Buxoro davlat pedagogika instituti tosheva nurzoda toshtemirona maktabgacha ta
Download 4.01 Mb. Pdf ko'rish
|
2023.Darslik N.T.Tosheva
- Bu sahifa navigatsiya:
- I. 4. Maktabgacha ta’limga kirish
Falsafa
Odam anatomiyasi va Tarix, etnografiya Umumiy psixologiya Pedagogika Estetika MAKTABGACHA TA’LIM-TARBIYANI TASHKIL ETISH 13 biyalash hamda ta’limning mohiyati va qonuniyatlarini o‘rganadigan fandir. Shunday qilib, Maktabgacha ta’lim-tarbiyani tashkil etish fani yuqorida keltirilgan fanlar bilan bog‘liq holda rivojlanib, boyib boradi. Yechilmay qolgan muammolar pedagogik nuqtayi nazardan ilmiy asoslangan tarzda o‘z yechimini topadi va kerakli xulosa, tavsiyalar beradi. I. 4. Maktabgacha ta’limga kirish Maktabgacha ta’limning maqsadi: bola shaxsini maktabgacha yoshdagi bolalar ta’lim-tarbiyasiga qo‘yiladigan Davlat talablariga muvofiq sog‘lom va yetuk, maktabga tayyorlangan tarzda shakllantirish. Maktabgacha ta’limning vazifalari bolalarni xalqning boy milliy, madaniy-tarixiy merosi va ma’naviy axloqiy jihatdan tarbiyalash; bolalarda milliy vatanparvarlik hislarini shakllantirish, maktabgacha yoshdagi bolalarda bilim olish ehtiyojini, o‘qishga intilish moyilliklarini shakllantirib, ularni muntazam ravishda ta’lim jarayoniga tayyorlash; bolalarning tafakkurini rivojlantirish, o‘zining fikrini mustaqil va erkin ifodalash malakalarini shakllan- tirish,bolalarning jismoniy va ruhiy sog‘lig‘ini ta’minlashdan iborat. Maktabgacha ta’lim va tarbiyaning asosiy prinsiplari quyida- gilardan iborat: – har bir bola uchun maktabgacha ta’lim va tarbiya olish imkoniyatining mavjudligi; – har bir bolaning iste’dodi nishonalarini, ishtiyoqlari va qobiliyatlarini rivojlantirish uchun shart-sharoitlar tengligi; – maktabgacha bo‘lgan yoshdagi bolalarga ta’lim, tarbiya berish va ularni sog‘lomlashtirishning, oila hamda maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyaviy ta’sirining birligi; – maktabgacha bo‘lgan yoshdagi bolalarga ta’lim va tarbiya berish uyg‘unligi; – bolaning shaxsini rivojlantirishga yo‘naltirilgan shaxsiy yondashuv; – maktabgacha va umumiy o‘rta ta’limning izchilligi hamda uzluksizligi; – ta’lim va tarbiyaning demokratik hamda dunyoviy xususiyatga egaligi; – ta’lim-tarbiya jarayonining shaffofligi va ochiqligi; 14 – maktabgacha ta’lim va tarbiya mazmuni, darajasi hamda hajmining maktabgacha bo‘lgan yoshdagi bolalarning rivojlanish xususiyatlariga hamda sog‘lig‘i holatiga muvofiqligi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari quyidagi turlar bo‘yicha tashkil etiladi: – umumiy turdagi maktabgacha ta’lim tashkiloti; – ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkiloti; – inklyuziv guruhlarga ega maktabgacha ta’lim tashkiloti; – qo‘shma turdagi maktabgacha ta’lim tashkiloti. Umumiy turdagi maktabgacha ta’lim tashkilotining umumiy rivojlantirish yo‘nalishidagi guruhlarida maktabgacha ta’lim va tarbiyaning davlat ta’lim dasturi amalga oshirilishi ta’minlanadi. Ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotida rivojlanishida jismoniy yoki ruhiy nuqsonlari bo‘lgan bolalar uchun maktabgacha ta’lim va tarbiyaning davlat ta’lim dasturi amalga oshirilishi ta’minlanadi. Inklyuziv guruhlarga ega maktabgacha ta’lim tashkilotida bolalarning alohida ta’lim olish ehtiyojlari va individual imkoni- yatlarini hisobga olgan holda, ularni sog‘lom muhitga uyg‘unlashtirish orqali ta’lim va tarbiya olishi uchun teng imkoniyatlar ta’minlanadi. Qo‘shma turdagi maktabgacha ta’lim tashkilotida rivojlanishida jismoniy yoki ruhiy nuqsonlari bo‘lgan bolalarning va rivojlanishida nuqsonlari bo‘lmagan bolalarning bitta tashkilotda alohida guruhlarda, shuningdek inklyuziv guruhlarda birgalikda o‘qishini hamda tarbiyalanishini tashkil etishga qaratilgan maktabgacha ta’lim va tarbiyaning davlat ta’lim dasturi amalga oshirilishi ta’minlanadi. Download 4.01 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling