O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
BUXORO DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
“ANIQ FANLAR” KAFEDRASI
Oliy taʼlimning bakalavr yoʼnalishidagi talabalari uchun
“Algebra va sonlar nazariyasi”
fanidan
kurs ishlarini bajarish boʼyicha
U S L U B I Y KOʼRSАT M А
Buxoro - 2022
Tuzuvchilar:
N.H.Mamatova f.-m.f.n., «Differensial tenglamalar» kafedrasi dotsenti
Taqrizchilar:
N.A.To’rayeva
|
-
|
BuxDU “Differensial tenglamalar” kafedrasi
dotsenti.
|
H.R.Rasulov - Buxoro davlat universiteti “Matematik analiz” kafedrasi dotsenti, fizika -matematika fanlari nomzodi.
Buxoro davlat Pedagogika institutining 2022-yil “____”_________dagi ______-sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan “Algebra va sonlar nazariyasi” fanidan tuzilgan namunaviy o‘quv dasturi asosida ishlab chiqildi.
“Aniq fanlar” kafedrasi mudiri:
1.Kurs ishining maqsad va vazifalari:
Kurs ishlari maʼruzalarda olingan nazariy bilimlarni amaliyotda qoʼllanishining dastlabki bosqichi boʼlib hisoblanadi. Kurs ishi vositasida talabaning nazariy bilimlarni oʼzlashtirish darajasini bilish, uning ilmiy ijodiy imkoniyatlarini baholash mumkin. Аvvalo talaba kurs ishini tayyorlashda oʼrganilgan nazariy imkoniyatlarini baholashi, oʼz nuqtai nazarini erkin ifoda qila olishi lozim. Kurs ishida talabaning fanni qanday oʼzlashtirayotganligini, taʼlimdagi islohotlarining tub mohiyatini nechogʼlik tushinib yetishi, mavjud muammolarning va mavzuga doir masalalarning yechimi qanday boʼlishi toʼgʼrisida fikr mulohazalarini bilish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |