Buxoro davlat tibbiyot instituti


Download 191.26 Kb.
Pdf ko'rish
bet22/27
Sana22.10.2023
Hajmi191.26 Kb.
#1716087
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27
Bog'liq
2022-vaziyatli-masala

 
Vaziyatli masala №16 
28 yoshli takror tug’uvchi ayol 8 soat ilgari boshlangan muntazam intensiv 
dardlar bilan yotqizildi. Ushbu homiladorligi-2, muddatiga yetgan. 1-homiladorligi 3 
yil ilgari 3 oylik muddatda kriminal abort bilan tugagan va bachadon bo’shlig’i yana 
qayta qirilgan. Homila 1-pozitsiyda, oldinga keluvchi qismi - homila boshi chanoqqa 
kirish tekisligida joylashgan. Homila yurak urushi kindikdan pastda, chapda, aniq, 
ritmik, 132
ta minutiga. Homilador kelgandan 4 soat keyin tug’ruq sodir bo’ldi, 
homila tug’ilishi bilan ayol soniga, mushak orasiga 10 TB oksitotsin yuborildi. Bola 
tug’ilgandan 15 minutdan so’ng qon ketish boshlandi va 300 ml qon ketdi. Platsenta 


~ 26 ~ 
ajralish belgilari yo’q. Sizga bemorni tekshirish, taxminiy diagnoz, vaziyatni 
baholash va taktika uchun vaqt ajratildi. 
I. Dastlabki tashxis. Homiladorlik 2, 40 hafta, tug’ruq 1, tug’ruqning 3-davri, 
yo’ldoshning bachadonga o’sib kirishi. 
II. Asosiy tekshirish usullari.
1. Ayolning umumiy ahvolini baholash.
2. Pulsni tekshirish. 
3. Arterial qon bosimini ikkila qo’lda o’lchash. 
4. Algover indeksini aniqlash.
5. Bachadon tonusini aniqlash. 
6. Qindan kelayotgan ajralma xarakteriga va miqdoriga ahamiyat berish. 
III. Qo’shimcha tekshirish usullari.
1. Homilador o’pkasi va yuragi auskultatsiyasi. 
2. Umumiy qon tahlili. 
3. Qon ivish vaqti. 
4. Qonni bioximiyaviy tahlili natijalari. 
5. Ultratovush tekshirish. 
IV. Diagnozni asoslash. (bemorning shikoyatlari, anamnez ma’lumotlari, 
ob’ektiv ko’ruv va laborator tekshirish natijalari). 
V. Differensial diagnostikasi (tug’ruq yo’llari travmalari) 
VI. Davolash. Bachadon bo’shlig’ini qo’l bilan tekshirish operatsiyasi 
bajariladi. Platsentaning soxta o’sib kirishida platsentani arrasimon qo’l harakatlari 
bilan ajratib olib bo’ladi, platsentaning bachadon devoriga chin o’sib kirishida 
laparotomiya va bachadon amputatsiyasi bajariladi.

Download 191.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling