O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
BUXORO DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
|
|
“TASDIQLAYMAN ”
Buxoro davlat pedagogika instituti direktori _______M.I. Daminov
2023- yil “_____”_________
|
BOSHLANG‘ICH TA’LIMDA TARBIYA
fanining
O‘QUV DASTURI
(KUNDUZGI)
Bilim sohasi:
|
100 000 – Ta’lim
|
Ta’lim sohasi:
|
110 000 – Ta’lim
|
Ta’lim yo‘nalishi:
|
60110500 – Boshlang‘ich ta’lim
|
Buxoro – 2023
Fan/Modul kodi
BTTar105
|
O‘quv yili
2023-2024
|
Semestr
1
|
ECTS - Kreditlar
5
|
Fan/Modul turi
Majburiy
|
Ta`lim tili
O‘zbek
|
Haftadagi dars
soatlari
4
|
1.
|
Fanning nomi
|
Auditoriya mashg‘ulotlari (soat)
|
Mustaqil ta’lim (soat)
|
Jami yuklama
(soat)
|
Boshlang‘ich ta’limda tarbiya fani
|
60
|
90
|
150
|
2.
|
Fanning mazmuni
Tarbiya darslarini tashkil etish metodikasi fanini oliy ta’lim tizimida o‘qitishdan maqsad yoshlarni muvaffaqiyatli ijtimoiy hayotga tayyorlash, yangilanayotgan O‘zbekistonning kelajagi bo‘lmish yoshlarimizni yuksak axloq va madaniyatni o‘zida mujassam etgan raqobatbardosh shaxsni tarbiyalashdan iborat.
Tarbiya darslarini tashkil etish metodikasi fanining vazifalari:
Talaba-yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash;
talabalarni axloqli, vijdonli va mehr-shafqatli qilib voyaga yetishishlariga erishish;
talaba maqsad qo‘ya olish va unga intilishga undash;
xalqning ko‘p asrlik qadriyatlarga rioya qilib kamol toptirish;
milliy g‘urur va iftixor, e’tiqod hislarini ularda shakllantirish;
moddiy va ma’naviy merosga hurmat tuyg‘ularini qaror toptirishdan iborat.
Nazariy qism ( ma’ruza mashg‘ulotlari)
II.I Fan tarkibiga quydagi mavzular kiradi:
I MODUL BOSHLANG’ICH TA’LIMDA TARBIYA FANINI O‘QITISHNING NAZARIY ASOSLARI
Boshlang’ich sinflarda “Tarbiya” fanini o‘qitishning ilmiy-huquqiy asosi
ta`limning uzluksiz tizimida “Tarbiya” faning joriy etilishi, umumiy o`rta ta`lim muassasalari o`quvchilari uchun “Tarbiya” fani kontseptsiyasi, “Tarbiya” fani bo`yicha darsliklar va o`quv-metodik majmualarni yaratish masalalari
Tarbiya fanini o‘qitish metodikasining predmeti, maqsadi va uning vazifalari
Tarbiya fanini o‘qitish metodikasining predmeti, maqsadi va uning vazifalari,
tarbiya fanini o‘qitish jarayonining tarkibiy qismlari va ular o‘rtasidagi aloqalar,
tarbiya fanini o‘qitish metodikasining boshqa fanlar bilan aloqadorligi
Tarbiya ijtimoiy-tarixiy zarurat sifatida.Tarbiya fanining maqsad va vazifalari. Asosiy kategoriyalari. Tarbiya fanining boshqa fanlar bilan aloqasi. Tarbiya fanining ilmiy-tadqiqot metodlari.
Milliy tarbiya konsepsiyasi.“Taʼlim to‘g‘risida”gi qonun. Taʼlim to‘g‘risidagi qonunning mohiyati va mazmuni. Konsepsiya tushunchasining mazmuni. Milliy tarbiya konsepsiyasi. Tarbiya konsepsiyasining tarbiyaviy jarayondagi ahamiyati.
Boshlang’ich sinf o‘quvchilarining dars va darsdan tashqari tarbiyaviy faoliyatini rejalashtirish o‘ziga xos qoidalarga egaligi.
5. Milliy urf-odat, qadriyat va anʼanalar – tarbiya asosi. Tarbiya darslarida milliy qadriyatlar, urf-odat va marosimlarni o‘rganish, milliy qadriyatlarning shaxs kamolotiga ta’siri.
O‘z-o`zini tarbiyalash o`z faoliyatini tahlil qilishdan va o`z shaxsini takomillashtirishdan boshlanadi. O`qituvchi o`z ustida ishlashi, o‘z-o`zini tarbiyalashda uslublardan foydalanishi.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |