Buxoro davlat tibbiyot instituti


Download 191.26 Kb.
Pdf ko'rish
bet9/27
Sana22.10.2023
Hajmi191.26 Kb.
#1716087
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   27
Bog'liq
2022-vaziyatli-masala

Vaziyatli masala №6 
Birinchi marta homilador bo’lgan ayol 27 yoshda, homiladorlik muddati 28-29 
haftalik, ayollar maslahatxonasiga bel sohasidagi og’riqqa shikoyat qilib murojaat 
qildi. Bachadon normal tonusda, o’ng tomonda joylashgan, et uvishishi, harorat 38-
39 Cº gacha ko’tarilishi, homilaning joylashishi bo’ylama, boshi oldinda, yurak urishi 
aniq, ritmik- minutiga 136 marta. Jinsiy yo’llardan ajralmalar yo’q. O’ng tomonda 
Pasternatskiy simptomi musbat. Shishlar yo’q. Q/B 120/80 mm sim. ust. ga teng. 
Siydikda ko’p miqdorda leykotsitlar topildi.
Sizga bemorni tekshirish, taxminiy diagnoz, vaziyatni baholash va taktika uchun 
vaqt ajratildi. 
I. Dastlabki tashxis. Homiladorlik 1, 28-29 hafta, tug’ruq 1. Yo’ldosh 
kasalliklari: o’tkir pielonefrit. 
II. Asosiy tekshirish usullari.


~ 12 ~ 
1. Bachadon tubi balandligini aniqlash. 
2. Bachadon tubida homilaning yotgan qismini aniqlash. 
3. Homila vaziyatini aniqlash. 
4. Homila yurak urishini eshitish. 
5. Qorin aylanasi, bachadon tubi balandligini o’lchash. 
6. Ma’lumotlarni gravidogrammaga yozish. 
III. Qo’shimcha tekshirish usullari.
1. Arterial qon bosimini ikkila qo’lda o’lchash. 
2. Pulsni tekshirish.
3. Homilador o’pkasi va yuragi auskultatsiyasi. 
4. Laboratoriya natijalari. 
IV. Diagnozni asoslash. (bemorning shikoyatlari, anamnez ma’lumotlari, 
laborator tekshirish natijalari). 
V. Differensial diagnostikasi (o’tkir glomerulonefrit, siydik tosh kasalligi) 
VI. Davolash. Gospitalizatsiya. 
VII. Dispanserizatsiya (barcha genital va ekstragenital kasalliklarni davolash. 
Qiz bolalarni yoshligidan boshlab sog’lomlashtirish ishlarini olib borish, jismoniy 
tarbiya bilan shug’ullantirish, to’g’ri ovqatlantirish, o’qish va dam olishni to’g’ri 
taqsimlash, bachadon tug’ma nuqsonlari, ko’p suvlilik, chanoq anomaliyalari 
profilaktikasi, tug’ruq va chilla davrini to’g’ri olib borish).

Download 191.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling