Buxoro davlat tibbiyot instituti


Download 191.26 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/27
Sana22.10.2023
Hajmi191.26 Kb.
#1716087
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
Bog'liq
2022-vaziyatli-masala

VIII. UASh taktikasi.  
1. Bemor shikoyatlariga e’tibor qaratish. 
2. Anamnez yigish. 
3. Differensial diagnostika qilish. 
4. Kerakli mutaxassis tomonidan vrachlar maslahatini tashkil qilish. 
5. Diagnozni asoslab berish. 
6. Statsionarga yotqizish.
Vaziyatli masala №4 
B. ismli ayol, 30 yoshda, 2- homiladorligi, 30 haftalik muddatda. U 20 haftalik 
muddatda antenatal klinikaga borgan, anemiya borligi aniqlangan, unga temir vositasi 
va foliy kislotasini keyingi tashrifgacha 2 haftaga berishgan. Ammo u vaqtida 
kelmasdan 10 haftadan so’ng keldi. U nafas olish qiyinlashishiga, uyquchanlik va tez 
charchashga shikoyat qiladi.
Tana harorati va arterial bosimi normada, nafas soni 30 ta 1 minutda. 
Kon’yunktiva va qo’l kaftlari oq rangda. Bachadon hajmi gestatsiya muddatiga mos. 
Homila yurak urishi normada. Gemoglobin 6,5 g/l. Oxirgi 2 yilda bezgak bilan 
og’rimagan. U gijja invaziyasiga xavfli endemik joyda yashaydi, ammo 3 yil 
davomida tekshirilmagan va davolanmagan.
Bu ma’lumotlar asosida qanday tashxis qo’yish mumkin?


~ 9 ~ 
I. Dastlabki tashxis. Homiladorlik 2, 30 hafta, tug’ruq 2. Og’ir darajadagi 
kamqonlik. 
II. Asosiy tekshirish usullari.
1. Bachadon tubi balandligini aniqlash. 
2. Bachadon tubida homilaning yotgan qismini aniqlash. 
3. Homila vaziyatini aniqlash. 
4. Homila yurak urishini eshitish. 
5. Qorin aylanasi, bachadon tubi balandligini o’lchash. 
6. Ma’lumotlarni gravidogrammaga yozish. 
III. Qo’shimcha tekshirish usullari.
1. Arterial qon bosimini ikkila qo’lda o’lchash. 
2. Pulsni tekshirish.
3. Homilador o’pkasi va yuragi auskultatsiyasi. 
4. Laboratoriya natijalari. 

Download 191.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling