Rvis instituti 70410501-“Bank ishi va auditi”


Download 24.71 Kb.
Sana21.06.2023
Hajmi24.71 Kb.
#1642371
Bog'liq
Турсунов Ф.М. ички такриз lot


Samarqand iqtisodiyot va servis instituti 70410501-“Bank ishi va auditi” mutaxassisligi magistri Tursunov Faridun Mustafoevichning “Tijorat banklarida masofaviy bank xizmatlarini rivojlantirish istiqbollari (“Mikrokreditbank” ATB Samarqand viloyati mintaqaviy filiali misolida)” mavzusidagi magistrlik dissertatsiya ishiga
TAQRIZ
Masofaviy bank tizimlarining dolzarbligi O’zbekiston Respublikasida masofaviy bank xizmatlarining jadal rivojlanishi bilan bog'liq. O’zbekiston Respublikasi fuqarolari kartalardan tez-tez foydalanishni boshladilar va kredit tashkilotlari masofaviy bank xizmatlaridan foydalanishning ko'payishini qayd etishdi. O’zbekiston Respublikasida iqtisodiyotni faol raqamlashtirish va masofaviy xizmatlarni rivojlantirish sharoitida moliyaviy xizmatlar iste’molchilari o‘z moliyaviy resurslarini yanada samaraliroq boshqarishni boshladilar.
Masofadan bank xizmatlarini ko‘rsatuvchi tizimlardan foydalanuvchilarning soni 2023-yil 1-mart holatiga ko‘ra 32 802 542 tani tashkil qilgan. Shundan, jismoniy shaxslar orasida masofadan bank xizmatlarini ko‘rsatuvchi tizimlardan foydalanuvchilar soni bo‘yicha Agrobank (qariyb 5,0 mln. kishi), O‘zbekiston sanoat-qurilish banki (4,9 mln. kishi), Xalq banki (4,3 mln. kishi) lar etakchilikni qo‘lga kiritgan.
2023-yili 1-mart holatiga muomiladagi bank plastik kartalari soni 35 764 877donani, o’rnatilgan tulov terminallar soni 428 838 tani, urnatilagan bankomat va infokiosklar soni 20 596 tani tashkil qilganini ko’rishimiz mumkin.
Mazkur ishda masofaviy bank xizmatlarini “Mikrokreditbank” ATB misolida tahlil qilingan. Tahlilga ko’ra, 2023-yil 25-mart holatiga koʻra, “Mikrokreditbank” ATB ning 71 ta filliali, 85 ta bank xizmatlari markazlari, 153 ta o’z-o’ziga xizmat ko’rsatish ofislari, 150 ta maxsus kassalari faoliyat yuritib, 250 mingga yaqin yuridik shaxslar va 1250 mingdan ortiq jismoniy shaxslarga xizmat ko’rsatmoqda. Bundan tashqari, 136 ta xalqaro pul o‘tkazmalari va 123 ta valyuta ayirboshlash shaxobchalari faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Shuningdek, 1,5 mlndan ortiq aholi hamda tadbirkorlik sub’ektlariga bank xizmatlaridan foydalanish imkoniyati ta’minlanmoqda. Joriy yilda bank aktivlari 8 foizga, kredit portfeli 7 foizga, depozitlar qoldig’i 29 foizga, shundan aholi omonatlari qoldig’i 21 foizga o’sdi. Bank tomonidan mijozlarga xizmat ko’rsatishh sifati va sharoitlarni yaxshilash maqsadida 15 ta yangi, zamonaviy ixcham bank xizmatlari markazlari faoliyati yo’lga qo’yildi. Shuningdek Vengriya davlatidan 300 dona yangi bankomatlar keltirilib, chekka hududlardagi 24/7 xizmat ko’rsatish ofislariga joylashtirildi.
Yuqorida keltirilgan fikrlardan ko‘rinib turibdiki, magistrant Tursunov Faridunning “Tijorat banklarida masofaviy bank xizmatlarini rivojlantirish istiqbollari (“Mikrokreditbank” ATB Samarqand viloyati mintaqaviy filiali misolida)” nomli magistrlik dissertatsiya ish mavzusi hozirgi kunda dolzarb hisoblanadi.
Magistrlik dissertatsiyasi ishining kirish qismida mavzuning dolzarbligi, uning o‘rganilganlik darajasi, tadqiqotning maqsadi, vazifalari,tadqiqotning usullari, ilmiy yangiliklari va amaliy ahamiyati etarlicha bayon qilib berilgan.
Magistrlik dissertatsiya ishida tijorat banklarida masofaviy bank xizmatlarining rivojlanish holati va muammolari chuqur o‘rganib chiqilgan. Magistrlik dissertatsiyasining o’rganish obyekti “Mikrokreditbank” ATB Samarqand viloyati mintaqaviy filiali hisoblanadi. Magistrant tomonida dissertatsiyaning III bobida “Mikrokreditbank” ATB Samarqand viloyati mintaqaviy filialini rivojlantirish istiqbollari yo’lida tavsiya va takliflar berib o’tilgan.
Dissektatsiya ishidako‘plab jadvallardan foydanilgan, tadqiqot ishini bajarishda magistrant tomonidan ushbu muammoga oid ko‘plab nazariy va statistik ma’lumotlar umumlashtirilgan.
Magistrant tomonidan ilmiy izlanishlar natijasida quyidagi bir qator muhim takliflar ishlab chiqilgan. Bular jumlasiga quyidagilarni kiritish mumkin:

  • Masofaviy bank bozorida yuqori raqobatni hisobga olgan holda xizmatlar, kredit tashkiloti uchun muntazam monitoring qilish, raqobatchi banklarning takliflari, mijozlarning ehtiyojlarini o'rganish muhim ahamiyatga egaligi.

  • Mijozlarni bank mahsulotlariga jalb qilishning asosiy sababi mobil ilovani takomillashtirish bo'ladi. “Mikrokreditbank” ATB mobil ilovasiga masofaviy bank tizimlari bilan ishlash bo‘yicha o‘quv videolavhalarini joriy etishlik.

Shuningdek, dissertatsiyada boshqa ko‘plab amaliy taklif va tavsiyalar keltirilgan, ular mamlakatimizdagi tijorat banklarining masofaviy bank xizmatlarini rivojlantirish imkonini beradi.
Dissertatsiya ishi ko‘plab diagrammalar bilan boyitilgan hamda mavzuning to‘liq mazmuni ochilgan.
Dissertatsiya ishining yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan ijobiy jihatlari bilan bir qatorda ma’lum kamchiliklar, munozarali tomonlari ham mavjudligini ta’kidlash lozim. Jumladan:

  • dissertatsiya ishida keltirilgan ayrim jadvalva chizmalarning manbalari to‘liq keltirilmagan;

  • dissertatsiya ishida ba’zi bir lingvistik, orfografik xatolarga ham yo‘l qo‘yilgan.

Biroq, yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan kamchilik va munozarali jihatlar mazkur magistrlik dissertatsiya ishining umumiy mazmuniga ta’sir ko‘rsatmaydi, undagi natijalarning ilmiylik darajasini pasaytirmaydi.
Tursunov Faridun Mustafoevichning “Tijorat banklarida masofaviy bank xizmatlarini rivojlantirish istiqbollari (“Mikrokreditbank” ATB Samarqand viloyati mintaqaviy filiali misolida)” mavzusidagi magistrlik dissertatsiyasining ilmiy ahamiyati yuqori bo‘lib, ish mazmun va mohiyati jihatidan Davlat Attestatsiya Hay’ati tomonidan qo‘yilgan talablarga to‘liq javob beradi va uning muallifi Tursunov Faridun Mustafoevichning 70410501-“Bank ishi va auditi” magistr mutaxassisligi bo‘yicha magistrlik darajasini olish uchun loyiq deb hisoblayman va ishni himoyaga tavsiya etaman.
Samarqand iqtisodiyot va servis institutini
Invistitsiya va innovatsiyalar” kafedrasining
katta o’qituvchisi, i.f.n: ______________ I.X.Sobirov
Download 24.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling