~ 21 ~
1. Bemor shikoyatlariga e’tibor qaratish.
2. Anamnez yig’ish.
3. Homiladorlar toksikozini differensial diagnostika qilish.
4. Kerakli mutaxassislar tomonidan vrachlar maslahatini tashkil qilish.
5. Diagnozni asoslab berish.
6. Statsionarga yotqizish.
Vaziyatli masala № 13
Ayol 25 yoshda, homiladorlik bo’yicha 30 martda
ayollar maslahatxonasiga
murojaat qildi. Anamnezidan: oxirgi hayz 24-28 dekabrda. Birinchi va ikkinchi
homiladorligi tug’ruq bilan yakunlanib, bolalari homila gemolitik kasalligi natijasida
nobud bo’lgan. Ushbu homiladorlik 3, so’nggi homiladorlikdan 1
yildan keyin
bo’lgan. Erining (otasining) qon guruhi A (II) Rh (+). O’tkazgan kasalliklari:
bolalikda oyoq travmasi, Rh-omil hisobga olinmay gemotransfuziya.
Laborator tekshirish usullari. Qonning umumiy tahlili: eritrotsitlar-3,2x10
12
g/l,
Hb-105 g/l, Gt-30%, trombotsitlar-225x10
9
g/l, EChT-20 mm/soat. Qon guruhi A(II),
Rh (-), antitelolar titri 1:4. Sizga bemorni tekshirish,
taxminiy diagnoz, vaziyatni
baholash va taktika uchun vaqt ajratildi.
Do'stlaringiz bilan baham: