Buxoro davlat universiteti abdullaev a. J, Qayimova z. A, Boltaev sh. Sh, Narzieva d. M


Download 3.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/170
Sana11.10.2023
Hajmi3.95 Mb.
#1698006
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   170
Bog'liq
12594 2 F73689EE6175CBCB594F6BEABC06D737E9CA1955

1. Vertikal vakillik hisob raqami 
2. Gorizontal vakillik hisob raqami 
Odatda har bir tijorat banki milliy valyutada bitta vertikal bitta 
gorizontal vakillik hisob raqamiga ega bo`ladi.
Vertikal vakillik hisob raqami Markaziy bankning balansida 
ochiladi. Gorizontal vakillik hisob raqami mamlakatning boshqa 
tijorat bankida ochiladi. O`zbekiston Respublikasida tijorat banklari 
milliy valyutada faqat bitta nostro vakillik hisob raqamga ega. Bu 
hisob raqam O`zbekiston Respublikasi Markaziy bankining balansida 
ochilgan. Aniqrog’i Markaziy bankning Toshkent shahar bosh 
boshqarmasida ochilgan.
To`lovchining va to`lovchining bankini likvidli bo`lishi. 
To`lovchining va to`lovchining bankini likvidli bo`lishi deganda 
ularni o`z majburiyatlarini pul mablag’lari bilan o`z vaqtida va to`liq 
to`lay olish qobiliyatiga aytiladi. Xalqaro ta`mirlash va taraqqiyot 
banki ekspertlari korxonalarning likvidligini baholash uchun quyidagi 
ko`rsatkichlarni taklif qilishgan: 
Joriy likvidlik koeffitsienti – (Jlk) 
JA-joriy aktivlar
JP-joriy passivlar 
Jlk=JA/JP 
Jahon banki ekspertlarining bu koeffitsientining eng past 
normativ darajasini 1.25 qilib belgilangan.
 
3.3. Naqd pulsiz hisob-kitob shakllari. 
 
 Iqtisodiy kontragentlar o`rtasidagi naqd pulsiz hisob-kitoblarni 
amalga oshirishning asosiy shakllari quyidagilardan iborat: 
1) inkasso operatsiyalari vositasidagi hisob-kitoblar; 
2) akkreditivlar yordamidagi hisob-kitoblar; 
3) bo`nak to`lovlari shaklidagi hisob-kitoblar; 
4) ochilgan hisobvaraq bo`yicha amalga oshiriladigan hisob-
kitoblar; 
5) veksellar va cheklar shaklida amalga oshiriladigan hisob-
kitoblar. 
To`lovni amalga oshirish uchun to`lovchining roziligi bo`lishi 
kerak. Ammo qonunchilikda ayrim hollarda to`lovchidan so`ramay 


61 
uning pulidan olib qo`yishga ruxsat etilgan. Misol uchun soliq 
inspektsiyasi 
tomonidan 
qo`yilgan 
Inkasso 
topshiriqnomalar, 
sudlarning qarori bilan qo`yilgan ijro varaqalari to`lovni to`lovchining 
roziligisiz amalga oshiriladi:
To`lovlarning muddatliligi; 
Naqdsiz hisob kitoblarni to`g’ri amalga oshirilganligi ustida 
o`tkaziladigan nazoratning mavjudligi;
Naqd pulsiz hisob kitoblarda ishtirok etuvchi tomonlarning 
mulkiy javobgarligining mavjudligi; 
Xalqaro bank amaliyotida naqd pulsiz hisob kitoblarning 4 
shaklidan foydalanadi.
1. To`lov topshiriqnomalari 
2. Cheklar 
3. Hujjatlashtirilgan akkreditivlar 
4. Inkasso 

Download 3.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   170




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling