Buxoro davlat tibbiyot instituti


Download 191.26 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/27
Sana22.10.2023
Hajmi191.26 Kb.
#1716087
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
Bog'liq
2022-vaziyatli-masala

 
Muallif 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


~ 4 ~ 
AKUShERLIK 
Vaziyatli masala №1 
Sizga tez yordam mashinasida tug’ruqxonaga olib kelingan 33 yoshli ayolni 
tekshirish topshirildi. Uning shikoyatlari: o’rtacha miqdorda qindan qonli ajralma 
borligi, 4 soat oldin intensiv muntazam dardlarning boshlanganligi, holsizlikka. 
Ushbu homiladorligi muddatiga yetgan, 5-homiladorlik. Anamnezida: 4 ta 
homiladorlik, 2 ta asoratsiz tug’ruq, 2 ta o’z-o’zidan abort bo’lgan. 3 yil oldin oxirgi 
homiladorligi abort bilan tugagan. 1 ta bolasi tirik, 1 tasi erta bolalikda o’lgan. 
Ob’ektiv ko’rganimizda: teri qoplamlari oqimtir, pulsi 100 ta bir minutda, qoniqarli 
to’liqlikda, shish yo’q. Q/B-100/60 mm sim.ust. Tana harorati 36,5ºC. Homila 
bo’ylama holatda, 1-pozitsiyada, homila boshi kichik chanoqdan tepada, harakatchan. 
Homila yurak urishi 122 ta minutiga, aniq, ritmik.
Qin orqali ko’rganda: qin tuqqan ayolga xos hajmda, bachadon bo’yni 
qisqargan, bachadon bo’yni kanali 2 barmoq ochilgan. Homila pufagi butun, o’ngda 
va oldinda yo’ldosh qirrasi paypaslanadi. Boshi chanoq kirish qismidan yuqorida
harakatchan, dumg’aza burniga barmoq yetmaydi. Chanoq deformatsiyasi yo’q. Ko’p 
qon ketyapti.
Sizga ma’lumotlarni yig’ish, ayolni tekshirish va tashxis qo’yish vazifasi 
topshirildi. 
I. Dastlabki tashxis. Homiladorlik 5, 40 hafta, tug’ruq 3, tug’ruqning 1-davri, 
yoldoshning qisman oldinda yotishi. 
II. Asosiy tekshirish usullari.
1. Bachadon tubi balandligini aniqlash. 
2. Bachadon tubida homilaning yotgan qismini aniqlash. 
3. Homila vaziyatini aniqlash. 
4. Homila yurak urishini eshitish. 
5. Qorin aylanasi, bachadon tubi balandligini o’lchash. 
6. Homilaning taxminiy vaznini aniqlash. 
7. Ma’lumotlarni partogrammaga yozish. 

Download 191.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling