Buxoro davlat universiteti abdullaev a. J, Qayimova z. A, Boltaev sh. Sh, Narzieva d. M


  21.4. Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki


Download 3.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet167/170
Sana11.10.2023
Hajmi3.95 Mb.
#1698006
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   170
Bog'liq
12594 2 F73689EE6175CBCB594F6BEABC06D737E9CA1955

 


348 
21.4. Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki. 
ETTB ning asosiy maqsadi-Evropa mamlakatlaridagi oldingi 
sobiq sotsialistik davlatlarning iqtisodiyotini ko`tarishga va xususiy 
tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishga qaratilgan. ETTB asosiy 
kreditlash ob`ektlari qilib xususiy firmalarni yoki davlat korxonalarini
xususiylashtirish va qayta shakllangan kompaniyalar, qo`shma 
korxonalarni olgan. 
CHet el banklari bilan boshlangan dastlabki hamkorlik 1991 yil 
ETTB xamda TIF Milliy bank o`rtasidagi shartnoma bilan izohlanadi. 
O`zbekistonda xalqaro moliya-kredit muassasalari ishtirokidagi 
xalqaro moliya institutlari kredit resurslari ulushi kattadir. O`zbekiston 
ETTB a`zolari orasida 2493 aktsiyaga egalik qilib 69-o`rinni 
egallaydi. O`zbekistonda ETTB har bir sohani moliyalashtirishda 
ishtirok etmoqda. ETTBning bosh maqsadi Markaziy va SHarqiy 
Evropa, Rossiya va Markaziy Osiyo mamlakatlariga rejali 
iqtisodiyotdan – bozor iqtisodiyotiga o`tishda, xususiy tadbirkorlikni 
rivojlantirishda yordam berish, iqtisodiyot tarmoqlarida iqtisodiy 
islohotlarni 
o`tkazishga 
ko`maklashish, 
monopoliya 
va 
markazlashuvga 
qarshi 
kurashishda, 
mamlakatlarning 
tezroq 
integratsiyalashuvida ularga moliyaviy jihatdan ko`maklashishdan 
iborat. 
Osiyo 
taraqqiyot 
banki 
(OTB) 
Birlashgan 
millatlar 
tashkiloti(BMT)ning Osiyo va Tinch Okeani bo`yicha iqtisodiy va 
ijtimoiy komissiyasiga a`zo davlatlarning tashabbusi bilan 1966 yilda 
asos solinib, Osiyo va Tinch Okeani hududida joylashgan 
davlatlarning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishiga ko`maklashishni 
nazarda tutadi. 1966 yil Manilada o`tkazilgan Osiyo iqtisodiy 
hamkorligi bo`yicha Konferentsiyada, Osiyo taraqqiyot bankiga asos 
soluvchi Bitim qabul qilindi va u 1966 yil dekabr oyidan kuchga kirdi. 
Bank OTBga a`zo mamlakatlarga iqtisodiy rivojlanish bo`yicha 
investitsiya loyihalarini amalga oshirishda moliyaviy va texnik 
yordam ko`rsatadi. O`zbekiston 1995 yil 31 avgustda OTBning to`liq 
a`zosi bo`ldi. OTB O`zbekiston Respublikasida o`z faoliyatini 
ravnaqini quyidagi yo`nalishlarda ko`rmoqda: 
- Iqtisodiy islohotlarga, shu jumladan, moliya institutlarining 
institutsional o`zgarishlariga yordam ko`rsatish; 
- Sarmoyani iqtisodiyotga yo`naltirish; 
- Kambag’allikni kamaytirish va atrof muhitni qo`riqlash. 
Osiyo taraqqiyot banki bilan faol, rejali moliyaviy va texnik 


349 
jihatdan hamkorlikni tashkil etish hamda OTB liniyasi bo`yicha 
moliyalashtirish uchun taklif etilgan investitsiya loyihalarini amalga 
oshirish maqsadida O`zR Vazirlar Mahkamasining 1996 yil 16 yanvar 
27-f-sonli farmoyishiga asosan OTB bilan hamkorlik qiladigan 
muassasalararo 
komissiya 
tuzilgan. 
Mazkur 
farmoyishda 
belgilanganidek, OTB faoliyati O`zbekistonda asosan qishloq 
xo`jaligi, infratuzilmani qayta qurish (temir yo`llar, avtomagistral), 
tog’-kon sanoati, gaz quvurlarini o`tkazish, turizmni rivojlantirish, 
sog’likni saqlash va ekologiya, iste`mol mollarini ishlab chiqarish va 
bank tizimini rivojlantirishga yo`naltirilgan. 
Hozirgi 
kunda 
mamlakatimiz 
iqtisodiyotida, 
shuningdek
iqtisodiyotga jalb qilinayotgan xorijiy investitsiya va kreditlar ichida 
Xalqaro tiklanish va Taraqqiyot banki (XTTB) alohida ahamiyat kasb 
etmoqda. XTTB 1944 yilda BMTning konferentsiyasida tashkil 
etilgan va 1946 yil iyundan boshlab faoliyat yurita boshlagan. U 
Xalqaro Rivojlanish Assotsiatsiyasi (XRA), Xalqaro Moliya 
Korporatsiyasi (XMK), Xalqaro Investitsiyalarni kafolatlash Agentligi 
kabilarni bilan hamkorlik qiladi. 
O`zbekiston Jahon banki va XRAga 1992 yil sentyabrda a`zo 
bo`lgan. Jahon banki mamlakatimizda hukumat tomonidan amalga 
oshirilayotgan islohotlarni hamda boshqa moliyaviy va texnik 
yordamlarni qo`llab-quvvatlaydi. 
Bugungi kunda mamlakatimizda bank tizimi sohasidagi 
hamkorlik samarasi yanada oshib bormoqda. Mamlakatimiz hukumati 
va tijorat banklari dunyoning eng mashhur hamda moliyaviy jihatdan 
barqaror rivojlangan chet el banklari bilan hamkorlik o`rnatmoqdalar.
Misol uchun, 2003 yil sentyabr oyida O`zbekiston Islom 
Taraqqiyot Banki (IsTB) ga a`zo bo`ldi. Bugungi kunda 
hukumatimizning «Islom taraqqiyot banki bilan hamkorlikni 
rivojlantirishga doir chora-tadbirlar to`g’risida»gi qaroriga muvofiq 
amaliy ishlar olib borilmoqda. 
IsTB davlatlararo kredit tashkiloti sifatida tashkil etilgan bo`lib, 
unga musulmon davlatlari a`zo hisoblanadi. Ushbu bank fors ko`rfazi 
mamlakatlarining neft daromadlari hisobiga tashkil etilgan ilk 
moliyaviy institutdir. 1973 yil dekabrda musulmon davlatlari Moliya 
vazirlari Konferentsiyasida IsTB bo`yicha kelishuv imzolandi va 1975 
yil oktabrda bank o`z faoliyatini boshladi. Bankning asosiy maqsadi 
qilib a`zo mamlakatlarning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishiga xizmat 
qilish belgilandi. 


350 
Xulosa qilib aytganda, keyingi yillarda mamlakatimizning eng 
yirik va rivojlangan banklari chet el banklari va boshqa xalqaro 
moliya-kredit tashkilotlari kredit yo`nalishlari orqali loyihalarni 
moliyalashtirishda jonbozlik ko`rsatmoqdalar jumladan, xalqaro 
moliyaviy institutlar mablag’lari hisobiga kichik va xususiy 
tadbirkorlik investitsiya loyihalari, shuningdek, kichik va xususiy 
tadbirkorlik sub`ektlariga xizmat ko`rsatuvchi infratuzilmalarni 
zamonaviylashtirish va tashkil etish loyihalarini moliyalashtirish 
orqali mamlakatda haqiqiy mulkdorlar sinfini shakllantirishga, kichik 
va xususiy tadbirkorlik sub`ektlarni yanada rivojlanishini ta`minlashga 
erishilmoqda va natijada milliy iqtisodiyot rivojlanishi tezlashishiga 
ma`lum ma`noda erishish imkoniyati yaratilmoqda. 

Download 3.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   170




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling