Buxoro davlat tibbiyot instituti


III. Qo’shimcha tekshirish usullari


Download 191.26 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/27
Sana22.10.2023
Hajmi191.26 Kb.
#1716087
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
Bog'liq
2022-vaziyatli-masala

III. Qo’shimcha tekshirish usullari.


~ 5 ~ 
1. Arterial qon bosimini ikkila qo’lda o’lchash. 
2. Pulsni tekshirish.
3. Homilador o’pkasi va yuragi auskultatsiyasi. 
4. Laboratoriya natijalari. 
IV. Diagnozni asoslash. (bemorning shikoyatlari, anamnez ma’lumotlari, 
laborator tekshirish natijalari). 
V. Differensial diagnostikasi (normal joylashgan yo’doshning muddatidan 
oldin ko’chishi) 
VI. Davolash. Kesar kesish operatsiyasini bajarish. 
VII. Dispanserizatsiya (barcha genital va ekstragenital kasalliklarni davolash. 
Qiz bolalarni yoshligidan boshlab sog’lomlashtirish ishlarini olib borish, jismoniy 
tarbiya bilan shug’ullantirish, to’g’ri ovqatlantirish, o’qish va dam olishni to’g’ri 
taqsimlash, bachadon tug’ma nuqsonlari, ko’p suvlilik, chanoq anomaliyalari 
profilaktikasi, tug’ruq va chilla davrini to’g’ri olib borish).
VIII. UASh taktikasi.
1. Bemor shikoyatlariga e’tibor qaratish. 
2. Anamnez yig’ish. 
3. Normal joylashgan yo’doshning muddatidan oldin ko’chishini differensial 
diagnostika qilish. 
4. Kerakli mutaxassislar tomonidan vrachlar maslahatini tashkil qilish. 
5. Diagnozni asoslab berish. 
6. Statsionarga yotqizish. 
 
Vaziyatli masala №2 
Sizga qayta tug’uvchi 24 yoshdagi ayolni ko’rish topshirildi. Shikoyati: 4 soat 
ilgari boshlangan dard, qog’onoq suvining ketishi. Ahvoli qoniqarli. Homiladorlik 
oxirigacha asoratsiz davom etgan. Tug’ruqxonaga kelganda Q/B-120/80 mm 
sim.ust.ga teng, pulsi 80 ta bir minutda, o’rtacha to’liqlikda. Homila dumbasi chanoq 
kirish tekisligidan yuqorida, harakatchan. Homila yurak urishi kindikdan yuqorida va 
chapda, 140 ta minutiga, aniq, ritmik.


~ 6 ~ 
Chanoq o’lchamlari normal, dardlar mutazam, har 3-4 minutda, 35-40 
sekunddan, o’rtacha intensivlikda. Qin orqali tekshirilganda bachadon bo’yni 
tekislangan, yumshoq, ochiqligi 9 sm. Oldinga kelgan qismi homila dumbasi, kichik 
chanoqqa taqalgan.
Sizga ma’lumotlarni yig’ish, ayolni tekshirish va tashxis qo’yish vazifasi 
topshirildi. 

Download 191.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling