Buxoro davlat universiteti abdullaev a. J, Qayimova z. A, Boltaev sh. Sh, Narzieva d. M
Valyuta munosabatlari tushunchasining mazmuni
Download 3.95 Mb. Pdf ko'rish
|
12594 2 F73689EE6175CBCB594F6BEABC06D737E9CA1955
20.3. Valyuta munosabatlari tushunchasining mazmuni. Xalqaro valyuta munosabatlari-bu valyutalarning davlatlararo harakatlanishi natijasida yuzaga keladigan moliyaviy munosabatlardir. 328 Valyuta davlatlararo harakatlanishi uchun u xalqaro to`lov vositasi vazifasini bajara olishi va xalqaro valyuta bozorlarida oldi-sotdi qilinishi kerak. Xalqaro valyuta operatsiyalarining asosiy qismi (80 % dan ortiq) xalqaro rezerv valyuta maqomiga ega bo`lgan etakchi valyutalar orqali amalga oshiriladi. Jaxonda o`z faoliyatini olib borishda eng mustakil bo`lgan banklardan biri bu Nemis Federal banki - Bundes bank xisoblanadi. Ba`zi bir davlatlarda Markaziy bank parlamentga xisobot beradi- Ko`pgina hollarda Markaziy banklar o`z faoliyatida mustakil bo`lsada, shu bilan birga davlat banki xisoblanadi: Markaziy bank quyidagi asosiy funktsiyalarni bajaradi: -banknotalar (nakd pullar) emissiyasi, -davlatning oltin - valyuta zaxiralarini saklash, -pul-kredit siyosati instrumentlari yordamida iqtisodni muvofiqlashtirish, Davlatning oltin-valyuta rezervlarini boshqarish funktsiyasi. Markaziy Bank davlatning oltin, kimmatbaxr metal va kamyob toshlarni valyuta zaxiralarini boshkaradi. Davlatning rasmiy oltin- valyuta zaxiralari xalqaro xisob-kitoblarda aktivlar rezervi, xisob- kitoblar bo`yicha davlatning kafolatli sug’urta fondi sifatida namoyon bo`ladi. Odatda mamlakat oltin zaxiralarining asosiy kismi Markaziy bank ixtiyoriga berilgan bo`ladi. Ba`zi davlatlarda oltin zaxiralar moliya ministrligi ixtiyorida bo`lib, markaziy bank oltin bilan bog’liq operatsiyalarni olib boradi. Markaziy banklar mamlakat valyuta rezervlarini o`zida yig’adi va bu rezervlar xalqaro xisob-kitoblarni amalga oshirish, to`lov balansi defitsitini qoplash va mamlakat milliy valyutasi kursining barqarorligini ta`minlash uchun ishlatiladi. Markaziy bank orqali davlatning iktisodiy siyosati, yanada aniqrog’i davlatning pul-kredit siyosati olib boriladi. Markaziy bankning pul-kredit siyosati davlatning iqtisodini boshkarish siyosatining bir kismi bo`lib, muomaladagi pul massasi, kredit xajmi, foiz stavkalari darajasini va boshqa pul muomalasi va ssuda kapitali bozori ko`rsatkichlarini o`zgartirish bilan bog’liq bo`lgan chora- tadbirlar yig’indisidan tashkil topadi. Pul-kredit siyosatining asosiy maqsadi milliy valyuta barqarorligini ta`minlash, valyuta kursi va foiz stavkalarini oqilona o`rnatish asosida inflyatsiya sur`atlarini kamaytirish, kreditdan 329 foydalanishning samaradorligini oshirish va iktisodiyotning barkaror o`sishini ta`minlashdan iborat. Download 3.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling