Buxoro davlat tibbiyot instituti


Download 191.26 Kb.
Pdf ko'rish
bet11/27
Sana22.10.2023
Hajmi191.26 Kb.
#1716087
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   27
Bog'liq
2022-vaziyatli-masala

VII. Dispanserizatsiya (barcha genital va ekstragenital kasalliklarni davolash. 
Qiz bolalarni yoshligidan boshlab sog’lomlashtirish ishlarini olib borish, jismoniy 
tarbiya bilan shug’ullantirish, to’g’ri ovqatlantirish, o’qish va dam olishni to’g’ri 
taqsimlash, bachadon tug’ma nuqsonlari, ko’p suvlilik, chanoq anomaliyalari 
profilaktikasi, tug’ruq va chilla davrini to’g’ri olib borish).


~ 14 ~ 
VIII. UASh taktikasi.
1. Bemor shikoyatlariga e’tibor qaratish. 
2. Anamnez yig’ish. 
3. Normal joylashgan yo’doshning muddatidan oldin ko’chishini differensial 
diagnostika qilish. 
4. Kerakli mutaxassislar tomonidan vrachlar maslahatini tashkil qilish. 
5. Diagnozni asoslab berish. 
6. Statsionarga yotqizish. 
Vaziyatli masala №8 
Ayollar maslahatxonasiga homiladorlik muddati 24 haftalik bo’lgan ayol 
murojaat qildi, uning shikoyatlari quyidagilardan iborat: 7 kun davomida teri 
qoplamlarining sarg’ayganligi, yengil teri qichimasi. Oxirgi 2 hafta davomida esa 
holsizlanish, uyqu bosish, ishtahaning pasayishi, charchash. Oxirgi 3 kunda 
peshobning to’qligi va ko’p chiqishi, axlatning oqarishi kuzatilgan. Anamnezdan shu 
aniq bo’ldiki, ayol oxirgi 3 oy ichida stomatologda davolangan. Ko’rikdan 
o’tkazilganda teri yuzasi, ko’z sklerasi, qattiq tanglayning sarg’ayganligi aniqlandi. 
Bachadon oval shaklda, normal tonusda, homila holati bo’ylama, boshchasi bilan 
oldinda, homila yurak urishi aniq, ritmik, minutiga 130 marta. Jinsiy yo’llardan 
ajralmalar yo’q.
Sizga bemorni tekshirish, taxminiy diagnoz, vaziyatni baholash va taktika uchun 
vaqt ajratildi. 
I. Dastlabki tashxis. Homiladorlik 1, 28 hafta. Virusli gepatit «B» ga 
shubhalanish. 

Download 191.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling