I. Dastlabki tashxis. Homiladorlik 2, 40 hafta, tug’ruq 2, tug’ruqning 1-davri,
normal joylashgan yo’ldoshning muddatidan oldin ko’chishi. Boshlangan homila
gipoksiyasi.
II. Asosiy tekshirish usullari.
1. Ayolning umumiy ahvolini baholash.
2. Pulsni tekshirish.
3. Arterial qon bosimini ikkila qo’lda o’lchash.
4. Bachadon tubi balandligini aniqlash.
5. Bachadon tubida homilaning yotgan qismini aniqlash.
6. Homila vaziyatini aniqlash.
7. Homila yurak urishini eshitish.
8. Qorin aylanasi, bachadon tubi balandligini o’lchash.
9. Homilaning taxminiy vaznini aniqlash.
10. Ma’lumotlarni partogrammaga yozish.
11. Algover indeksini aniqlash.
12. Bachadon tonusini aniqlash.
13. Qindan kelayotgan ajralma xarakteriga va miqdoriga ahamiyat berish.
III.Qo’shimcha tekshirish usullari.
1. Homilador o’pkasi va yuragi auskultatsiyasi.
2. Umumiy qon tahlili.
3. Qon ivish vaqti.
4. Qonni bioximiyaviy tahlili natijalari.
5. Ultratovush tekshirish.
~ 30 ~
IV.Diagnozni asoslash (bemorning shikoyatlari, anamnez ma’lumotlari,
laborator-instrumental tekshirish natijalari).
V. Differensial diagnostikasi (yo’ldoshning oldinda yotishi, jarohatlar).
VI.Davolash. Akusherlik taktikasi: kesar kesish operatsiyasini bajarish.
VII.Dispanserizatsiya (barcha genital va ekstragenital kasalliklarni davolash.
Qiz bolalarni yoshligidan boshlab sog’lomlashtirish ishlarini olib borish, jismoniy
tarbiya bilan shug’ullantirish, to’gri ovqatlantirish, o’qish va dam olishni to’g’ri
tashkil etish, intergravidar oraliqqa rioya qilish, tug’ruq va chilla davrini to’g’ri olib
borish, zamonaviy kontratseptsiya uslublaridan samarali foydalanish).
Do'stlaringiz bilan baham: |