Buxoro davlat tibbiyot instituti


Download 191.26 Kb.
Pdf ko'rish
bet23/27
Sana22.10.2023
Hajmi191.26 Kb.
#1716087
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27
Bog'liq
2022-vaziyatli-masala

VII. Dispanserizatsiya (barcha genital va ekstragenital kasalliklarni davolash. 
Qiz bolalarni yoshligidan boshlab sog’lomlashtirish ishlarini olib borish, jismoniy 
tarbiya bilan shug’ullantirish, to’g’ri ovqatlantirish, o’qish va dam olishni to’g’ri 
taqsimlash, tug’ruq va chilla davrini to’g’ri olib borish).
VIII. UASh taktikasi.
1. Bemor shikoyatlariga e’tibor qaratish. 


~ 27 ~ 
2. Anamnez yig’ish. 
3. Bachadondan qon ketishini differensial diagnostika qilish. 
4. Kerakli mutaxassislar tomonidan vrachlar maslahatini tashkil qilish. 
5. Diagnozni asoslab berish. 
6. Statsionarga yotqizish. 
 
Vaziyatli masala №17 
Sizga tug’ruqxonaga bosh aylanish, ko’ngil aynishi, bachadon sohasida kuchli 
doimiy og’riq va oz-ozdan qon ajralishi shikoyati bilan kelgan 29 yoshli homilador 
ayolni tekshirish topshirildi. Anamnezida: ushbu homiladorlik-6, 3 ta sun’iy abort 
qilingan. Bemorning ahvoli kasalxonaga tushishdan oldin yomonlashgan. Umumiy 
ahvoli og’ir, Q/B 70/40 mm sim.ust., tomir urushi juda tez, minutiga 120 ta. 
Bachadon tubining balandligi 40 sm. Bachadon taranglashishi hisobiga homila 
qismlari yaxshi aniqlanmaydi. Yurak urishi eshitilmaydi. Qin orqali ko’rganda: 
bachadon bo’yinchasi qattiq, 4 sm ochilgan, ajralma qonli, qoramtir. Sizga ayolning 
ahvolini baholash va akusherlik taktikasini belgilash topshirildi. 
I. Dastlabki tashxis. Homiladorlik 6, 40 hafta, tug’ruq 3, tug’ruqning 1-davri, 
normal joylashgan yo’ldoshning muddatidan oldin ko’chishi. Homilaning o’limi. 
Gemorragik shok og’ir daraja. 
II. Asosiy tekshirish usullari.
1. Ayolning umumiy ahvolini baholash.
2. Pulsni tekshirish. 
3. Arterial qon bosimini ikkila qo’lda o’lchash. 
4. Bachadon tubi balandligini aniqlash. 
5. Bachadon tubida homilaning yotgan qismini aniqlash. 
6. Homila vaziyatini aniqlash. 
7. Homila yurak urishini eshitish. 
8. Qorin aylanasi, bachadon tubi balandligini o’lchash. 
9. Homilaning taxminiy vaznini aniqlash. 
10. Ma’lumotlarni partogrammaga yozish. 


~ 28 ~ 
11. Algover indeksini aniqlash.
12. Bachadon tonusini aniqlash. 
13. Qindan kelayotgan ajralma xarakteriga va miqdoriga ahamiyat berish. 

Download 191.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling