Buxoro davlat pedagogika instituti tosheva nurzoda toshtemirona maktabgacha ta
Nazorat uchun savol va topshiriqlar
Download 4.01 Mb. Pdf ko'rish
|
2023.Darslik N.T.Tosheva
- Bu sahifa navigatsiya:
- XVI MODUL. MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTINING OTA-ONALAR BILAN HAMKORLIKDAGI ISHINING MAZMUNI VA USULLARI Mavzuga oid tayanch tushunchalar
- XVI. 1. Oila - davlat va jamiyat ardog‘ida
Nazorat uchun savol va topshiriqlar: 1. Maktabgacha ta’lim muassasasi va maktab hamkorligi masalalari haqida fikr bildiring. 2. Maktabgacha ta’lim muassasasi bilan maktab aloqasining asosiy shakllari. 3. Bolalarni maktabga tayyorlash vazifalari haqida ma’lumot bering. 4. Hamkorlikni amalga oshirish yo‘llari. 279 XVI MODUL. MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTINING OTA-ONALAR BILAN HAMKORLIKDAGI ISHINING MAZMUNI VA USULLARI Mavzuga oid tayanch tushunchalar: o‘zbekistonda maktabgacha ta’lim tashkiloti oila va mahalla hamkorligi, maktabgacha ta’lim tashkilotining oila bilan ishlash shakllari, bolalarni tarbiyalashda oilaning o‘rni, sharq mutafakkirlarining farzand, oila tarbiyasi to‘g‘risidagi qarashlari, bolalar bog‘chasi hamda mahalla. XVI. 1. Oila - davlat va jamiyat ardog‘ida Darhaqiqat, shaxs shakllanishida oilaning roli katta. Aqlan yetuk, axloqan pok, jismonan baquvvat farzandlar namunali oilalarda kamol topadilar. Shuning uchun ham oilada sog‘lom muhitni vujudga keltirish va uni mustahkamlash umumdavlat ahamiyatga molik masaladir. Chunki ijtimoiy hayotda yuz beradigan barcha o‘zgarishlar, ya’ni undagi yetuk va kamchiliklar, murakkabliklar va ziddiyatlar oilada o‘z aksini topadi. Shunga ko‘ra oila va oilaviy tarbiya masalalari har doim ham dolzarb muammo bo‘lib kelgan va shunday bo‘lib qoladi. Respublikamizda 1998-yil – “Oila yili“ deb e’lon qilinishi munosabati bilan qabul qilingan davlat dasturini hayotga joriy etish natijasida oilaviy munosabatlarning huquqiy asoslari takomillashtirildi, “Oila kodeksi”ning yangi tahriri, bir qator qonunchilik va me’yoriy hujjatlar qabul qilindi. Oilaning moddiy farovonligini ta’minlashga qaratilgan zarur shart-sharoitlar yaratildi. Kam ta’minlangan, serfarzand oilalarni qo‘llab-quvvatlash ishlarini davlat o‘z zimmasiga oldi. 1999-yil mamlakatimizda “Ayollar yili“ deb e’lon qilinishi munosabati bilan jamiyatda xotin-qizlarning mavqeyini yanada oshirish, turmush sharoitlarini yaxshilash uchun barcha davlat va nodavlat tashkilotlarni birlashtirildi. Shu yildan boshlab (1999) ayollarga ularning istaklariga binoan hamda qonunda belgilangan mehnat staji bo‘lgan taqdirda 54 yoshdan pensiyaga chiqish huquqi berildi. 3 yoshgacha bolasi bo‘lgan ayollar byudjet hisobidan moliyalashtirilgan muassasa va tashkilotlarda ishlayotgan bo‘lsalar, ular uchun ish haqining to‘liq miqdori saqlangan holda ish vaqtini haftasiga 35 soatdan oshmaydigan muddati belgilandi. Ayollar yili munosabati bilan qabul qilingan davlat dasturi mamlakatimizda yashayotgan ayolning hayotiga ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Respubli- 280 kamizda 2000-yil “Sog‘1om avlod” yili deb e’lon qilindi. 2000-yilda amalga oshiriladigan ishlar “Oila”, “Ayol1ar yili”dagi chora- tadbirlarining mantiqiy davomi bo‘lib, onalar va bolalar salomatligini mustahkamlash, sog‘lom avlodni shakllantirish yuzasidan ko‘plab ijobiy natijalarga erishildi: – yoshlarni turmush qurishdan avval tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish amaliyoti hayotga joriy qilindi. – nogironlikning oldini olish maqsadida respublikamizning barcha hududlarida homilador ayollar va chaqaloqlarni skrining ko‘rigidan o‘tkazish yo‘lga qo‘yildi. – bolalar organizmida yod tanqisligi oqibatida kelib chiqadigan kasalliklarni oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqildi va amalga oshirilmoqda. Respublikada yosh avlodni ma’naviy jihatdan barkamol qilib voyaga yetkazish maqsadida turli mazmunlarda ko‘rik- tanlovlar o‘tkazilib kelinmoqda. Birinchi chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy majlisining XI sessiyasida qabul qilingan “Oila kodeksi” sharqona va umuminsoniy axloq normalari mushtarakligida shakllangan, farovon oilalarning manfaatlarini ta’minlashda muhim huquqiy poydevor bo‘ladi. Konstitutsiyaga binoan, “Onalik va bolalik davlat tomonidan muhofaza qilinadi (65-modda). Bolaga oilada yaxshi tarbiya berish bola hayotining dastlabki davrlaridan boshlaboq, ota-ona oldida turgan asosiy maqsad va vazifalardir. Ya’ni ota-ona uchun ham qarz, ham farzdir, oila bolaga ta’sir ko‘rsatadi, uni atrofidagi hayotga moslaydi. Jamiyatda esa tarbiya faqat ota-onaning shaxsiy ishigina bo‘lib qolmasdan, balki ularning ijtimoiy burchi hamdir. Ma’lumki shaxsning qadriyati uning jamiyatdagi tutgan o‘rni bilan belgilanib, ko‘p jihatdan uning tarbiyasiga bog‘liq bo‘ladi. Shu sababli ota-ona o‘z bolalarining tarbiyachisi hisoblanadi. Download 4.01 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling