Buxoro davlat tibbiyot instituti


Download 191.26 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/27
Sana22.10.2023
Hajmi191.26 Kb.
#1716087
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
Bog'liq
2022-vaziyatli-masala

 
Vaziyatli masala №3 
Sizga ayollar maslahatxonasiga ko’ngil aynish, bosh aylanishi, tez charchash
holsizlikka shikoyat qilib kelgan A. ismli bemorni tekshirish topshirildi. Uning hayz 
ko’rishi 3 hafta kechikkan. 3 ta farzandi bor, kamqonlikning og’ir darajasi va qandli 
diabet bilan 5 yildan buyon og’riydi. Bemorni tekshirganda bachadon bo’yni shilliq 
qavati ko’kimtir, bachadon kattalashgan, bir burchagi bo’rtib chiqqan, qattiqlashgan. 
Qondagi qand miqdori 15 mmol/l. Ushbu bemordan to’liq anamnez yig’ib, ob’ektiv 
tekshiruvlar natijasida akusherlik taktikasini belgilang.
I. Dastlabki tashxis. Homiladorlik 4, 5 hafta, tug’ruq 4. Yo’ldosh kasalliklari: 
kamqonlik og’ir daraja. Qandli diabet. 
II. Asosiy tekshirish usullari.  
1. Homiladorlikning 
gumonli belgilari (ko’ngil aynish, bachadonning 
kattalashuvi, hayz to’xtashi, teri pigmentatsiyasi)ni aniqlash. 
2. Bimanual tekshirish. 
3. Qin ko’zgularida ko’ruv. 
4. Ultratovush tekshirish. 
III. Qo’shimcha tekshirish usullari. 
1. Ekspress test. 
2. Laboratoriyada siydikda atseton. 
3. Qonni bioximiyaviy tahlili natijalari. 
4. Qondagi qand miqdorini aniqlash. 
5. Qorin bo’shlig’i a’zolarini tekshirish. 


~ 8 ~ 
6. Pasternatskiy belgisini aniqlash. 
IV. Diagnozni asoslash (bemorning shikoyatlari, anamnez ma’lumotlari, 
laborator tekshirish natijalari). 
V. Differensial diagnostikasi (qon kasalliklari, qandsiz diabet). 
VI. Davolash. Akusherlik taktikasi: homiladorlikni to’xtatish. 
VII. Dispanserizatsiya (barcha genital va ekstragenital kasalliklarni davolash. 
Qiz bolalarni yoshligidan boshlab sog’lomlashtirish ishlarini olib borish, jismoniy 
tarbiya bilan shug’ullantirish, to’g’ri ovqatlantirish, o’qish va dam olishni to’g’ri 
tashkil etish, intergravidar intervalga rioya qilish, tug’ruq va chilla davrini to’g’ri 
olib borish, zamonaviy kontratseptsiya uslublaridan samarali foydalanish).

Download 191.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling