Buxoro davlat pedogogika instituti Kurs bt-22S guruhi talabasi umurzoqova muxlisaning Mediasavodxonlik va axborot madaniyati fanidan


Download 1.15 Mb.
Sana09.01.2023
Hajmi1.15 Mb.
#1085362
Bog'liq
muxlisa media


Buxoro davlat pedogogika instituti
1Kurs 3 BT-22S guruhi talabasi UMURZOQOVA MUXLISAning
Mediasavodxonlik va axborot madaniyati fanidan
Media va axborot savodxonligi – «soyabon», ya’ni bir tushuncha mazmunida ikki ma’no birlashgan atama sifatida YUNESKO tomonidan tavsiya etilgan. Uning mohiyatini anglash uchun har bir tushuncha o’zagini bilish zarur. «Media» atamasi (lotincha - medium, ya’ni vosita, vositachi, usul) turli ko’rinishdagi kommunikatsiya va axborot vositasini anglatadi. Media tushunchasi mazmuniga axborotni yaratish, nusxalashtirish, tarqatish vositasi hamda mualliflar va ommaviy auditoriya o’rtasida axborot almashinuvining texnik vositalari kiradi. Bugungi kunda media atamasidan OAV yoki mass-media tushunchalarining sinonimi sifatida foydalaniladi. Hozirgi zamon jamiyati taraqqiyotiga medialarning ta’siri yil sayin oshib borib, ular vositasida insonlar atrof-voqelikni ijtimoiy va ruhiy jihatdan anglamoqda va baholamoqda. Zamonaviy medialarning asosiy jihatlari sirasiga tadqiqotchilar kreativlik (yaratuvchanlik, ijodkorlik) va innovatsiyalarni kiritmoqda. Mazkur atamaga aynan shunday tavsif www.edu.jobsmarket.ru saytida keltirilgan. Shu bilan birga boshqa manbalarda ham media istilohiga shu tarzdagi tavsiflar berilganini ko’ramiz
«Media - ommaviy axborot vositalari, ham keng, ham maxsus auditoriyaga mo’ljallangan ko’ngilochar takliflarni tavsiya etuvchi, yangilik, axborot va reklama axborotini tarqatishga yo’naltirilgan ko’p sonli va serqirra funksiyalarni amalga oshiruvchi kommunikatsiya kanallaridir». Aksariyat hollarda mutaxassislar media atamasi o’zagida aynan ushbu tavsifni ko’radi. SHunga qaramasdan, mazkur istilohning tor mazmuni ham mavjud. Ayrim tadqiqotchilar mazkur atama mazmunida alohida axborot muhiti sifatida aynan OAVni, boshqalari esa – aniq axborot tashuvchini nazarda tutadi. Kommunikatsiya kanali sifatida medialar sirasiga mutaxassislar bosma nashrlar, elektron OAV, shu jumladan Internet, reklamaning tashqi vositalari va, xatto, pochta tarqatmasini, ya’ni, tovar yoki xizmatlar sotuvchisi va iste’molchi o’rtasidagi hayotmamot zvenosi funksiyasini bajaruvchi barcha omillarni kiritadi” 2. Axborot savodxonligi – axborotni tanlash, baholash, qayta ishlash va uzatish borasidagi ko’nikmalar va malakalar majmuini bildiradi. Ushbu majmuani 1jadvalda ko’rish mumkin. Axborot savodxonligi axborotga egalik, uni baholash va axloqiy qoidalarga rioya qilgan holda foydalanishning muhimligini e’tirof etadi.
1.Axborot ehtiyojlarini aniqlash va shakllantirish
2.Axborotni izlash va unga egalik qilish
3.Axborotni baholash
4.Axborotni tizimlashtirish
5.Axborotdan axloqiy qoidalarga rioya qilgan holda foydalanish
6.Axborotni uzatish
7.Axborotni qayta ishlash uchun AKT bilan ishlash ko’nikmalaridan foydalanish
Media savodxonlik — Odamlarga turli media shakllarini va xabarlarni tahlil qilish, baholash va yaratishga imkon beradigan koʻnikmalar toʻplami.
Media savodxonlik isteʼmolchilarga axborot va ommaviy dasturlarda tashviqot, senzura yoki biron vaziyatni faqat bir tomondan koʻrsatish kabi holatlarga ommaviy axborot vositalarini nima majbur qilayotganligini tahlil qilish, shuningdek, ommaviy axborot vositalarining egasi, ularning moliyalashtirish modeli kabi tarkibiy elementlarni tushunish imkonini beradi.
Boshqacha qilib aytganda, media savodxonlik — bu tanqidiy fikrlash koʻnikmalarini ommaviy axborot vositalari orqali uzatiladigan xabarlar va belgilarga qoʻllash qobiliyati.[1]
Ommaviy axborot vositalari yoshlar hayotidagi katta taʼsirga ega kuchdir. Musiqa, televizor, video oʻyinlar, jurnallar va boshqa ommaviy axborot vositalari dunyoni qanday koʻrishimizga kuchli taʼsir koʻrsatadi, bu taʼsir koʻpincha bolalik davridan boshlanadi. Ommaviy axborot vositalarini isteʼmolchilar tanqidiy tahlil qila olishlari uchun ularda media savodxonlik koʻnikmalari va odatlarini bolalikdan rivojlantirish kerak boʻladi. Bu koʻnikmalarga ommaviy axborot vositalariga bazaviy darajada kirish, uni muayyan tushunchalar asosida tanqidiy tahlil qilish, shu tahlil asosida baholash va nihoyat, ommaviy axborot vositalarini oʻzi ishlab chiqarish kiradi. Media savodxonligi koʻnikmalarini oʻrganishning ushbu jarayoni media taʼlim deb ataladi.
UNESCO tashkiloti tomonidan XXI asrda media taʼlimni targʻib qilish madaniy-maʼrifiy rivojlanishning ustuvor yoʻnalishi sifatida eʼtirof etildi hamda aynan shu yoʻl bilan media savodxonlikni oshirish mumkinligi takidlandi.UNESCO odamlarning tanqidiy fikrlash va toʻgʻri qaror qabul qilish darajasini yaxshilash uchun ommaviy axborot vositalari va media savodxonlikni rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlaydi. Tashkilot, ayniqsa, siyosatchilar, oʻqituvchilar, ommaviy axborot vositalari mutaxassislari, yoshlar tashkilotlari va ushbu sohadagi nochor aholi qatlamlarining salohiyatini oshirishga intiladi, aʼzo davlatlarga milliy ommaviy axborot vositalari va axborot savodxonligi siyosati va strategiyalarini shakllantirishda yordam beradi.
Media savodxonlikni oʻrganadigan eng qadimgi tashkilot bu National Telemedia Council (Milliy Telemedia Kengashi) Viskonsin shtatining Madison shahrida joylashgan va Marieli Rou 50 yildan ortiq rahbarlik qilgan. Tashkilot dastlab „Telemedium“ deb nomlanuvchi media savodxonlik jurnalini nashr ettirgan.
Dunyoning turli mamlakatlarida media savodxonlik boʻyicha dasturlar ishlab chiqilgan. Hozir ushbu dasturlarni davlatlar kesimida koʻrib chiqamiz.
Oʻz qadriyat va ananalariga ega boʻlgan Osiyo mamlakatlarida media savodxonlik va uning taʼlimga kirib kelishi jarayoni Gʻarb mamlakatlarininkidan farq qiladi. Oʻtgan asrning 90-yillaridan boshlab Sharqiy Osiyoda media savodxonlik tomon siljish kuzatildi. Soʻnggi yillarda Osiyoda media savodxonlik darajasi oʻsib bormoqda va Osiyo-tinch okeani mintaqasida media savodxonlik boʻyicha bir nechta dasturlar ham amalga oshirilmoqda.
Xitoyda oʻqituvchilar boshlangʻich maktablarda media savodxonlikni oʻqitishning muhimligini taʼlimda media savodxonlikka boʻlgan ehtiyojdan kelib chiqqan holda tan olishadi. Xitoyda media savodxonlikka oid dasturlar orasida bolalar tomonidan yaratilgan „Little masters“, bolalarning jamoaviy jurnali va muloqotning asosiy koʻnikmalarini oʻrganishga yordam beradigan, turli muammolarni yoritadigan Xitoy nashrlari eng ommalashgan dasturlar sanaladi.[9] Xitoy va Tayvanda xitoy tilida soʻzlashadigan talabalar orasida media savodxonlikni tekshirish boʻyicha tadqiqotlar olib borildi, ammo natijalar yanada ishonchli boʻlishi uchun qoʻshimcha tadqiqotlar talab etiladi.[10]
Hindistonda 2001-yilda boshlangan „Cybermohalla“ dasturi yoshlarni texnologiyalarga kirish uchun katta xizmat qilgan loyiha boʻldi.
Vyetnamda bir guruh yosh jurnalistlar tomonidan1998-yilda UNICEF va Vyetnam milliy radiosi bilan hamkorlikda soxta ommaviy axborot vositalariga qarshi kurashish uchun YOJO tashkiloti tashkil etildi.
Singapurda ommaviy axborot vositalarini rivojlantirish idorasi (MDA) media savodxonlikni XXI asr yashash uchun muhim vosita sifatida tan oladi.[12]
2017-oʻquv yilidan boshlab Tayvanda bolalar targʻibot va manbalarni tanqidiy oʻqish uchun moʻljallangan yangi oʻquv dasturi boʻyicha oʻrganmoqdalar. Kurs „media savodxonlik“ deb nomlanadi va yangi axborot jamiyatida jurnalistikani oʻqitishni taʼminlaydi.[13]
2018-yilda Eronda „Nasra“ — barcha bolalar, yoshlar va kattalarning taʼlim ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan harakat tashkil etildi. Ushbu ijtimoiy harakat raqamli media va aqliy salomatlikdan foydalanishga qaratilgan boʻlib, ommaviy axborot vositalaridan jamoatchilik uchun foydalanish qobiliyatini oshiradi.
Iordaniya ommaviy axborot vositalari va axborot savodxonligini rivojlantirishda oldinga siljimoqda,[14][15]Iordaniya Media instituti ommaviy axborot vositalari va aloqa texnologiyalari vositalari, raqamli axborot vositalari bilan ijobiy taʼsir oʻtkazish tushunchalari va koʻnikmalarini tarqatish, hamda ularning kamchiliklarini kamaytirish ustida ishlamoqda.[16]Livanning Beyrut shahrida 2013-yilda ochilgan akademiya Beyrut Media and Digital Literacy Academy(MDLAB) deb nomlangan boʻlib, talabalar tanqidiy media isteʼmolchilari boʻlishlarini maqsad qilgan.
Turkiyada media savodxonlik boʻyicha dasturlar Milliy taʼlim vazirligi va Radio va televideniya oliy kengashi (RTÜK) hamkorligida 6-, 7- va 8-sinf oʻquvchilari uchun media savodxonlik boʻyicha tanlov kursi sifatida boshlandi. Oliy Kengashning tartibga soluvchi organi ommaviy axborot vositalarining taʼsiri, jamoatchilik fikri va turli guruhlarning televizor koʻrish odatlari haqidagi tadqiqotlari va ularning natijalari Turkiyada media savodxonlik taʼlimi boshlanishiga asos boʻldi. 2000-yildan boshlab RTÜK bolalarni televizorning nojoʻya taʼsiridan himoya qilish maqsadida teledasturlar uchun „smart sign“larni joriy qildi.[17]Boshqacha qilib aytganda, Turkiyadagi media savodxonlik odamlarni ommaviy axborot vositalarining salbiy taʼsiridan xabardor boʻlishga oʻrgatish va bu taʼsirlardan qochishga imkon beradi; mediasavodxonlik kurslari esa bu maqsadni amalga oshirishning bir usuli sifatida qabul qilinadi.
Oʻzbekistonda 2021-2022-oʻquv yilidan boshlab 10-11-sinf oʻquvchilarining „Tarbiya“ darsligiga „Media savodxonlik“ boʻlimi kiritildi. Respublikaning OʻzJOKU, TDShU, OʻzMU, OʻzDJTU, QDU, SamDChTI kabi oliygohlarining jurnalistika fakultet va yoʻnalishlarida media savodxonlik darslari oʻtiladi.

Etiboriz uchun rahmat!


Download 1.15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling