Buxoro davlat universiteti abdullaev a. J, Qayimova z. A, Boltaev sh. Sh, Narzieva d. M
Jahon valyuta tizimi va uning elementlari. Valyuta
Download 3.95 Mb. Pdf ko'rish
|
12594 2 F73689EE6175CBCB594F6BEABC06D737E9CA1955
20.2. Jahon valyuta tizimi va uning elementlari. Valyuta munosabatlarini tartibga solish tizimi. Valyuta tizimi ahamiyatining o`sishi rivojlangan mamlakatlarning milliy va mahalliy doirada valyuta sohasida davlat monopolistik boshqaruvining yangi usuli va vositalarini izlashga majbur etmoqda. Jahon valyuta tizimi (JVT) va uning evolyutsiyasi Rivojlangan davlatlarning valyuta tizimi nafaqat ular o`rtasidagi pul hisobkitob munosabatlarini, balki ichki pul muomalasining katta qismini ham o`z ichiga oladi. JVT oltin standartga asoslangan tizimdan asta sekin maqsadli boshqariladigan, qog’ozkredit pullariga asoslanadigan tizimga aylandi. SHu bilan birga, uning rivojlanishi (o`n yilliklar farqi bilan) milliy pul tizimining rivojlanish bosqichlarini takrorlaydi. Ichki iqtisodiyotda pul tizimi oltin tanga standartidan oltin quyma va oltindeviz, undan kredit, qog’oz pul muomalasiga o`tdi va oxirgi bosqichda ko`proq e`tibor kredit vositalariga qaratiladigan bo`ldi. Jahon miqyosida bu holat keyinroq maxsus shakllarda namoyon bo`ldi. Bunda oltintanga standarti mutlaqo bo`lmagan, oltin quyma standarti asrlar davomida mavjud bo`lgan; oltin bilan bir qatorda yordamchi kredit pullari veksel, chek va boshqa ko`rinishida 323 rivojlangan. Ammo XX asr boshiga kelib, bu tizim xalqaro iqtisodiy munosabatlarning yangi shakliga javob bermay qoldi. Bu davrning eng asosiy belgilaridan biri kapitalni eksport qilish – JVT ning yangi oltin standart shakllari bilan qaramaqarshilikka uchradi. Bundan tashqari, oltin zaxiralari tez rivojlanib borayotgan davlatlar xazinasida to`plana bordi. SHuning uchun ham, davlatlar o`rtasida yangi boshqariladigan valyuta tizimi zarur edi. 30yillarining ikkinchi yarmida oltin standart shakllari o`rniga qog’ozkredit pul muomalasi keldi. U davlatga emissiya mexanizmidan iqtisodiyotni boshqarish vositasi sifatida foydalanish imkonini berardi. Jahon valyuta tizimi rivojlanishining muhim bosqichi Ikkinchi Jahon urushidan keyin boshlandi. Ikkinchi Jahon urushi oltin zaxiralarining yangi taqsimotiga olib keldi: -barcha davlatlarning deyarli 4/5 oltin zaxiralari AQSHda to`plandi. Dollarning JVTda etakchi o`rindaligi, oltindeviz standartining oltin dollar shaklini olganligidan dalolat berardi. Bu holat rasmiy ravishda 1944 yil iyulda Brettonvudsdagi(AQSH)BMT Konferentsiyasida tasdiqlangandi. Unda urushdan keyingi Jahon valyuta tizimiga asos solindi. JVT ining tashkiliy va faoliyat tamoyillari quyidagilar qilib belgilandi: – oltin JVTining asosi sifatida tan olindi; – dollar va funtsterlingga xalqaro hisobkitoblarda va chet el valyuta zaxiralarida asosiy o`rin berildi va ularni oltin o`rniga taqdim etilishi mumkinligi tasdiqlandi; – dollarga nisbatan barcha mamlakat valyutalarining qat`iy pariteti o`rnatildi, dollar orqali esa – oltinning va chet el valyutalarining birbiriga nisbatan bahosi aniqlanadigan bo`ldi; – valyuta kursining dollar paritetiga nisbatan tebranishi = 1 % darajasida belgilandi; – JVTni boshqarish maqsadida Xalqaro Valyuta Fondi (XVF) va Xalqaro rivojlanish va taraqqiyot banki (XRTB) tashkil etildi; – valyuta cheklovi tizimi bekor qilinib, milliy valyuta konvertatsiyasi tiklandi. Bu shaklda tuzilgan, II- Jahon urushidan keyingi JVT xalqaro valyuta moliya munosabatlaridagi tartibsizlikni yo`qotishga imkon berdi. 324 Ammo Brettonvuds tizimining qarama qarshiligi – tartibsiz bozor (oltinstandart) va boshqariladigan dollar tizimi bo`yicha ish yuritish quyidagilarga olib keldi: – o`zgarmas oltin narxi va narxi o`suvchi tovar va xizmatlar orasida farq yuzaga kelishiga; AQSHdan ko`p miqdordagi kapitalning boshqa davlatlarga oqib ketishiga (19571971 yillarda 54,2 mlrd. dollar miqdorida to`g’ri investitsyalar tarzida AQSHdan boshqa davlatlarga oqib o`tgan); – chet ellardagi katta harbiy xarajatlarga; – AQSHning to`lov balansi taqchil bo`lishiga (uning miqdori 19531972 yillarda – 69 mlrd. dollarni tashkil qilgan); – dollarning real kursi va uning oltin pariteti orasida uzulishning bo`lishiga va boshqalar. Bundan tashqari, 60 yillarning ikkinchi yarmida G’arbiy evropa va YAponiya AQSHdan o`z oltin zaxiralari va eksport hajmi bo`yicha ikki baravar oshib ketdi. Natijada, hatto oltindeviz standarti tayanadigan umumiqtisodiy asos o`z umrini tugatdi. Oltindollar standartining buzilishi valyuta bozorlarida dollarning «tushishi» va «valyuta isitmasi» degan iboralar tarzida o`z aksini topdi. SHuning uchun, 1970 yilda XVFchegarasida maxsus hisob va to`lov birligi (SDR) kiritildi va u a`zo davlatlarning valyuta zaxiralarini to`ldirish uchun mo`ljallangandi. SDR jahon pulining bir qator funktsiyalarini bajaradigan bo`ldi. U XVF a`zolarining kvotalariga proportsional tarzda taqsimlanadi, shuning uchun uning asosiy qismi (2/3 dan 3/4 gacha) rivojlangan davlatlarga, 1/4 qismi rivojlanayotganlariga to`g’ri keladi. SDR ning boshlang’ich kursi AQSH dollarining rasmiy oltin miqdoriga tenglashtirilgan. Keyinchalik uning qobiliyati 16 valyuta savati bo`yicha, hozirda esa 5 asosiy milliy valyutalar bo`yicha aniqlanadi. SDR JVTning asosiy zaxira vositasiga aylanmokda. Bu sharoitda AQSH ikki marta dollar devalvatsiyasini o`tkazdi (1971 va 1973 yillarda). Natijada oltinning rasmiy kursi troya untsiyasi 42,22 dollargacha qilib belgilab berildi. Bu davrda ko`pchilik rivojlangan davlatlar o`z valyuta kursini ma`lum darajada ushlab turish (dollarga nisbatan) majburiyatlaridan voz kechibdi. 1973 yildan oltin maxsus oltin va tovar birjalaridagi narx asosida sotiladigan va sotib olinadigan bo`ldi. Oltin narxi JVTga bevosita ta`sir o`tkazmaydigan bo`ldi. 325 Bu sharoitda xalqaro valyuta munosabatlarini qayta tashkil qilish muammosi vujudga keldi. 1976 yil yanvarda XVFning Vaqtli Qo`mitasi XVF Nizomiga bir qator o`zgarishlarni kiritdi. Bu o`zgarishlar XVTi faoliyatini rasmiy ravishda qayta taqsimlashni bildirardi(YAmayka kelishuvi, 19761978 yy.). Valyuta munosabatlari mexanizmidagi o`zgarishlar 1978 yil 1 apreldan kuchga kirdi va u quyidagilardan tarkib topgandi: – oltinning rasmiy narxi bekor qilindi (XVFning mavjud oltin zaxirasi 33 foizining 1/6 qismini ochiq auktsionlarda sotib va yana 1/6 qismini a`zo davlatlarga tarqatish yo`li bilan hisobdan chiqarishgandi); SDR JVTning asosiy zaxira aktiviga rasmiy ravishda aylantirildi. Valyuta kurslarining «suzuvchi» tizimi qonunlashtirildi. A`zo davlatlar o`z valyuta paritetini SDR yoki boshqa chet el valyutasida ifodalay olishi mumkin edi (ammo oltinda emas). Xalqaro valyuta boshqarish sohasi kengaytirildi. Buning uchun XVF qoshida iqtisodiy siyosatni muvofiqlashtirish bo`yicha a`zo davlatlar vazirlari darajasida qo`mita tashkil etildi. Tashkil topgan valyuta tizimi ko`p jihatdan XX asrning 70 yillaridagi jahon xo`jaligining o`zgargan sharoitlariga javob berardi. G’arbiy evropa valyuta integratsiyasining chuqurlashuvi evropa valyuta tizimining (EVT) vujudga kelishiga olib keldi. Bu valyuta tizimi mintaqaviy valyuta tizimi (MVT) bo`lib, u JVTining elementlaridan biridir. EVT 1979 yili tashkil etildi. Bu MVTning asosiy belgisi eKYU mexanizmidir. eKYU maxsus evropa hisob birligi bo`lib, GFR (1/3 qismi) markasi boshchiligidagi G’arbiy evropaning 10 mamlakati valyutasining «savati»ga asoslangandir. SDRdan farqli ravishda eKYU bank va firmalarning xususiy operatsiyalarida qo`llaniladi. Milliy valyutalar kvotasi eKYUning tashkil etuvchilari mamlakatning iqtisodiy potentsiali bilan aniqlanadi va har 5 yilida qayta ko`rib chiqiladi. «Savat»ni qayta ko`rib chiqishda hamma aktiv va passivlar yangi kurs bo`yicha qayta baholanadi. Oxirgi marta eKYU 1989 yilda belgilangan bo`lib, valyutalar ulushi (% larda): GFR markasi – 30,1 Frantsiya franki – 19,0 Golland guldeni – 9,4 Belgiya franki – 7,6 326 Ispaniya pesetasi – 5,3 va boshqalar – 5,45 ni tashkil qilgan. EI chegarasida yagona pul birligiga o`tilishi eKYUni asosiy valyutaga aylantiradi. YAmayka valyuta tizimidan farqli ravishda, eVT oltindan eKYUning ta`minoti sifatida kisman foydalanadi va a`zo mamlakatlarning rasmiy oltin dollar zaxiralarining 20 foizini birlashtiradi. Valyuta kurslari rejimi valyutalarning belgilangan chegarada suzishiga asoslangan (asosiy kursdan = 2,25 %, Italiyada beqarorlik tufayli 6 %). EVT mamlakatlararo mintaqaviy valyuta boshqarishini evropa valyuta hamkorligi fondi (EVXF) orqali amalga oshiradi. U Markaziy banklarga qisqa va o`rta muddatli kreditlarni valyuta interventsiyasi bilan bog’liq to`lov balansi taqchilligini qoplash uchun beradi. Valyuta sohasida yagona pul asosi jahon puli mavjud emas. Erkin konvertatsiya qilish va kapital oqib o`tishi sharoitida mamlakatlarda ichki pul muomalasi va xalqaro to`lov aylanmasi o`rtasidagi chegaralar yo`qolmoqda: Milliy va xalqaro pulkredit bozorining birgalashishi tendentsiyasi milliy pul-kredit bozorlarining o`ziga xosligi, ixtisosligini saqlagan holda rivojlanmoqda. Hatto AQSH, GFR, Angliya, SHveytsariya va boshqa bozorlarda operatsiyalarni erkinlashtirgan davlatlarda ham xalqaro va milliy kapital bozorlari farq qilmoqda. Masalan, AQSHning evrodollar va milliy kapital bozorlarini olaylik. AQSHda sotuvga qo`yilgan rezident va rezident bo`lmaganlarning obligatsiyalari ro`yxatdan o`tishi lozim. Bunday holat xalqaro bozorda mavjud emas. Bundan tashqari, xalqaro bozorda chiqarilganiga bir oy bo`lmagan qimmatli qog’ozlar AQSHning investorlarga taqdim etilishi mumkin emas. Boshqa ko`pchilik davlatlarda bunday holatlar erkinroq namoyon bo`ladi (Frantsiya, Belgiya, Italiya, YAponiya va boshqalar). Valyuta sohasining xalqaro ayirboshlash munosabatlaridagi mavqeining oshish tendentsiyasi JVT rivojining hamma bosqichlarida (oltin standartdan boshlab) kuzatiladi. Milliy xo`jalik jahon xo`jalik aloqalariga qanchalik ko`p jalb etilgan bo`lsa, mahalliy qo`mitalar iqtisodiyotni tashqi nomaqbul ta`sirlardan holi etishga harakat qiladi. 327 Bu ziddiyat har bir davlatning oltin standartdan boshlab, to hozirgi kungacha bo`lgan evolyutsiyasini belgilab berdi. Masalan, oltin standart davridagi oltinning tartibsiz oqimi (davlatlar o`rtasida) oxiroqibatda ularning ishlab chiqaruvchi kuchlariga salbiy ta`sir etdi. 1929-1933 yilgi iqtisodiy krizis valyuta mexanizmining oltin standart davridagi holatiga putur etkazdi: erkin valyuta almashinuvi qattiq valyuta cheklovlari bilan almashdi, valyuta bloklari va zonalari tashkil topdi, baynalmilallashuv jarayoni to`xtatildi. Bretton-vudsda tuzilgan xalqaro hisobkitoblar modeli valyuta mexanizmini tiklashga qaratilgan qadam bo`ldi. U aniq belgilangan tamoyillar asosida ish yuritar, uning ustidan nazoratni XVF o`z bo`yniga olgandi. Bretton-Vuds valyuta mexanizmi XX asrning 70 yillari boshlarigacha faoliyat yuritdi, u milliy manfaatlarni xalqaro majburiyatlar bilan birlashtirdi: davlatlarning nisbiy mustaqilligi (ichki iqtisodiy siyosatni o`tkazish sohasida) xalqaro kredit tizimi ishtiroki bilan ta`minlanardi. U o`z ichiga XVF krediti, zayomlar to`g’risida bosh kelishuv (1961 yil), Markaziy banklar o`rtasidagi svop kreditlari va boshqalarni olar edi. O`tgan asrning 70 yillari boshida rivojlangan davlatlar iqtisodiyoti shunday chegaraga yaqinlashdiki, bunda keyingi iqtisodiy o`sish butun bazasini yangilash, valyuta ta`minotining samaradorligini oshirishni talab etardi. SHuning uchun 1971-1973 yillardagi «suzuvchi» valyuta kurslarining kiritilishi JVTning evolyutsiyasining qonuniy bosqichi edi. Hozirgi suzuvchi valyuta kurslari tizimi asosida xalqaro hisobkitob tizimida chuqur tarkibiy o`zgarishlar bo`lishiga olib keladi. Ular nafaqat moliyaviy operatsiyalar hajmining o`sishida (ular savdo operatsiyalari bilan 10:1 nisbatni tashkil etishdi), balki moliyaviy oqimlar harakatining davlat byudjeti, soliq va kredit siyosatidagi farqlarda o`z aksini topadi. Va shu munosabat bilan mamlakatlar o`z milliy valyutasi kursini mustaqil belgilash imkonini oldilar. SHunday qilib, hozirgi valyuta tizimida, xalqaro va baynanminallik o`rtasidagi nisbat milliy omillar tomoniga xal bo`ldi. Download 3.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling