Buxoro davlat universiteti abdullaev a. J, Qayimova z. A, Boltaev sh. Sh, Narzieva d. M
ИНИ таркибида тартибга солинадиган нархлар
Download 3.95 Mb. Pdf ko'rish
|
12594 2 F73689EE6175CBCB594F6BEABC06D737E9CA1955
ИНИ таркибида тартибга солинадиган нархлар
ва базавий инфляция ҳиссалари ўзгариши ( фоизда, ИНИдаги ҳиссаси) 6.12-rasm. Manba: Davlat statistika qo`mitasi ma`lumotlari asosida Markaziy bank hisob-kitoblari. Bunday vaziyatda yoqilg’i- energetika mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar narxlarining boshqa narxlarga nisbatan tezroq oshirilishi, ya`ni nisbiy narxlarning to`g’rilanishi ularga signal funktsiyasini bajarishga hamda energoresurslarning mavjudligi yoki cheklanganligining real holatini aks ettirishga imkon yaratadi. Ikkinchidan, bu, yoqilg’i-energetika sohasidagi davlat korxonalarini isloh qilishning asosiy sharti hisoblanadi. Ishlab chiqarishga o`z-o`zini qoplashga yordam beradigan bozor tamoyillari asosida narxlar shakllanishiga o`tmasdan turib ushbu korxonalarning asosiy fondlari yuqori darajada eskirganligi va buning natijasida ularning ishlab chiqarish unumdorligi pastligi bilan bog’liq muammolarni hal etish imkoniyati mavjud emas. Uchinchidan, narxlarni liberallashtirish xususiy sub`ektlar, xususan, ichki va tashqi investorlar uchun ochiq bo`lgan raqobatbardosh bozor shakllantirilishida dastlabki shart-sharoitlarni yaratadi. Ta`kidlash joizki, agar tartibga solinadigan narxlar umumiy narxlar darajasiga katta ta`sir ko`rsatadigan bo`lsa, Markaziy bankning inflyatsiyani jilovlash borasidagi samarali pul-kredit siyosatini 129 yuritishdagi imkoniyatlari cheklanib qoladi. INI tarkibida tartibga solinadigan narxlar ulushi qancha ko`p bo`lsa, pul-kredit siyosati transmission mexanizmining samaradorligi shuncha past bo`ladi, chunki bu narxlar Markaziy bankning xatti-harakatlari va bozor jarayonlaridan ta`sirlanmaydi. Hozirgi vaqtda INI savati tarkibida tartibga solinadigan narxlar ulushi 18 foizni tashkil etadi. Bazaviy inflyatsiya Bazaviy inflyatsiya iqtisodiyotdagi davomiy inflyatsion trendni yaqqolroq ifodalovchi ko`rsatkich bo`lib, qisqa muddatli, mavsumiy yoki doimiy tarzda o`zgarib turuvchi narxlar bilan bog’liq o`zgarishlarni (shoklarni) inobatga olmaydi. Markaziy bank bazaviy inflyatsiyani tartibga solinadigan narxlar hamda meva-sabzavot mahsulotlarining narxlarini iste`mol narxlari indeksi savatidan chiqarib tashlash yo`li bilan hisoblaydi. Ushbu yondashuv bilan pul- kredit siyosati choralariga ta`sirchan narxlar dinamikasini kuzatib borish mumkin. Bazaviy inflyatsiya ko`rsatkichi 2018 yilning mart oyida eng yuqori darajaga chiqib, keyingi oylarda sekinlashib, sentyabrda 15,5 foizni tashkil etdi (6-rasm). Bazaviy inflyatsiyaning sekinlashishi ayrim nooziq-ovqat tovarlari narxlarining o`sish tendentsiyalari pasayishi hisobiga vujudga keldi. 6.13-rasm. Manba: Davlat statistika qo`mitasi ma`lumotlari asosida Markaziy bank hisob-kitoblari. 130 Bundan tashqari, yillik bazaviy inflyatsiyaning yuqori darajasi iqtisodiyotda uzoq vaqt davomida sekin-asta kamayib boradigan turg’un inflyatsion jarayonlarning saqlanib qolayotganidan dalolat beradi. Bazaviy inflyatsiyaning sekin pasayishiga olib keladigan omillardan biri tartibga solinadigan narxlar oshirilishining ikkilamchi ta`siridir. Shu bilan birga, 2017–2018 yillarda bazaviy inflyatsiyaning qiymati bir necha barobar ortishi bilan birga uning tarkibida ham sezilarli o`zgarishlar kuzatildi (6-rasm). Jumladan, 2017 yilning boshida bazaviy inflyatsiyaning 28 foizi oziq-ovqat mahsulotlari va 56 foizi nooziq-ovqat mahsulotlari narxlari oshishi evaziga shakllangan bo`lsa, 2018 yilning sentyabr’ oyiga kelib oziq-ovqat mahsulotlari ulushi 51 foizga, nooziq-ovqat mahsulotlari ulushi 38 foizga teng bo`ldi. Ushbu davrda bazaviy inflyatsiyada oziq-ovqat tovarlaridan go`sht mahsulotlarining hissasi katta bo`ldi. Xususan, 2018 yilning boshida mazkur guruhning hissasi avvalgi yil boshiga nisbatan 6 barobarga oshib, 5 foiz bandni tashkil etdi va sentyabr’ oyiga kelib 3 foiz bandgacha pasaydi. Nooziq-ovqat tovarlaridan kiyim- kechak va qurilish mollarining hissalari keskin oshdi. 2018 yilga kelib, kiyim-kechak va oyoq kiyimlar hissasi 2 barobarga oshgan bo`lsa, qurilish mollarining bazaviy inflyatsiyadagi hissasi 2017 yilning boshiga nisbatan 6 barobargacha oshdi. Download 3.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling