Buxoro davlat tibbiyot instituti


Download 191.26 Kb.
Pdf ko'rish
bet14/27
Sana22.10.2023
Hajmi191.26 Kb.
#1716087
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   27
Bog'liq
2022-vaziyatli-masala

VIII. UASh taktikasi.
1. Bemor shikoyatlariga e’tibor qaratish. 
2. Anamnez yig’ish. 
3. Kerakli mutaxassislar tomonidan vrachlar maslahatini tashkil qilish. 
4. Diagnozni asoslab berish. 
5. Statsionarga yotqizish.
 
Vaziyatli masala №10 
A. ismli ayol 23 yoshda, 11 haftalik homiladorlik bilan poliklinika shifokoriga 
murojaat qildi. Shikoyati: tana harorati 39 Cº gacha ko’tarilishi, bo’g’imlarda og’riq. 
Yoshligida revmatizm bilan dispanser nazoratida bo’lgan. Ko’rikda: yurak tonlari 
bo’g’iq, yurak cho’qqisida sistolik shovqin eshitiladi. Q/B 100/60, 100/70 mm sim. 
ust. Pulsi 96 ta/minutiga. Sizga ma’lumotlarni yig’ish, ayolni tekshirish va tashxis 
qo’yish vazifasi topshirildi.
I. Dastlabki tashxis. Homiladorlik I, 11 hafta. Revmatizm aktiv fazasi. 
II. Asosiy tekshirish usullari.
1. Arterial qon bosimini ikkila qo’lda o’lchash. 
2. Pulsni tekshirish.
3. Homilador o’pkasi va yuragi auskultatsiyasi. 
III. Qo’shimcha tekshirish usullari
1. Umumiy qon tahlili. 
2. Qon guruhi va rezus-omilni aniqlash. 
3. Qon ivish vaqti, trombotsitlar miqdorini aniqlash. 
4. Qonni biokimiyoviy tahlil qilish. 
5. Umumiy siydik tahlii. 
6. Ultratovush tekshirish. 


~ 18 ~ 
IV. Diagnozni asoslash (bemorning shikoyatlari, anamnez ma’lumotlari, 
laborator tekshirish natijalari). 
V. Differensial diagnostikasi (o’tkir respirator kasalliklar, bezgak, artrit). 
VI. Davolash. Davolash va chuqur instrumental tekshiruvlar olib borish
homiladorlikni davom ettirish mumkin yoki mumkin emasligini hal etish uchun 
statsionarga yotqizish. 

Download 191.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling