VII. Dispanserizatsiya (barcha genital va ekstragenital kasalliklarni davolash.
Qiz bolalarni yoshligidan boshlab sog’lomlashtirish ishlarini olib borish, jismoniy
tarbiya bilan shug’ullantirish, to’g’ri ovqatlantirish, o’qish va dam olishni to’g’ri
taqsimlash).
VIII. UASh taktikasi
1. Bemor shikoyatlariga e’tibor qaratish.
2. Anamnez yig’ish.
3. Differentsial diagnostika qilish.
4. Kerakli mutaxassislar tomonidan vrachlar maslahatini tashkil qilish.
5. Diagnozni asoslab berish.
6. Statsionarga yotqizish.
Vaziyatli masala №11
G. ismli homilador ayol 27 yoshda, homiladorlik III. Oxirgi hayzi 30 mart, 22
dekabrda navbatdagi ko’rikka keldi. Anamnezidan 15 yoshidan revmatizm bilan
ro’yxatda turadi. Shikoyati: yurak tez-tez urishi, yurganida hansirash. Umumiy ahvoli
qoniqarli. Teri va ko’rinarli shilliq qavatlari odatdagi rangda. Shishlar yo’q. Yurak
tonlari ritmik, yurak cho’qqisida sistolik shovqin. Q/B 110/70 mm sim. ust. Puls 92
ta/minutiga. Bachadon normal tonusda, homila bo’ylama joylashgan, oldinda
keluvchi qismi boshi. Chanoq kirish tekisligiga taqalgan. Homila yurak urishlar soni
138 zarba. Qorin aylanasi 86 sm, bachadon tubining balandligi 37 sm. Sizga
ma’lumotlarni yig’ish, ayolni tekshirish va tashxis qo’yish vazifasi topshirildi.
~ 19 ~
I. Dastlabki tashxis. Homiladorlik III, 38 hafta, tug’ruq III. Revmatizm
remissiya fazasida, mitral stenoz 1 daraja.
II. Asosiy tekshirish usullari.
1. Bachadon tubi balandligini aniqlash.
2. Bachadon tubida homilaning yotgan qismini aniqlash.
3. Homila vaziyatini aniqlash.
4. Homila yurak urishini eshitish.
5. Qorin aylanasi, bachadon tubi balandligini o’lchash.
6. Ma’lumotlarni gravidogrammaga yozish.
Do'stlaringiz bilan baham: |