Buxoro davlat pedagogika instituti tosheva nurzoda toshtemirona maktabgacha ta


XI. 3. Bolalar o‘yinlarida tasvirlash vositalari


Download 4.01 Mb.
Pdf ko'rish
bet76/117
Sana26.09.2023
Hajmi4.01 Mb.
#1688373
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   117
Bog'liq
2023.Darslik N.T.Tosheva

XI. 3. Bolalar o‘yinlarida tasvirlash vositalari 
Bolalarning o‘ynashlari uchun ma’1um vositalar kerak. Rolli 
o‘yin1arda bolalar har xil vositalardan foydalanadilar, ulardan 
asosiylari quyidagilar: bolalarning o‘z harakatlari; o‘yinchoq va 
boshqa materiallar; so‘z. Bolalarning asosiy tasvirlovchi vositalari 
o‘zlarining harakatidir. Masalan, bola ikki oyog‘ida sakrab 
quyonchaga taqlid qiladi. Ikki qo‘lini qimirlatib, pishillab parovoz 
bo‘ladi va h.k. 
Bolalarning ko‘p harakatlari qurish, yasash bilan bog‘liq bo‘1adi, 
ular soatlab parovoz, paroxod, elektrovoz quradilar, ularni o‘ziga 
o‘xshatishga urinadilar. Ko‘pincha qurish o‘yinning boshlanishi 
bo‘1ib xizmat qiladi. Taqlid vositasiga o‘yinchoq ham kiradi. 
O‘yinchoq bola harakatini to‘ldiradi, o‘ylagan obrazi va fikrini amalga 
oshirishga yordam beradi. Kiyimlar va ularning qismlari ham bolaning 
olgan rolini yaxshiroq bajarishga va uni yanada aniqroq ijro etishga 
imkon tug‘diradi. Bolalar o‘yin jarayonida ba’zi bir narsalarni 
xohlagan narsalari nomi bilan atab ham xuddi o‘sha xohlagan 
narsalarini faraz qilib juda yaxshi o‘ynaydi1ar, masalan, taomni 
“konfet”, qumni “shakar”, stulni “mashina” deb atashlari mumkin. 
So‘z yordamida bolalar qanday o‘yin o‘ynashlarini kelishib 
oladilar. So‘z yordamida bir-biri bilan muomalada bo‘lib, o‘z 
fikrlarini izhor etishadi. So‘z har xil taassurotlarni ifodalash imkonini 
beradi. Bolalar hamma vositalardan ko‘pincha bir vaqtda 
foydalanadilar. Aks ettiruvchi vosita qanchalik ko‘p bo‘lsa, o‘yin 
mazmuni shunchalik boyroq bo‘ladi hamda tevarak-atrofdagi 
voqealardan taassurot shunchalik to‘1aroq aks ettiriladi. O‘yin 
mazmunining rivojlanib borishi bilan murakkab jarayon bo‘lgan 


198 
bolalar jamoasi ham shakllana boshlaydi. O‘yin bolalarning mustaqil 
faoliyati bo‘1gani uchun uning syujetini bolalar o‘z1ari o‘ylab 
topishadi va o‘zlari tashkil etishadi. O‘yinda bolalar o‘zlarining
kichkina jamiyatning a’zosi deb hisoblashadi,o‘zaro kelishib harakat 
qilishga o‘rganishadi. 
Ijtimoiy tarbiya olayotgan sharoitda har bir bola o‘ynayotgan 
bolalar jamoasiga kira olishi, u yerda o‘z o‘rnini topa olishi va shu 
jamoada o‘rnashib olishi lozim. Tarbiyachilik yoshli bolalarda 
ularning narsalar bilan o‘ynay olishi, diqqatini shunga to‘p1ay olish 
qobiliyatini tarkib toptiradi. Bu boshqa bolalar bilan yonma-yon tinch 
o‘ynay olish malakasining shakllanishiga yordam beradi. Bolalar 
birgalikda o‘ynashga o‘tganlarida bir-birlari bilan ma’1um munosabat 
o‘rnatishlari lozim bo‘1adi. Xudda mana shu munosabat jamoat-
chilikni shakllantiradi. Bunga tarbiyachi bolalarni kelishib o‘ynashga 
o‘rgatish orqali erishadi. 

Download 4.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   117




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling