Buxoro davlat tibbiyot instituti


Download 191.26 Kb.
Pdf ko'rish
bet13/27
Sana22.10.2023
Hajmi191.26 Kb.
#1716087
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   27
Bog'liq
2022-vaziyatli-masala

 
 


~ 16 ~ 
Vaziyatli masala №9 
Sizga 20 yoshli birinchi marta tug’ayotgan ayol homiladorlikning 29 haftasida 
chanqash, ishtahaning oshishi, poliuriya, polidipsiyaga shikoyat qilib, murojaat qildi. 
Anamnezida yaqin qarindoshlarida qandli diabet bor. Sizga bemorni tekshirish, 
taxminiy diagnoz, vaziyatni baholash va taktika uchun vaqt ajratildi. 
I. Dastlabki tashxis. Homiladorlik 1, 29 hafta. Gestatsion qandli diabetga 
shubhalanish. 
II. Asosiy tekshirish usullari.
1. Bachadon tubi balandligini aniqlash. 
2. Bachadon tubida homilaning yotgan qismini aniqlash. 
3. Homila vaziyatini aniqlash. 
4. Homila yurak urishini eshitish. 
5. Qorin aylanasi, bachadon tubi balandligini o’lchash. 
6. Ma’lumotlarni gravidogrammaga yozish. 
III. Qo’shimcha tekshirish usullari.
1. Arterial qon bosimini ikkila qo’lda o’lchash. 
2. Pulsni tekshirish.
3. Homilador o’pkasi va yuragi auskultatsiyasi. 
7. Laboratoriyada siydikda atseton. 
8. Qonni biokimiyoviy tahlili natijalari. 
9. Qonda va peshobda qand miqdorini aniqlash.
IV. Diagnozni asoslash. (bemorning shikoyatlari, anamnez ma’lumotlari, 
laborator tekshirish natijalari). 
V. Differensial diagnostikasi (qon kasalliklari, qandsiz diabet). 
VI. Davolash. Qandning yuqori miqdorida endokrinolog bilan birgalikda 
insulinoterapiya va ratsional parhez bilan davolash. 
VII. 
Dispanserizatsiya (barcha genital va ekstragenital kasalliklarni 
davolash. Qiz bolalarni yoshligidan boshlab sog’lomlashtirish ishlarini olib borish
jismoniy tarbiya bilan shug’ullantirish, to’g’ri ovqatlantirish, o’qish va dam olishni 
to’g’ri taqsimlash, gestatsion davrning kechishini kuzatish, homiladorlik asoratlarini 


~ 17 ~ 
oldini olish va davolash, tug’ruq muddatini va usulini tanlash, adekvat reanimatsion 
tadbirlarni o’tkazish va yangi tug’ilgan chaqaloqlarni parvarishlash, keyinchalik 
qandli diabeti bo’lgan bemor onalarning avlodlarini kuzatish).  

Download 191.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling