Buxoro davlat universiteti 70530402-Geografiya (o'rganish obyekti bo'yicha) yo’nalishi magistranti Sayfiddinova Mohinur Sadriddin qizining


Download 18.58 Kb.
Sana21.06.2023
Hajmi18.58 Kb.
#1644098
Bog'liq
ichki taqriz Мохинур


Buxoro davlat universiteti 70530402-Geografiya (o'rganish obyekti bo'yicha) yo’nalishi magistranti Sayfiddinova Mohinur Sadriddin qizining
Ziyorat turizimini rivojlantirishning geoekologik xususiyatlari
(Shofirkon tuman misolida)” mavzusidagi magistr akademik darajasini olish uchun tayyorlagan dissertatsiyasiga
TAQRIZ
Bugungi kunda turizmning, nafaqat, tarixiy yoki an’anaviy, balki yangidan-yangi turlari, shakl hamda ko’rinishlari vujudga kelmoqdaki, bu yangi tendensiyalar mazkur sohani valyuta kirib keluvchi manbaa sifatidagina emas, mintaqaviy rivojlanishning asosiy faktorlaridan biri deb qabul qilinishiga olib kelmoqda. Shu sababli, keyingi vaqtda dunyo mamlakatlari qisqa muddatlarda katta daromad keltiruvchi moliyaviy sohalar bilan bir qatorda turizmga ham davlat darajasida katta e’tibor qaratmoqda. Geoekologik vaziyatni aniqlash va geoekologik vaziyatni optimallashtirish uchun har bir landshaftning o`ziga xos tabiiy xususiyatlari, o’z-o’zini tiklash imkoniyatlari, barqarorligini hisobga olgan holda amalga oshirilgan. Shu nuqtai nazardan qaraganda, ushbu dissertatsiya ishi nihoyatda dolzarbdir.
Disertatsiya ishi кirish, 3 ta bob, sohani rivojlantirish istiqbollarini yorituvchi xulosalar va adabiyotlar ro‘yxatini o’z ichiga olib, 83 betdan iborat. Buxoro viloyati tabiiy geografik xususiyatlari hamda xo‘jaligining viloyat geoekologik vaziyatiga ta’siri haqida ayrim rasm va hujjatlar, jadvallar keltirilgan.
Kirish qismida ishning dolzarbligi, o’rganilganlik darajasi, obyekti, predmeti, maqsadi, vazifalari va ishda foydalanilgan metodlar kabilar yoritilgan.
I bobda Zamonaviy geoturizm ta’rifi va uning rivojlanishi, geoturizmni o‘rganishning ilmiy-uslubiy asoslari, geoturizmni geografik jihatlari va tasniflash masalalari tahlil qilingan.
II bobda tadqiqot obyektlari, uslublari va iqlim sharoitlari, Buxoro viloyatining geografik o`rni, Buxoroda turizimni rivojlantirishning geoekologik xususiyatlari haqidagi ma’lumotlar keltilgan.
III bob Buxoro viloyati geoekologik vaziyatini yaxshilash chora-tadbirlari deb nomlangan bo’lib, 3 ta paragrafdan iborat. Mazkur bobda viloyat hududi voha, shahar, cho`l geotizimlariga ajratilib, har bir geotizimning tabiiy sharoitlaridan kelib chiqqan holda zarur amaliy chora-tadbirlar ishlab chiqilgan.
Xulosa qismida esa bajarilgan vazifalardan kelib chiqib, besh banddan iborat xulosa va besh banddan iborat tavsiyalar bildirilgan.
Ishda quyidagi kamchiliklar uchraydi.

  1. Dissertatsiya ishida rejalar bir-biriga bog‘lanmagan.

  2. Ilovalar qismidagi rasmlarini to‘liq nomi, olingan manbasi yoritilmagan.

  3. Ishda orfografik, stilistik xatoliklar uchraydi.

Yuqorida qayd etilgan mulohazalar ishning umumiy mazmuniga salbiy ta’sir ko‘rsatmaydi. Dissertant o‘z oldiga qo‘ygan maqsadiga erishgan va vazifalarni hal qilgan.
Sayfiddinova Mohinur Sadriddin qizining “Ziyorat turizimini rivojlantirishning geoekologik xususiyatlari (Shofirkon tuman misolida)” mavzusidagi dissertatsiyasi maqsad doirasida tugallangan bo’lib, magistrlik dissertatsiyasiga qo`yilgan talablarga javob beradi. Sayfiddinova Mohinur Sadriddin qizi magistr ilmiy darajasini olishga loyiq.


Ekologiya va geografiya kafedrasi
katta o‘qituvchisi, Geografiya fanlari
bo’yicha falsafa doktori (PhD) M.K.Ergasheva
Download 18.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling