Buxoro davlat universiteti abdullaev a. J, Qayimova z. A, Boltaev sh. Sh, Narzieva d. M
Download 3.95 Mb. Pdf ko'rish
|
12594 2 F73689EE6175CBCB594F6BEABC06D737E9CA1955
20.4. Valyuta kursi rejimlari. Valyuta kursining kelib chiqishi mamlakatlar iqtisodiy faoliyatining muhim va ajralmas tarkibiy qismi bo`lgan xalqaro savdoni rivojlantirish bilan bog’liq. Valyuta kursi xalqaro savdoni rivojlanishiga ta`sir ko`rsatish bilan ichki iqtisodiyotga ham ta`sir ko`rsatadi. Bunga sabab valyuta kursi holati bilan mamlakat iqtisodiyotining barcha sohalarining holati o`rtasidagi o`zaro bog’liqlikdir. Valyuta kursi, asosan, kapital va kredit harakatida, tovar va xizmatlar savdosida valyutalarni o`zaro ayirboshlash kabi jarayonlarni amalga oshiradi. Masalan, eksport qiluvchi chet el valyutasidan olgan tushumini o`z milliy valyutasiga aylantiradi, chunki boshqa davlatning valyutasi uning o`z davlatida qonuniy ravishda xarid qilish va to`lash vositasi sifatida amal qila olmaydi. Import qiluvchi chetdan sotib olgan tovarlarni to`lovni amalga oshirish uchun milliy valyutada olgan tushumini chet valyutasiga almashtiradi. Jahon bozori va milliy bozor narxlarini hamda turli mamlakatlarning milliy va chel el valyutasida ifodalangan qiymat ko`rsatkichlarini taqqoslaydi. SHuningdek, firma va banklarning chet el valyutasida mavjud bo`lgan davriy qayta baholash va boshqa jarayonlar uchun. Valyuta kursi – bu bir mamlakat pul birligining boshqa mamlakatlar pul birliklarida yoki xalqaro pul birliklarida (SDR, eKYU) ifodalangan bahosidir. Tashqi jihatdan valyuta kursi jahon bozoridagi talab va taklif asosida aniqlangan bir valyutani boshqa bir valyutaga nisbatan hisoblab chiqilgan koefitsenti sifatida namoyon bo`ladi. Ammo valyuta kursining qiymat asosi valyutani xarid qilish qobiliyati hisoblanadi. Bu iqtisodiy tushuncha tovar ishlab chiqarishda ishtirok etadi va tovar ishlab chiqaruvchilar bilan jahon bozori o`rtasidagi ishlab chiqarish munosabatlarini ifodalaydi. Qiymat tovar ishlab chiqarish iqtisodiy sharoitlarining barcha jihatlarini ifodalaydi. Bir mamlakat pul birligining boshqa mamlakat pul birligiga taqqoslanishi ishlab chiqarish va ayirboshlash jarayonida yuzaga keladigan qiymat munosabatlariga asoslanadi. Ishlab chiqaruvchilar va xaridorlar valyuta kursi yordamida tovar va xizmatlarning milliy narxlarini boshqa davlatlar narxlari bilan solishtiradi. Bunday solishtirish 330 natijasida ishlab chiqarishni mamlakat ichkarisida rivojlantirish yoki chet elga investitsiya qilishni rivojlantirishga asoslangan foydalilik darajasi yuzaga keladi. Valyuta kursi boshqa iqtisodiy tushunchalar bilan uzviy bog’liqdir. Valyuta kursining o`zgarishiga bir qancha omillar ta`sir etadi. Bu omillar iqtisodiy, siyosiy, struktura, huquqiy yoki psixologik xarakterga ega bo`lib, valyuta kursiga to`g’ri yoki teskari ta`sir ko`rsatadi. Valyuta kursiga ta`sir etuvchi omillarni quyidagi guruhlarga bo`lish mumkin: 1. Valyuta kursining dinamikasini bevosita aniqlovchi yoki xalqaro iqtisodiy ayirboshlash jarayoni bilan bevosita bog’liq bo`lgan omillar: – xalqaro ayirboshlashda qatnashuvchi mamlakatlarning yalpi milliy mahsulotining (YAMM) to`lov balansi; – pulning ichki va tashqi taklifi; – foiz stavkalari. Bu ko`rsatilgan omillarni sabab (uyushgan) sifatida ko`rsatish mumkin. 2.(Uyushgan) sababomillarning o`zgarishiga ta`sir etuvchi va valyuta kursini o`rnatish mexanizmida boshqaruvchi sifatida ta`sir etuvchi omillar. 3.Iqtisodiy tizimni dinamik tizim tengligidan chiqib ketishi natijasida yuzaga keladigan omillar: – iqtisodiy tanglikning namoyon bo`lishi; – davlat byudjeti taqchilligi – nazoratsiz emissiya; – inflyatsiya; – ichki va tashqi baholar o`rtasidagi farq. – monopol ishlab chiqarish; – pullarning xorijiy valyuta funktsiyasini bajarishi. a) To`liq hajmda to`lov vositasi; b) jamg’arish vositasi; v) Kapitalning chetga oqib ketishi; – investitsiyani qisqartirish; – ishlab chiqarish hajmining pasayishi. – resurslar aylanmasida qatnashmaslik; – iste`molchilar foydalarining pasayishi; – valyuta birjasidagi o`yin; 331 – tovarlarning «yuvilishi»; – demping baholaridan foydalanish orqali ayrim firmalarning olib borayotgan tashqi savdo faoliyati. 4. Siyosiy omillar; – mamlakat pul tizimiga bevosita o`zgarish kirituvchi siyosiy qarorlar; – boshqaruv tuzilmasining barqarorlik darajasi; – iqtisodiy tizimni boshqarishda ishonchlilik darajasi; – iqtisodiy va siyosiy struktura vakillarini birbirini tushuna olish darajasi; – qonunlarni bajarilish darajasi; – iqtisodiyotda davlat ulushining miqdori; – mamlakatdagi siyosiy kuchlar o`rtasidagi kelishmovchiliklar darajasi; – iqtisodiyotni ko`tarish bo`yicha aniq ishlangan dasturning yo`qligi; – aholining boshqaruv strukturasiga ishonchlilik darajasi; – xususiy kapitalning himoyalanganlik darajasi. Download 3.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling