Buxoro davlat pedagogika instituti tosheva nurzoda toshtemirona maktabgacha ta


Nazorat uchun savol va topshiriqlar


Download 4.01 Mb.
Pdf ko'rish
bet95/117
Sana26.09.2023
Hajmi4.01 Mb.
#1688373
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   117
Bog'liq
2023.Darslik N.T.Tosheva

 
Nazorat uchun savol va topshiriqlar: 
1. Maktabgacha ta’lim muassasasi va maktab hamkorligi masalalari 
haqida fikr bildiring. 
2. Maktabgacha ta’lim muassasasi bilan maktab aloqasining asosiy 
shakllari.
3. Bolalarni maktabga tayyorlash vazifalari haqida ma’lumot bering. 
4. Hamkorlikni amalga oshirish yo‘llari.


279 
XVI MODUL. MAKTABGACHA TA’LIM 
TASHKILOTINING OTA-ONALAR BILAN 
HAMKORLIKDAGI ISHINING MAZMUNI VA USULLARI 
Mavzuga oid tayanch tushunchalar: o‘zbekistonda maktabgacha 
ta’lim tashkiloti oila va mahalla hamkorligi, maktabgacha ta’lim 
tashkilotining oila bilan ishlash shakllari, bolalarni tarbiyalashda 
oilaning o‘rni, sharq mutafakkirlarining farzand, oila tarbiyasi 
to‘g‘risidagi qarashlari, bolalar bog‘chasi hamda mahalla. 
XVI. 1. Oila - davlat va jamiyat ardog‘ida 
Darhaqiqat, shaxs shakllanishida oilaning roli katta. Aqlan yetuk, 
axloqan pok, jismonan baquvvat farzandlar namunali oilalarda kamol 
topadilar. Shuning uchun ham oilada sog‘lom muhitni vujudga 
keltirish va uni mustahkamlash umumdavlat ahamiyatga molik 
masaladir. Chunki ijtimoiy hayotda yuz beradigan barcha o‘zgarishlar, 
ya’ni undagi yetuk va kamchiliklar, murakkabliklar va ziddiyatlar 
oilada o‘z aksini topadi. Shunga ko‘ra oila va oilaviy tarbiya 
masalalari har doim ham dolzarb muammo bo‘lib kelgan va shunday 
bo‘lib qoladi. 
Respublikamizda 1998-yil – “Oila yili“ deb e’lon qilinishi 
munosabati bilan qabul qilingan davlat dasturini hayotga joriy etish 
natijasida 
oilaviy 
munosabatlarning 
huquqiy 
asoslari 
takomillashtirildi, “Oila kodeksi”ning yangi tahriri, bir qator 
qonunchilik va me’yoriy hujjatlar qabul qilindi. Oilaning moddiy 
farovonligini ta’minlashga qaratilgan zarur shart-sharoitlar yaratildi. 
Kam ta’minlangan, serfarzand oilalarni qo‘llab-quvvatlash ishlarini 
davlat o‘z zimmasiga oldi. 1999-yil mamlakatimizda “Ayollar yili“ 
deb e’lon qilinishi munosabati bilan jamiyatda xotin-qizlarning 
mavqeyini yanada oshirish, turmush sharoitlarini yaxshilash uchun 
barcha davlat va nodavlat tashkilotlarni birlashtirildi. Shu yildan 
boshlab (1999) ayollarga ularning istaklariga binoan hamda qonunda 
belgilangan mehnat staji bo‘lgan taqdirda 54 yoshdan pensiyaga 
chiqish huquqi berildi. 
3 yoshgacha bolasi bo‘lgan ayollar byudjet hisobidan 
moliyalashtirilgan muassasa va tashkilotlarda ishlayotgan bo‘lsalar, 
ular uchun ish haqining to‘liq miqdori saqlangan holda ish vaqtini 
haftasiga 35 soatdan oshmaydigan muddati belgilandi. Ayollar yili 
munosabati bilan qabul qilingan davlat dasturi mamlakatimizda 
yashayotgan ayolning hayotiga ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Respubli-


280 
kamizda 2000-yil “Sog‘1om avlod” yili deb e’lon qilindi. 2000-yilda 
amalga oshiriladigan ishlar “Oila”, “Ayol1ar yili”dagi chora-
tadbirlarining mantiqiy davomi bo‘lib, onalar va bolalar salomatligini 
mustahkamlash, sog‘lom avlodni shakllantirish yuzasidan ko‘plab 
ijobiy natijalarga erishildi: 
– yoshlarni turmush qurishdan avval tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish 
amaliyoti hayotga joriy qilindi. 
– nogironlikning oldini olish maqsadida respublikamizning barcha 
hududlarida homilador ayollar va chaqaloqlarni skrining ko‘rigidan 
o‘tkazish yo‘lga qo‘yildi. 
– bolalar organizmida yod tanqisligi oqibatida kelib chiqadigan 
kasalliklarni oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqildi va 
amalga oshirilmoqda. 
Respublikada yosh avlodni ma’naviy jihatdan barkamol qilib 
voyaga yetkazish maqsadida turli mazmunlarda ko‘rik- tanlovlar 
o‘tkazilib kelinmoqda. 
Birinchi chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy majlisining XI 
sessiyasida qabul qilingan “Oila kodeksi” sharqona va umuminsoniy 
axloq normalari mushtarakligida shakllangan, farovon oilalarning 
manfaatlarini ta’minlashda muhim huquqiy poydevor bo‘ladi.
Konstitutsiyaga binoan, “Onalik va bolalik davlat tomonidan 
muhofaza qilinadi (65-modda). 
Bolaga oilada yaxshi tarbiya berish bola hayotining dastlabki 
davrlaridan boshlaboq, ota-ona oldida turgan asosiy maqsad va 
vazifalardir. Ya’ni ota-ona uchun ham qarz, ham farzdir, oila bolaga 
ta’sir ko‘rsatadi, uni atrofidagi hayotga moslaydi. 
Jamiyatda esa tarbiya faqat ota-onaning shaxsiy ishigina bo‘lib 
qolmasdan, balki ularning ijtimoiy burchi hamdir. Ma’lumki 
shaxsning qadriyati uning jamiyatdagi tutgan o‘rni bilan belgilanib, 
ko‘p jihatdan uning tarbiyasiga bog‘liq bo‘ladi. Shu sababli ota-ona 
o‘z bolalarining tarbiyachisi hisoblanadi. 

Download 4.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   117




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling