~ 13 ~
Vaziyatli masala№7
Birinchi marta homilador bo’lgan ayol 22 yoshda, homiladorlik muddati 25
haftalik, holsizlik va bosh aylanishiga shikoyat qildi. Qon analizida gemoglobin 80
g/l, eritrotsit-2,8x10
12
/ml, RK-0,8.
Sizga bemorni tekshirish,
taxminiy diagnoz,
vaziyatni baholash va taktika uchun vaqt ajratildi.
I. Dastlabki tashxis. Homiladorlik 1, 25 hafta, tug’ruq 1. Yo’ldosh kasalliklari:
o’rta og’ir darajadagi kamqonlik.
II. Asosiy tekshirish usullari.
1. Bachadon tubi balandligini aniqlash.
2. Bachadon tubida homilaning yotgan qismini aniqlash.
3. Homila vaziyatini aniqlash.
4. Homila yurak urishini eshitish.
5. Qorin aylanasi, bachadon tubi balandligini o’lchash.
6. Ma’lumotlarni gravidogrammaga yozish.
III. Qo’shimcha tekshirish usullari.
1. Arterial qon bosimini ikkila qo’lda o’lchash.
2. Pulsni tekshirish.
3. Homilador o’pkasi va yuragi auskultatsiyasi.
4. Laboratoriya natijalari.
IV. Diagnozni asoslash. (bemorning shikoyatlari, anamnez ma’lumotlari,
laborator tekshirish natijalari).
V. Differensial diagnostikasi (gelmintozlar, homiladorlik toksikozlari)
VI. Davolash. Ambulator davolanish. Sifatli ovqatlanish va polivitaminlardan
tashqari, temir zaxirasi to’lguncha temir tutuvchi preparatlarni (ginotardeferon,
tardiferon, maltofer) bir kunda 1 tabletkadan 2 marta qabul qilish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: