Buxoro davlat universiteti 3-1riqt22 talabasi Gaybullayeva Moxinaning


Download 95.85 Kb.
Sana09.05.2023
Hajmi95.85 Kb.
#1447392
Bog'liq
Buxoro davlat u-WPS Office

Buxoro davlat universiteti 3-1riqt22 talabasi

Gaybullayeva Moxinaning

Mutaxasislikka kirish fanidan

Mustaqili ishi


Robert Amerikaga ko`chib o`tgan yaponlarning to`rtinchi avlodi bo`lib Gavayyada tug`ilib o`sdi. U mashhur pedagoglar oilasidan bo`lib otasi Gavayya hukumati taslim tarbiya komitetini boshqargan. Maktabni bitirib Robert Nyu-Yorkda o`qishni davom ettirgan. Keyin harbiy dengiz flotiga xizmatga kirgan. Harbiy vertolyot uchuv chisi ofitser Robert Vetnam urushida qatnashgan.
Urushdan qaytib Robert o`z ish faoliyatini boshladi. 1977 yili serfer nomli neylon hamyonlarini ishlab chiqaradigan kompaniya tashkil qildi. Butun dunyoga tarqalgan bu hamyonlar millionlab daromad keltirardi. Robert va uning mahsuloti «inglizcha so`z» hatto kabi ma’lum va mashhur jurnallar sahifasiga tushdi. 1985 yil barcha ishlarini tashlab 7 davlatda o`z faoilyatini olib boradigan xalqaro taslim kompaniyasini tashkil qildi. Bu kompaniya investitsiya va biznesga millionlab odamlarni o`rgatardi. U 47 yoshidan o`zi yaxshi ko`radigan investitsiya bilan shug`ullanadi. Boylar va kambag`allar orasidagi farqni ortaborishidan xavotirlangan Robert stoldi o`ynaladigan pul muomalasini o`rgatadigan CASHFLOW o`yinini tuzdi. Ilgari bu o`yin faqat boylarga ma’lum edi.
Ota qanday qilib boyib ketishni menga aytaolasizmi? Otam kechki gazetani qo`yaturib nima uchun boy bo`lmoqchisan o`g`lim deb so`radi. Chunki bugun Jimning onasi o`zining yangi kadillak mashinasida keldi. Jimmi uchta o`rtog`ini olib dengiz sohilidagi uyiga dam olishga ketishdi. Bizni taklif qilishmadi chunki biz kambag`al bolalar emishmiz. Shunday deyishdimi deb so`radi otam. Ha shunday deyishdi dedim men yig`laganday bo`lib. Otam sekin kallasini liqillatib qo`ydi. Ko`zoynagini to`g`rilab gazeta o`qishga tushdi. Men javob kutib turardim. 1956 yil boshlangan edi. 9 yosh edim. Taqdir taqozosi bilan men boylarning bolalari o`qiydigan maktabda o`qirdim. Shahar boyvachchalari boshqarma boyliklari bankirlar shifokorlar tadbirkorlar va boshqalar bolaligi shu maktabda 6-sinf o`qirdi. 6-sinfdan keyin boyvachchalar bolalarini boshqa maxsus maktabga o`tkazishardi.
Boylar pulga ishlamaydilar
Bizning oilamiz ko`chaning boyvachchalar yashaydigan tomonida turardi, shuning uchun men shu maktabda o`qirdim. Ko`chaning boshqa tomonida turganimda boshqa maktabga kambag`alroq oila bolalari o`qiydigan maktabga borar edim. Bizga o`xshaganlarga xususiy maktablar yo`q edi. Nihoyat otam gazetani qo`yib o`g`lim boy bo`lmoqchi bo`lsang pul ishlashni o`rganishing kerak dedi. Qanday qilib so`radim men kallangni ishlat dedi otam.
Hamkorlik zaruriyati
Ertasiga men o`rtog`im Mayka otaning gaplarini aytib berdim. Men va Mayk shu maktabda o`qiydigan kambag`al bolalardan edik. Biz juda kambag`al bo`lmasak-da o`zimizni shunday sezardik chunki boshqa bolalarda yangi velosiped yangi beysbol qo`lqoplari. Xullas hamma narsalari yangi bo`lardi. Otam Nimanidir xohlasang ishlash kerak derdi. Ko`p narsani xohlardik. Lekin 9 yoshim bolalar uchu nish yo`q edi. Pul ishlash uchun nima qilishimiz kerak so`radi Mayk bilmayman dedim. Sen mening hamkorim bo`lishni istaysanmi. U ko`ndi va o`sha kuni Mayk mening birinchi hamkorimga aylandi. Qanday ish qilsak ekan deb ko`p o`yladik. Ba`zan Jimmi va uning o`rtoqlariga havasimiz kelib pul ishlash yo`lini yanada ko`proq izlashga tushardik. Nihoyat qachondir Mayk qachondir kitobda o`qigan bir g`oyani aytdi. Ikkovimiz ishga kirishdik.
Keyingi haftalarda Mayk bilan tish pastasidan bo`shagan tyubiklarni yig`dik. Qo`ni-qo`shnilardan bo`shagan tyubiklarni tashlab yubormasliklarini iltimos qilardik. Ko`pchilik rozi bo`lib nima qilmoqchisizlar deb so`rardi. Bunga biz hozircha aytolmaymiz chunki bu ishimiz siri derdik. Bo`sh tyubiklar borgan sari ko`payib uyni bir chekkasini band qila boshladi. Onamga bu ish yoqmadi va uyni tez bo`shatishni talab qildi. Onamga yalinib biroz chidashlarini so`radim. Onam bizga bir hafta muhlat berdi. Mayk qo`ni-qo`shnilarga tez-tez tish yuvish foydali ekanini tushuntirib tyubiklarni bo`shashini tezlashtirdi.
Men mahsulot chiqaradigan uskuna yig`a boshladim. Tyubiklar u vaqtda qo`rg`oshindan qilinardi. Biz Mayk bilan qo`rg`oshin tyubiklarini eritib qo`rg`oshindan nikelni ajratib olishimizkerak edi. Buning uchun biz tyubikni kuydirib bo`yoqdan tozalab olishimiz kerak so`ngra metal tog`orachada tyubikni eritib uni maxsus tayyorlangan qolipga quyishimiz kerak bo`lardi. Eritma qotganidan keyin karton va alebastrdan yasalgan qolipni o`rtasidan ikkiga bo`linsa ichidan nikel ajralgan holda chiqardi.
Anna shu ishlar bilan mashg`ul bo`lib turganimizda otam o`z mashinasida do`sti bilan kelib qoldi. Biz eritmani qoliplarga quymoqda edik. Bolalar nima qilayapsizlar deb so`radi otam. Siz aytganni qilayapmiz biz boy bo`lishni xohlaymiz dedim. Ha biz Robert bilan hamkormiz dedi Mayk.
Otamga qolipni o`rtasidan yorib ichidan ajratilgan nikelni ko`rsatdim. Sizlar eritilgan qo`rg`oshindan nikelni ajratayapsizmi deb so`radi so`ngra bizga yotig`i bilan bu ish qonunga xilof bundan qilish mumkin emas deb tushuntirdi otam. O`rtog`i esa mayli ularni o`z holiga qo`y balki ularda talant paydo bo`lgandir deb yupatdi. Sizlar o`zingizga xos fikrlab yaxshi ixtiro qilibsiz. Shunday izlanishda bo`ling. Men sizlar bilan faxrlanaman dedi. Mayk sizlar bilan faxrlanaman dedi.
Mayk va men jimgina turardik. Bizga yaxshi gaplar aytilgani bilan endi nima qilish kerak degan savol bizni qiynardi. Biznesimiz tug`ildi-yu o`ldi. Jimni o`rtoqlari bilan haq. Biz kambag`almiz dedim Mayka qarab.
Otam bu gapim eshitib bunday dedi. Bolalar siz oson yengilsangiz kambag`alsiz. Eng asosiysi siz nimanidir qildingiz. Ko`pchilik boy bo`lishni orzu qiladi va quruq gapdan u yoqqa o`tmaydi. Sizlar nimanidir qildingizku. Yana qaytaraman, men sizlar bilan faxrlanaman. Faqat izlanishdan to`xtamang. Ota nega siz boy emassiz deb so`radim otamdan.
Chunki men maktab o`qituvchi kasbini tanladim o`qituvchilar boy bo`lishi to`g`risida o`ylamaydilar. Menga bolalarni o`qitish yoqdi. Sizlarga yordam berolmaganimdan afsusdaman men haqiqatda pul ishlashni bilmayman dedi otam va qo`shib qo`ydi. Bilasizmi agar haqiqatda boy bo`lishni istasangiz mendan emas. Mayk otasidan so`ranglar mening va Mayk otasining bankiri bir kishi u har doim pul topishda Maykning otasiga yetadigan yo`q deb maqtaydi. Mayk hayron bo`ldi. Unda nima uchun bizda yaxshi mashina chiroyli uylarimiz yo`q deb so`radi Mayk.
Yaxshi mashina chiroyli uy seni boyligingni ko`rsatmaydi. Jimni otasi shakar plantatsiyada ishlaydi. U mendan uncha farq qilmaydi. U kompaniyaga ishlaydi. Men davlatga. Mashinani kompaniya beradi. Shakar kompaniyasi hozir moliyaviy qiyinchiliklarga duchor bo`lmoqda agar b u davom etsa, Jimmining otasi hamma narsasidan judo bo`lishi mumkin.
Sening otang esa Mayk bilishimga imperiya tuzayapti bir necha yildan keyin u eng badavlat odamlardan bo`ladi dedi otam. Bizda yana umid paydo bo`ldi. Endi maykning otasi bilan gaplashish rejasini tuza boshladik. Maykning otasi juda ko`p ishlardi. Erta tong ketib ishdan kech qaytardi.
Shayx otasining omborxonalari qurilish kompaniyasi birnecha do`konlari uchta restorani bor ekan. Mayk otasi bilan gaplashib ko`rib menga qo`ng`iroq qiladigan bo`ladi.
Nihoyat soat 20:30 da telefon jiringladi va Mayk otasi ko`ngani shanba ertalab qabul qilishini aytdi. Shanba ertalab 7:30 da men Maykni uyiga ravona bo`ldim. Darslar boshlandi men senga soatiga 10 sent bo`laman. 1956 yil narxlari bo`yicha ham soatiga 10 sent juda kam edi. Biz Mayk bilan uning otasi qabuliga kirganimizda soat 8-00 edi. Maykning otasi ishni bir soatcha oldin boshlagan edi. Uning ko`rsatmalarini kutayotgan telefonda gaplashmoqchi bo`lganlar ko`p bo`lgani uchun biz ichkarida o`tirdik. Bu odamlar kim deb so`radim Maykdan. Biri yo`l qurilishi prorabi anavi ayollar restoranni boshqarardilar yana biri omborxonada ishlaydi deb tushuntirdi Mayk. Birdan Maykning otasi kirib keldi. Biz o`rnimizdan turib kutib oldik. Tayyormisizlakr bolalar so`radi u. Biz boshimizni silkitib. Ha dedim. Maykning otasi baquvvat bo`yi 1 Muhammad 80 sm og`irligi 90 kg cha bo`lib unda kuch quvvat sezilib turardi. Mening otamni bo`yi biroz baland bo`lib undan besh katta edi. Ularning bir-biriga o`xshash joylari ko`p edi.
Mayk aytdiki sizlar pul ishlashni o`rganmoqchi emishsizlar. Shundaylar Robert so`radi Mayk otasi. Men sizlarni o`qitaman lekin maktabdagidek emas. Siz menga ishlaysizlar men sizlarni o`qitaman. Ishlamasangiz o`qitmayman. Agar ishlasangiz sizlarni tezroq o`qitaman maktabdagidek o`tirib eshitamiz desangiz vaqtni bekorga o`tkazgan bo`laman. Taklifimni qabul qilasizmi yoki yo`qmi. Men avval so`rasam bo`ladimi so`radim men. Yo`q qabul qilasiz yoki qilmaysiz. Mening ishim ko`p vaqtim ziq. Agar siz qaror qabul qilolmasangiz siz hech qachon pul ishlashni o`rganolmaysiz. Imkoniyatlar keladi va ketadi. Tez qaror qabul qilishni o`rganish zarur. Sizlarda shunday imkoniyat bor. 10 sekund beraman dedi Maykning otasi. Rozimiz dedik biz. Yaxshi 10 minutdan keyin Missis Martin keladi. U bilan ketasizlar va do`konda ishlaysizlar. Soatiga 10 sent to`layman har shanba 3 soatdan ishlaysizlar bugun men beysbol o`ynashga borishim kerak deb boshlagan edim. Ha yoki yo`q keskin to`xtatdi Mayk otasi. Mayli deb beysbol o`rniga ishga ketdim.
Shanba soat 9-00 da Mayk va men missis Martinga ishlay boshladik. Miss Martinga ishlay boshladik. Miss Martin ko`ngli ochiq yaxshi ayol edi. Sizlar menga o`g`illarimni eslatayapsiz ular katta bo`lishib alohida yashashadi dedi u. biz do`kondagi konservalarni olib changini artib yana piramida qilib taxlardik. Bu juda zerikarli ish edi. Maykning otasi uni men boy otam deb atayman 9 ta shundan do`konlar egasi edi. Do`konlar oldida mashina turar joyi bo`lib mashina kelib to`xtaganda chang ko`tarilib do`konga tkirardi. U vaqtda Gavayyada konditsonerlar yo`q edi. Issiq bo`lgani uchun eshiklar ochiq bo`lardi. Shunday sharoitda 3 soat ishlab 30 sent ishlar edik. Bu bizlarni unga xursand qilmasdi chunki 30 sentga biror arzigulik narsa bermasdi. To`rtinchi haftada ishdan bo`shashga tayyor edik. Men pul topishni o`rganish uchun ishlashga rozi bo`lgan edim. Endi qul bo`lib ishlayapman.
Men uchrashuvga tayyorlandim. Mening haqiqiy otam ya’ni kambag`al otam fikricha Maykning otasi ya’ni boy otam bolalar mehnati qonunini qo`pol buzganligi tekshiruvlar o`tkazib ish haqini kamida soatiga sentga oshirishni talab qildi. Agar ish haqi oshirilmasa tezda ishdan bo`shashimni talab qildi. Shanba soat 8-00 da men Maykning uyiga kirib bordim. Maykning otasi o`tir va kut ded iva o`z ishlari bilan mashg`ul bo`ldi. Men o`tirib kutdim. 45 minut o`tdi u hamon o`z ishlari bilan band edi. Bir soatdan so`ng boy otam o`z ofisiga meni taklif qildi. Bilishimcha sen ish haqini oshirishimni talab qilayapsan aks holda ishdan bo`shamoqchisan shundaymi. Siz kelishuvimizga rioya qilmayapsiz ishlasangiz o`qitamandegan edingiz .biz ishlayapmiz siz o`qitmayapsiz. Bizni hech narsaga o`rgatmadingiz. Siz yolg`onchisiz shahardagilarning hammasi shu fikrda. Siz baxilsiz. Hamma pullarni olib boshqalar bilan ishingiz yo`q. Meni shunga kutdirdingizmi? Boy otam aylanadigan stulida o`tirib menga tikildi. Yomon emas dedi u. bir oy o`tmasdan sen mening ko`pchilik ishchilarim kabigapirayapsan. Nima deb so`radim uni tushunmasdan. Meni o`qitasiz deb o`ylabman siz esa meni qiynayapsiz. Men seni o`qitayapman dedi boy otam.
Boy odam ketayotib dedi ishingizni davom ettiring bolalar pul cheki kerakligini qanchalik tez esdan chiqarsangiz katta bo`lganingizda hayotingiz shuncha yaxshi bo`ladi. Miyangizdan foydalaning bepul ishlang va aqlingiz yaqinda sizga ko`p pul ishlash yo`lini ko`rsatadi. Sizlar boshqalar ko`rmagan nasani ko`rish qobiliyatiga ega bo`lasiz. Ko`pchilik burni tagida turgan imkoniyatlarni ko`rmaydi, chunki ular pul va bexavotirlikni qidiradilar. Siz bir imkoniyatni olganingizdan so`ng umringizning oxirigacha boshqa imkoniyatlarni ham ko`rib turasiz. Bunga erishganingizda men sizlarni yana boshqa narsalarga o`rgataman.
Download 95.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling