Iqtisodiy xavfsizlik” kafedrasi I. A. Bakiyeva., B. U. Shermuhamedov


Download 0.75 Mb.
bet1/40
Sana31.01.2024
Hajmi0.75 Mb.
#1829444
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40
Bog'liq
Микроиқтисодиёт Макроиқтисодиёт фанидан мустақил иш


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI

IQTISODIY XAVFSIZLIK”


KAFEDRASI


I.A.Bakiyeva., B.U.Shermuhamedov
MIKROIQTISODIYOT.MAKROIQTISODIYOT”
FANIDAN MUSTAQIL TA’LIMNI TASHKIL ETISH BO’YICHA USLUBIY QO’LLANMA


TOSHKENT 2023



KIRISH

Oliy ta’limda tayyorlanayotgan mutaxassislarning sifat darajasi ko’p jihatdan mustaqil ishlarni tashkil etish holatiga bevosita bog’liq. Chunki barcha fanlar bo’yicha mustaqil ta’limga ajratilgan mavzular ham bevosita o’rganilishi shart. Keltirilayotgan jihat bakalavr (ikkinchi va undan keyingi oliy ta’lim negizidagi bakalavr shaklda) ta’limning 5230600 – Moliya va moliyaviy texnologiyalar; 5230700 – Bank ishi va auditi; 5230800 – Soliqlar va soliqqa tortish; 5230900 – Buxgalteriya hisobi va audit (tarmoqlar bo’yicha); 5231200 – Sug’urta ishi; 5231500 – Baholash ishi; 5232000 – Budjet nazorati va g’aznachiligi; 5231800 – Biznes-tahlil; 5232700 – Investitsion loyihalarga xizmat ko’rsatish va moliyalashtirish; 5232800 –Elektron tijorat; 5234400 –Xalqaro valyuta kredit munosabatlari; 5231700–Birja ishi 5232400 – Iqtisodiy xavfsizlik 5230200 – Menejment (xizmatlar sohasi) ta’lim yo’nalishlarida o’qitiladigan “Mikroiqtisodiyot. Makroiqtisodiyot” faniga ham taalluqlidir. Mamlakatimizdagi iqtisodiy taraqqiyotning bugungi bosqichida Mikroiqtisodiyot. Makroiqtisodiyot sohasini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilayotgan bugungi kunda bu fanni chuqur o’rganish iqtisodiy islohotlarga hamohanglikni ta’minlaydi. Shundan kelib chiqqan holda mustaqil ishlashni samarali tashkil etish dolzarb masalalardan biridir.


Mustaqil ta’limni bunday tartibda tashkil etishdan maqsad Mikroiqtisodiyot. Makroiqtisodiyot faoliyati bilan bevosita tanishish, ular faoliyatini tahlil qilish hamda tegishli aniq xulosalar shakllantirishdan iborat.
Alohida vazifalar sifatida esa belgilangan rejadagi topshiriqlarni to’liq bajarish hamda mazmunli taqdimot qilish ekanligini keltirishimiz mumkin.

Download 0.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling