~ 24 ~
2. Anamnez yig’ish.
3. Normal joylashgan yo’doshning muddatidan oldin ko’chishini differensial
diagnostika qilish.
4. Kerakli mutaxassislar tomonidan vrachlar maslahatini tashkil qilish.
5. Diagnozni asoslab berish.
6. Statsionarga yotqizish.
Vaziyatli masala №15
Ayol 28 yoshda, 1-tug’uvchi, tug’ruqxonaga keltirildi. Dard tutishi 8 soat oldin
boshlangan. Dard boshlanguncha homila oldi suvlari ketgan, homiladorlik muddatiga
yetgan. Homilador ayol o’rtacha bo’y
uzunlikda, ichki a’zolarda normadan siljishlar
yo’q. Q/B 115/70 mm sim. ust. Tana harorati 36,7 C°, Ps -76 ta, o’rtacha to’liqlikda
va ritmik. Chanoqning kirish qismida homilaning
oldinda keluvchi qismi
aniqlanmaydi. Chapdan homila boshi aniqlanadi. Jinsiy yoriqdan ko’kargan, shishgan
qo’l osilib turibdi, homila yurak urishi aniqlanmaydi.
Qin orqali ko’rganda: bachadon bo’yni to’liq ochilgan, homila pufagi yo’q,
chanoqda
yelkalar aniqlanadi, dumg’aza burniga qo’l yetmaydi. Sizga bemorni
tekshirish, taxminiy diagnoz, vaziyatni baholash va taktika uchun vaqt ajratildi.
Do'stlaringiz bilan baham: