Buxoro davlat pedagogika instituti tosheva nurzoda toshtemirona maktabgacha ta


Nazorat uchun savol va topshiriqlar


Download 4.01 Mb.
Pdf ko'rish
bet102/117
Sana26.09.2023
Hajmi4.01 Mb.
#1688373
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   117
Bog'liq
2023.Darslik N.T.Tosheva

 
Nazorat uchun savol va topshiriqlar: 
1. MTMda ta'lim-tarbiya jarayonini rejalashtirishning komil inson 
tarbiyasida tutgan o‘rnini ifodalang. 
2. Mustaqil reja turlaridan birini tayyorlang va tahlil qiling? 
3. Yillik rejada nimalar aks etadi? 
4. Ertalabki soatlarda qanday ishlar rejalashtiriladi? 
5. Sayr qanday rejalashtiriladi? 
6. MTMda qanday rejalar tuziladi? 
7. Yillik reja qancha muddatga tuziladi, unda nimalar aks etadi? 
8. Kalendar tematik reja qancha muddatga tuziladi va unda nimalar 
aks etadi? 
9. Kechki sayrda qanday ishlar amalga oshiriladi? 
10. Kunning ikkinchi yarmi necha qismdan iborat? 
 
 
 
 


309 
XVIII. MODUL. BOLALARNING MAKTABDA TA’LIM 
OLISHGA TAYYORLIGINI TASHXISLASH USULLARI 
Mavzuga oid tayanch tushunchalar: 
tashxislash, aqliy 
rivojlanish, Kern-Irasek, “Grafik diktant”, yo‘riqnoma, suhbat, 
kuzatish, ko‘nikma, tayyorgarlik,discomfort, yondashish,omil.
XVIII. 1. Bolalarning maktabda ta’lim olishga tayyorligini 
tashxislash usullari 
Bolaning maktabda ta’lim olishga tayyorligini tashxislash. Bu 
tekshiruv juda zarur. U oila uchun bolaning qaysi jihatlariga tuzatish 
(agar u zarur bulsa) kiritishda, olti yoshlining muvaffaqiyatlari va 
kamchiliklariga 
qanday 
yondashishda, 
shu 
maqsadda 

tarbiyachilarga, qolaversa, 1-sinf o‘qituvchilari uchun ham kerak. 
Bolani o‘qitish uchun uni har tomonlama bilish kerak. Afsuski, 
bugungi kunda tashxis tizimining takomillashmaganligi, o‘zini 
oqlamagan turli xil shakllarni ko‘pligi ta’lim muassasalarining hamda 
ota-onalarning bolalarni maktabga tayyorlash borasida faoliyatini 
qiyinlashtirmoqda. Masalan, ayrim maktablarda bolalarni birinchi 
sinfga olishda bolaning maktabga tayyorgarligini belgilovchi asosiy 
ko‘rsatkich sifatida tez o‘qish ko‘nikmasi (bir minutda 50-70 va undan 
ham oshiq so‘z) ilgari surilmoqda. Vaholanki, bu ko‘nikma 
maktabgacha ta’lim davlat dasturiga kiritilmagan. Agar bola tez 
o‘qishga o‘rgangan bo‘lsa yomon emas, biroq bu maktabga borishdagi 
shartli talab sifatida qabul qilinmasligi kerak.
Tashxis o‘tkazish, bolaning rivojlanganligi va maktabda ta’lim 
olishga tayyorgarligi darajasini aniqlash maqsadida turli usullarning 
bir necha variantlari berilmoqda. Biroq bu har bir bolaga tashxis 
qo‘yishda maskur uslublarning barchasini qo‘llash zarur, degani emas. 
Bolani tashxisdan o‘tkazishni majburiylikka asoslanmagan, ishonchli 
suhbat yoki 
o‘yin tartibida olib borgan ma’qul. Toki bola o‘zini 
tekshirilayotganligini sezmasin. Bolani berilgan savollarga javob 
berayotganda shoshirmaslik, uning qiziqishini so‘ndirmaslik uchun 
suhbat va tavsiya etilayotgan o‘yinlardan 2-3 tasini o‘tkazgan ma’qul. 
Bir marta tashxis o‘tkazish vaqti 20-25 daqiqadan oshmasligi lozim. 
Barcha turdagi maktabgacha ta’lim tashkilotlari, maktablar uchun 
majburiy bo‘lgan hamda ota-onalarning ham bolani maktabga 
tayyorligini aniqlash va bola rivojlanishidagi ayrim jihatlarni 
chuqurroq yechishlariga imkon beruvchi asosiy tashxislash usul-
larining asosiylarga quyidagilar kiradi:


310 
– Bolaning sog‘ligi va jismoniy rivojlanganligi holati tashxisi.
– Shaxsiy – psixologik va aqliy rivojlanganlik tashxisi: - 
tashxislovchi kirish suhbati.
– Kern-Irasek tizimi bo‘yicha tashxislar.
– Venger metodi bo‘yicha tashxislash ( grafik diktant ).
3.Ta’lim olish faoliyatining ko‘nikma va ilk zaminini aniqlash 
tashxisi:
– bolalarning maktab haqidagi tasavvurlarini aniqlovchi 
savolnoma (mativatsion tayyorgarlik);
– bolalarning matematik tushunchalarini aniqlovchi savolnoma;
– bolalarning og‘zaki savodxonligi va nutqi rivojlanganligini 
aniqlovchi savolnoma.
4. Tekshirishning qo‘shimcha shakllari:
– ko‘rish xotirasi;
– eshitish xotirasi;
– mazmun xotirasi;
– tasavvuri va ijodiy fikrlashining rivoji;
– og‘zaki- mantiqiy fikrlash rivoji;
– ma’lum joyda, hududda mo‘ljal olish rivoji;
– matematik tushunchalari rivoji;
– tasvirlash faoliyati bo‘yicha ko‘nikma va uddalashi rivoji;
– o‘zi va o‘zining tasvirlash faoliyatiga munosabatini ifodalash.

Download 4.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   117




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling