Buxoro davlat pedagogika instituti tosheva nurzoda toshtemirona maktabgacha ta


I. 2. Fanning predmeti va vazifalari


Download 4.01 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/117
Sana26.09.2023
Hajmi4.01 Mb.
#1688373
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   117
Bog'liq
2023.Darslik N.T.Tosheva

I. 2. Fanning predmeti va vazifalari 
Maktabgacha ta’lim-tarbiyani tashkil etish fanining maqsadi
maktabgacha ta’lim-tarbiya qonuniyatlari bilan yaqindan tanishtirish, 
shuningdek, maktabgacha ta’limga qo‘yilgan talablar, tamoyillar
mazmuni, tarbiya turlari va tarbiyachi shaxsini shakllantirishning 
pedagogik asoslarini o‘rgatishdan iborat. 
Fanning vazifalari: pedagogik qonuniyatlar hamda tamoyillarga 
asoslangan holda o‘quv-tarbiya ishlarini tashkil etish haqidagi 
bilimlarga ega bo‘lish, ta’limni tashkil etishning asosiy shakllarini 
amaliyotda qo‘llash, maktabgacha ta’lim-tarbiyaning mazmuni, o‘ziga 
xos xususiyatlari, ta’limiy-tarbiyaviy jihatlarini topish, hamda kasbiga 
bo‘lgan munosabatni tarbiyalash. 
Quyidagi sxemada Maktabgacha ta’lim-tarbiyani tashkil etish 
fanining predmeti ko‘rsatib o‘tilgan: 
Bola tug‘ilgan kundan boshlab, maktabga borguniga qadar 
bo‘lgan davrda har tomonlama yetuk barkamol etib tarbiyalash 
qonuniyatlarini o‘rganish maktabgacha ta’lim-tarbiyani tashkil etish 
fanining asosiy mavzusidir. U maktabgacha ta’lim muassasalari va 
oilaning tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatishi birligini, maktabgacha ta’lim 
muassasasi va maktab ishidagi aloqadorlikni, bolalarni maktabda 
o‘qishga tayyorlashni ta’minlab, ijtimoiy maktabgacha ta’lim 
sharoitida tarbiya va ta’lim berish ishlarining vazifalarini, tamo-
Maktabgacha ta’lim-tarbiyani tashkil etish fanining predmeti 



yillarini, mazmunini, metodlarini, shakllarini va uni tashkil etishni 
ishlab chiqdi. Maktabgacha ta’lim-tarbiyani tashkil etish pedagogika 
fanlar tizimida uning ajralmas qismi bo‘lib shakllandi. 
Maktabgacha ta’lim-tarbiyani tashkil etishning nazariyasi va 
amaliyoti maktabgacha yoshdagi bolalarga har tomonlama tarbiya 
berishning maqsadi, bolaning imkoniyatlari va uni ilk yoshdan 
boshlab tarbiyalashning roli, maktabgacha ta’limni hayot, zamon bilan 
bog‘lab olib borishning zarurligi, bola shaxsining shakllanishida 
ijtimoiy muhitning hal qiluvchi ahamiyatiga asoslanadi. Pedagogika 
fani tarbiyani pedagogik hodisa sifatida o‘rganib, bir qator 
tushunchalarni o‘z ichiga oladi. Pedagogikada tarbiya, ta’lim, ma’lu-
mot asosiy tushunchalar hisoblanadi.

Download 4.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   117




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling