Buxoro davlat tibbiyot instituti
Download 191.26 Kb. Pdf ko'rish
|
2022-vaziyatli-masala
- Bu sahifa navigatsiya:
- I. Dastlabki tashxis.
Muallif ~ 4 ~ AKUShERLIK Vaziyatli masala №1 Sizga tez yordam mashinasida tug’ruqxonaga olib kelingan 33 yoshli ayolni tekshirish topshirildi. Uning shikoyatlari: o’rtacha miqdorda qindan qonli ajralma borligi, 4 soat oldin intensiv muntazam dardlarning boshlanganligi, holsizlikka. Ushbu homiladorligi muddatiga yetgan, 5-homiladorlik. Anamnezida: 4 ta homiladorlik, 2 ta asoratsiz tug’ruq, 2 ta o’z-o’zidan abort bo’lgan. 3 yil oldin oxirgi homiladorligi abort bilan tugagan. 1 ta bolasi tirik, 1 tasi erta bolalikda o’lgan. Ob’ektiv ko’rganimizda: teri qoplamlari oqimtir, pulsi 100 ta bir minutda, qoniqarli to’liqlikda, shish yo’q. Q/B-100/60 mm sim.ust. Tana harorati 36,5ºC. Homila bo’ylama holatda, 1-pozitsiyada, homila boshi kichik chanoqdan tepada, harakatchan. Homila yurak urishi 122 ta minutiga, aniq, ritmik. Qin orqali ko’rganda: qin tuqqan ayolga xos hajmda, bachadon bo’yni qisqargan, bachadon bo’yni kanali 2 barmoq ochilgan. Homila pufagi butun, o’ngda va oldinda yo’ldosh qirrasi paypaslanadi. Boshi chanoq kirish qismidan yuqorida, harakatchan, dumg’aza burniga barmoq yetmaydi. Chanoq deformatsiyasi yo’q. Ko’p qon ketyapti. Sizga ma’lumotlarni yig’ish, ayolni tekshirish va tashxis qo’yish vazifasi topshirildi. I. Dastlabki tashxis. Homiladorlik 5, 40 hafta, tug’ruq 3, tug’ruqning 1-davri, yoldoshning qisman oldinda yotishi. II. Asosiy tekshirish usullari. 1. Bachadon tubi balandligini aniqlash. 2. Bachadon tubida homilaning yotgan qismini aniqlash. 3. Homila vaziyatini aniqlash. 4. Homila yurak urishini eshitish. 5. Qorin aylanasi, bachadon tubi balandligini o’lchash. 6. Homilaning taxminiy vaznini aniqlash. 7. Ma’lumotlarni partogrammaga yozish. Download 191.26 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling