Iqtisodiy xavfsizlik” kafedrasi I. A. Bakiyeva., B. U. Shermuhamedov


Mustaqil ta’limni tashkil etishning shakli va mazmuni


Download 0.75 Mb.
bet2/40
Sana31.01.2024
Hajmi0.75 Mb.
#1829444
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40
Bog'liq
Микроиқтисодиёт Макроиқтисодиёт фанидан мустақил иш

Mustaqil ta’limni tashkil etishning shakli va mazmuni

“Mikroiqtisodiyot, Makroiqtisodiyot” fani bo’yicha talabaning mustaqil ishi shu fanni o’rganish jarayonining tarkibiy qismi bo’lib, uslubiy va axborot resurslari bilan to’la ta’minlangan.


Mustaqil ta’lim talabaning bajaradigan ilmiy izlanishi bo’lib, fanni o’rganishda bir mavzu to’liq o’zlashtiradi va topshiriq belgilangan shaklda bajariladi. Mustaqil ishni bajarishdan maqsad, talabaning o’qishi davomida olgan bilimini mustahkamlash, chuqurlashtirish va umumlashtirishdan iboratdir.
Bunda talaba metodik ko‘rsatmalardan foydalangan holda ishchi o‘quv rejada semestr uchun rejalashtirilgan “Mikroiqtisodiyot, Makroiqtisodiyot” fani bo’yicha dasturda keltirilgan mavzularni mustaqil o‘zlashtiradi.
Talaba fan bo‘yicha mustaqil ta’lim topshiriqlarni bajargandan so‘ng, uni fan o‘qituvchisiga belgilangan muddatlarda (odatda, masofadan turib Internet orqali) yuboradi hamda qayddan o‘tkazadi. Fan o‘qituvchisi talaba yuborgan materiallarni tekshirib, oraliq ishi sifatida baholaydi. Fan o‘qituvchisi mavzular bo‘yicha navbatdagi topshiriqlar va ko‘rsatmalarni yuborishi, shuningdek, on-layn rejimida o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazishi mumkin.
Shuningdek, talaba o’quv sessiyasi davomida navbatdagi semestrda o’qitiladigan fanlar bo’yicha qisqacha ma’ruza va yoki seminar mashg’ulotlari orqali tanishtiriladi. Ushbu mashg’ulotlar talabaga navbatdagi semester davomida fanlarni o’zlashtirishi va mustaqil topshiriqlarni bajarishi uchun asosiy va qo’shimcha adabiyotlar bilan ishlash usullari va texnologiyalarini o’rgatishga qaratiladi. Mavzular bo’yicha mustaqil topshiriqlarni bajarish yuzasidan metodik ko’rsatmalar beriladi.
“Mikroiqtisodiyot, Makroiqtisodiyot” fanidan mustaqil ish majmuasi fanning barcha mavzularini qamrab olgan va quyidagi mavzular ko’rinishida shakllantirilgan.

Mikroiqtisodiyot. Makroiqtisodiyot” fani bo’yicha mustaqil ta’limining mazmuni va hajmi taqsimoti






Download 0.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling