I. Dastlabki tashxis. Homiladorlik 2, 40 hafta, tug’ruq 2, tug’ruqning 1-davri,
homilaning dumbasi bilan oldinda kelishi.
II. Asosiy tekshirish usullari.
1. Bachadon tubi balandligini aniqlash.
2. Bachadon tubida homilaning yotgan qismini aniqlash.
3. Homila vaziyatini aniqlash.
4. Homila yurak urishini eshitish.
5. Qorin aylanasi, bachadon tubi balandligini o’lchash.
6. Homilaning taxminiy vaznini aniqlash.
7. Ma’lumotlarni partogrammaga yozish.
III. Qo’shimcha tekshirish usullari.
1. Arterial qon bosimini ikkila qo’lda o’lchash.
2. Pulsni tekshirish.
3. Homilador o’pkasi va yuragi auskultatsiyasi.
4. Laboratoriya natijalari.
IV. Diagnozni asoslash. (bemorning shikoyatlari, anamnez ma’lumotlari,
laborator tekshirish natijalari).
V. Differensial diagnostikasi (homilani boshi bilan oldinda kelishi).
VI. Davolash. Sovyanov usuli bo’yicha tug’ruqni qabul qilish.
VII. Dispanserizatsiya (barcha genital va ekstragenital kasalliklarni davolash.
Qiz bolalarni yoshligidan boshlab sog’lomlashtirish ishlarini olib borish, jismoniy
tarbiya bilan shug’ullantirish, to’g’ri ovqatlantirish, o’qish va dam olishni to’g’ri
taqsimlash, bachadon tug’ma nuqsonlari, ko’p suvlilik, chanoq anomaliyalari
profilaktikasi, tug’ruq va chilla davrini to’g’ri olib borish).
~ 7 ~
VIII. UASh taktikasi.
1. Bemor shikoyatlariga e’tibor qaratish.
2. Anamnez yig’ish.
3. Homila dumbasi bilan kelishni differensial diagnostika qilish.
4. Kerakli mutaxassis tomonidan vrachlar maslahatini tashkil qilish.
5. Diagnozni asoslab berish.
6. Statsionarga yotqizish.
Do'stlaringiz bilan baham: |