Buxoro davlat pedagogika instituti tosheva nurzoda toshtemirona maktabgacha ta
Maktabgacha ta’lim-tarbiyani tashkil etish fanining vazifalari
Download 4.01 Mb. Pdf ko'rish
|
2023.Darslik N.T.Tosheva
Maktabgacha ta’lim-tarbiyani tashkil etish fanining vazifalari
10 I. 3. Maktabgacha ta’lim-tarbiyani tashkil etish fanining boshqa fanlar bilan aloqasi Maktabgacha ta’lim-tarbiyani tashkil etish fani jamiyat va insonni o‘rganuvchi fanlar bilan chambarchas bog‘langan. Maktabgacha ta’lim ijtimoiy hodisa sifatida tarbiyani o‘rganar ekan, sotsiologiya, anatomiya, fiziologiya, psixologiya, umumiy pedagogika fanlari, 11 falsafa bilan chambarchas bog‘liqdir. Chunki mazkur fanlar tarbiyaning maqsadi va vazifalarini o‘rganish metodologiyasini belgilaydi. Jamiyat to‘g‘risidagi materialistik falsafa tarbiya masalasiga asoslangan holda yondashish imkonini beradi. Tarixiy materializm pedagogika tarbiyaning sinfiy mohiyatini ochib berish, uning paydo bo‘lishi va rivojlanishi ijtimoiy hodisa ekaniligini, jamiyat hayotida va kishi shaxsining rivojlanishida tarbiyaning rolini baholashga yordam beradi. Didaktik masalalarni ishlab chiqishda pedagogika bilish nazariyasiga suyanadi, axloqiy tarbiya masalalarini o‘rgatishda pedagogika etikaning axloq to‘g‘risidagi ta’limotiga, estetik tarbiyaning maqsadini, yo‘llarini, metodlarini belgilashda etika faniga asoslanadi. Etika axloqni nazariy jihatdan asoslab, yosh avlodni, uning axloqiy tarbiyasi muammolarini, inson shaxsini shakllantirishda axloqiy g‘oyalar rolini tushunishni chuqurlashtiradi. Estetika insonlarni voqelikka, san’atga estetik munosabatlarni rivojlanishining umumiy qonuniyatlarini o‘rganadi, nafosat tarbiyasining ilmiy asosi bo‘lib xizmat qiladi. Maktabagacha ta’lim-tarbiyani tashkil etish fani boshqa fanlardan biologiya, psixologiya, yosh psixologiyasi bilan ham bog‘liq holda rivojlanadi. Fiziologiya pedagogikaning tabiiy-ilmiy bazasi bo‘lib, u birinchi navbatda inson oliy nerv faoliyatining rivojlanishi, nerv sistemasining xususiyatlari, sezgi organlari, tayanch-harakat apparati, yurak-tomir va nafas olish sistemalari va shu kabilarning rivojlanishi haqidagi ma’lumotlarga tayanadi. Hozirgi zamon fiziologiyasi eng muhim pedagogik muammolarni to‘g‘ri hal etishda: bola rivojlanishiga, uning qobiliyatlarini shakllantirishga muhit, irsiyat va tarbiyaning ta’siri va shu singarilarni begilashda pedagogikaga yordam beradi. O‘sib borayotgan organizm tuzilishining va harakat qilish qonuniyatlarining asosiy tamoyillarini ochib beruvchi yosh fiziologiyasi ta’lim-tarbiya berish masalalarini ishlab chiqish uchun katta ahamiyatga ega. Fiziologiyaning oliy nerv faoliyati, nerv sistemasining tipologik xususiyatlari to‘g‘risidagi xulosalarni pedagogikaga o‘quv-tarbiya jarayoni metodikasini ishlab chiqishda, bolalar faoliyatlari uchun yaxshiroq sharoitlar yaratishda yordam beradi. 12 Insonning voqelikni belgilovchi hamda uning xulq-atvorini boshqaruvchi psixikaning qonuniyatlari va mexanizmlari to‘g‘risidagi fan bo‘lgan umumiy psixologiya insonning rivojlanishi, tarbiyalanishi va atrof-muhit bilan o‘zaro munosabatlari jarayonida shakllanadigan holat va xislatlarni (tafakkur, xotira, tasavvur, his-tuyg‘u, iroda va hokazo) tadqiq qiladi. Yosh psixologiyasi maktabgacha ta’lim-tarbiyani tashkil etish fanini turli yoshdagi bolalarning bilish imkoniyatlarini, u yoki bu tarbiyaviy ta’sirni ular qanday qabul qilinishini aniqlashda yordam beradi. Psixologiya shaxsning rivojlanish qonuniyatlari, yosh va o‘ziga xos xususiyatlari to‘g‘risidagi xulosalarni tarbiyalash va ta’lim berishning ratsional mazmun, metodini asoslash va shaxsning shakllanish jarayonini to‘g‘ri loyihalash imkonini yaratadi. Pedagogika jamoani tashkil etishning samaraliroq shakllarini, shaxsni jamoada va jamoa orqali tarbiyalash metodlarini ishlab chiqishda sotsial psixologiya bilan qurollanadi. Maktabgacha ta’lim-tarbiyani tashkil etish fani jismoniy rivojlanish masalasini, bola organizmining shu qobiliyatini oshirish, uning faoliyatini normallashtirish, masalalarini o‘rganishda umumiy va sotsial gigiyena, mehnat gigiyenasi, maktab gigiyenasi, pediatriya va boshqa fanlarning erishgan yutuqlaridagi xulosalardan foydalanadi. Maktabgacha ta’lim-tarbiyani tashkil etish fani umumiy peda- gogika bilan ham bog‘liqdir, chunki umumiy pedagogika tarbiyaning umumiy qobiliyatlari, jamiyatda yosh avlodni har tomonlama tar- Download 4.01 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling