Buxoro davlat universiteti abdullaev a. J, Qayimova z. A, Boltaev sh. Sh, Narzieva d. M
Download 3.95 Mb. Pdf ko'rish
|
12594 2 F73689EE6175CBCB594F6BEABC06D737E9CA1955
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jahon puli funksiyasi
Qog’oz pullar asosan muomila va to`lov vazifasini bajaradi.
Aholining qo`lida turgan har qanday pul to ishlatilgunga qadar jamg’arish vositasi funksiyasini bajaradi. Korxonalarning joriy hisob raqamlaridagi pul mablag’lari ham to ishlatilgunga qadar jamg’arish vositasi funksiyasini bajaradi. Jamg’arish vositasi funksiyasining alohida holati xazinalarni shakllantirish vositasi vazifasi bo`lgan. Jamg’arish funksiyasining vazifalari (tanga, quyma): • xazinalar pul muomalasini avtomatik ravishda o`z-o`zidan tartibga soluvchi vazifasini bajargan; •xazinalar banknotalar muomalasining barqarorligini ta’minlaydi. Zamonaviy oltin xazinalari pulning inflyatsion pasayishidan sug’urta sifatida foydalaniladi. Rasmiy oltin zaxiralari xalqaro likvid aktiv sifatida xizmat qiladi, uni jahon bozorida tovarlarni sotib olish yoki xalqaro qarzni to`lash uchun zarur bo`lgan valyutani olish uchun sotish mumkin. Hozirgi bosqichda xazinalardagi oltinni milliy yoki 30 jahon bozorida to`g’ridan-to`g’ri sotib olish yoki to`lash vositasi sifatida ishlatish mumkin emas. 4. Jahon puli funksiyasi. Jahon puli funksiyasi jahon bozorlarida kotirovka qilinadigan ya`ni oldi-sotdi qilinadigan valyutalar bajaradi. Masalan: o`zbek so`mi bu vazifani bajarmaydi. Xalqaro hisob-kitob banki ma`lumotlariga ko`ra, xalqaro valyuta bozorlarida konversion operatsiyalarning 90% ortiq qismi 5ta valyutada amalga oshirilmoqda (www.bis.org). Bu valyutalar xalqaro rezerv valyutasi maqomiga ega. Bu maqomni Xalqaro Vlayuta Fondi beradi. Jahon pul funksiyasi ularni xalqaro munosabatlarga xizmat ko`rsatishda ishlatadi. Jahon pullari hozirda ikkita funksiyani bajaradi: • xalqaro to`lov vositalari; • xalqaro zaxira ob’yekti. Xalqaro to`lov vositasi funksiyasida dunyo pullari to`lov balansini to`lash, xalqaro kreditlarni berish va to`lash, jahon bozorida tovar va xizmatlar uchun naqd pulsiz to`lovlar orqali to`lash uchun ishlatiladi. Jahon pullari alohida davlatlarning, xalqaro moliya institutlarining, shuningdek, tijorat banklarining valyuta zaxiralarini shakllantirishda xalqaro zaxira fondlari funksiyasini bajaradi. Mamlakatlar o`rtasida metall pullarning erkin harakati sharoitida jahon pullari vazifasini birinchi bo`lib kumush va oltin amalga oshirgan. Xalqaro munosabatlarga xizmat ko`rsatish uchun milliy tangalar ingotlarga aylantirilib, quyma shaklida ular jahon bozoriga chiqdi va u yerdan qayta zarb qilinganidan keyin ichki pul muomalasiga qaytishdi. Asosiy funksiya universal to`lov vositasi bo`lib, unda pul to`lov balansini qoplash uchun ishlatilgan, ya’ni, xalqaro talablar va mamlakat majburiyatlari o`rtasidagi haqiqiy bog’liqlikni anglatadi. To`lov balansi oltin eksporti va importi hisobiga tenglashtirildi. Oltin umumiy sotib olish vositasi sifatida faqat tashqi savdo rivojlanishining dastlabki bosqichlarida ishlatilgan. XIV asrda allaqachon tashqi iqtisodiy hisob-kitoblarda veksellardan keng foydalaniladi. Kredit va xalqaro bank aloqalarining rivojlanishi bilan oltin faqat o`ta og’ir vaziyatlarda, masalan, tabiiy ofatlar, hosil yetishmovchiligi va hokazolarda universal sotib olish agenti vazifasini bajardi. Boylikning mutlaqo ijtimoiy moddiylashuvi sifatida oltin boylikni bir mamlakatdan boshqasiga o`tkazish vositasi bo`lib xizmat 31 qilganida ishlagan. Rasmiy oltin zaxiralari ijtimoiy boylikni moddiylashtirish vazifasini ham bajargan. Hozirgi bosqichda oltin xalqaro pul aktivi bo`lib xizmat qilsa ham, jahon pullari funksiyasini bajarmaydi. Jahon pullari funksiyasini quyidagilar amalga oshiradilar: • yetakchi milliy valyutalar va avvalambor zaxira (asosiy) valyutalar (AQSH dollari); • xalqaro va mintaqaviy pul birliklari - xalqaro moliya institutlari chiqaradigan millatlararo valyutalar (yevro, Markaziy banklar boshchiligidagi Yevropa Markaziy banklari tizimi tomonidan chiqarilgan). Xulosa qilib aytganda, pulning barcha funksiyalari bir-biri bilan uzviy bog’liq va ular bir-birini to`ldiradi. Pulning funksiyalarining aynan shunday uzviy bog’liqligi va bir-birini to`ldirishi pul muomalasining barqarorligi va samarasini ta`minlashga sharoit yaratadi. Bozor iqtisodiyotiga o`tish sharoitida pulning ahamiyatining oshishi shundaki, jamiyatimizda mavjud yuridik va jismoniy shaxslar faoliyati hamda ularning natijasi daromadi pul bilan bog’liq. Shuning uchun ham, pul barcha iqtisodiy rivojlanish jarayonida odamlarni o`ziga jalb qilib kelgan. Avstraliyalik iqtisodchi olim K. Mengerning fikricha, Arastu va Aflotundan boshlab XX asrning boshigacha pul to`g’risida jahonda besh-olti mingdan ortiq maxsus ishlar chop qilingan. Agar biz, hozirgi kunda pul to`g’risida yozilgan va chop qilingan adabiyotlar soni bir necha marta oshib ketgan desak mubolag’a bo`lmasa kerak. Tadqiqotlar shunchalik ko`p bo`lishiga qaramasdan, pul va uning xususiyatlari, har bir tizimda ishlatilishi, roli, iqtisodiyotga ta`siri, nega alohida olingan individumlar qo`lida pulning ko`payishi, ular boyligining ko`payishiga olib keladiyu, jamiyat miqyosida muomaladagi pul massasining ko`payishi jamiyat boyligi ortib borishiga salbiy ta`sir ko`rsatadi, degan savollarga hali to`liq javob berilgan emas. Pulning ahamiyati ko`p qirrali. • Pul yalpi ichki mahsulotni (YAIM) yaratish, taqsimlash va qayta taqsimlash jarayonlarida ishtirok etib, ijtimoiy kapitalning aylanishiga vositachilik qiladi. • Pul makroiqtisodiy muvozanatning muhim omilidir. Milliy iqtisodiyotning uzoq muddatli muvozanatli o`sishiga erishish pulga talab va taklifni muvozanatlashtirmasdan imkonsizdir. Bu iqtisodiy 32 o`sish sifatini oshirish, uning yuqori va barqaror sur’atlarini saqlab qolish uchun zaruriy shart bo`lib xizmat qiladi. • Pul tashqi iqtisodiy aloqalar sohasida muhim omil hisoblanadi. • Iqtisodiyotni pul bilan tartibga solish uchun pul kredit bilan birga ishlatilishi mumkin. Milliy pul birligining ichki va tashqi barqarorligi milliy iqtisodiyotdagi ichki va tashqi makroiqtisodiy muvozanatning eng muhim shartidir. Shu sababli, milliy valyutaning barqarorligini ta’minlash aksariyat mamlakatlarda pul-kredit siyosatining maqsadi hisoblanadi. • Pullar tovar narxlarini belgilash, tovarlarni sotishdan tushadigan mablag’larni ularni ishlab chiqarish xarajatlari bilan taqqoslash uchun ishlatiladi. • Pullar mamlakatdagi hisob-kitoblarni baholash uchun zarur bo`lib, ularsiz statistik va buxgalteriya hisobini yuritish, korxonalarning moliyaviy-xo`jalik faoliyatini nazorat qilish va ishlab chiqarish samaradorligini oshirish yo`llarini belgilash mumkin emas. Iqtisodiy globallashuv sharoitida milliy iqtisodiyotlarning tashqi omillarga bog’liqligida hamda tashqi iqtisodiy aloqalarda pulning o`rni ayniqsa katta. Jahon pullari jahon moliyaviy oqimlarini to`plash va qayta taqsimlash jarayonlarida vositachilik qiladi, kapitalning bir mamlakatdan ikkinchisiga o`tishiga, mamlakatlar o`rtasidagi tovarlar va xizmatlarning harakatiga xizmat qiladi. Jahon bozorining milliy iqtisodiyotga ta’sir etish vositalaridan biri bu milliy valyuta kursidir. Uning darajasi tashqi savdoga, milliy mahsulotlarning jahon bozoridagi raqobatdoshligiga, kapital eksporti va importiga, pul muomalasi holatiga, inflyatsiya darajasiga, butun ishlab chiqarish jarayoniga sezilarli ta’sir ko`rsatadi. Download 3.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling