga ta’lim, tarbiya berish va 
ularni sog‘lomlashtirishning, oila hamda maktabgacha ta’lim 
tashkiloti tarbiyaviy ta’sirining birligi; 
– maktabgacha bo‘lgan yoshdagi bolalarga ta’lim va tarbiya berish 
uyg‘unligi; 
– bolaning shaxsini rivojlantirishga yo‘naltirilgan shaxsiy yondashuv; 
– maktabgacha va umumiy o‘rta ta’limning izchilligi hamda 
uzluksizligi; 
– ta’lim va tarbiyaning demokratik hamda dunyoviy xususiyatga 
egaligi; 
– ta’lim-tarbiya jarayonining shaffofligi va ochiqligi; 


14 
– maktabgacha ta’lim va tarbiya mazmuni, darajasi hamda hajmining 
maktabgacha bo‘lgan yoshdagi bolalarning rivojlanish xususiyatlariga 
hamda sog‘lig‘i holatiga muvofiqligi. 
Maktabgacha ta’lim tashkilotlari quyidagi turlar bo‘yicha tashkil 
etiladi: 
– umumiy turdagi maktabgacha ta’lim tashkiloti; 
– ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkiloti; 
– inklyuziv guruhlarga ega maktabgacha ta’lim tashkiloti; 
– qo‘shma turdagi maktabgacha ta’lim tashkiloti. 
Umumiy turdagi maktabgacha ta’lim tashkilotining umumiy 
rivojlantirish yo‘nalishidagi guruhlarida maktabgacha ta’lim va 
tarbiyaning davlat ta’lim dasturi amalga oshirilishi ta’minlanadi. 
Ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotida 
rivojlanishida jismoniy yoki ruhiy nuqsonlari bo‘lgan bolalar uchun 
maktabgacha ta’lim va tarbiyaning davlat ta’lim dasturi amalga 
oshirilishi ta’minlanadi. 
Inklyuziv guruhlarga ega maktabgacha ta’lim tashkilotida 
bolalarning alohida ta’lim olish ehtiyojlari va individual imkoni-
yatlarini hisobga olgan holda, ularni sog‘lom muhitga uyg‘unlashtirish 
orqali ta’lim va tarbiya olishi uchun teng imkoniyatlar ta’minlanadi. 
Qo‘shma turdagi maktabgacha ta’lim tashkilotida rivojlanishida 
jismoniy yoki ruhiy nuqsonlari bo‘lgan bolalarning va rivojlanishida 
nuqsonlari bo‘lmagan bolalarning bitta tashkilotda alohida guruhlarda, 
shuningdek inklyuziv guruhlarda birgalikda o‘qishini hamda 
tarbiyalanishini tashkil etishga qaratilgan maktabgacha ta’lim va 
tarbiyaning davlat ta’lim dasturi amalga oshirilishi ta’minlanadi. 

Download 4.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   117




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling