Buxoro davlat universiteti abdullaev a. J, Qayimova z. A, Boltaev sh. Sh, Narzieva d. M
Download 3.95 Mb. Pdf ko'rish
|
12594 2 F73689EE6175CBCB594F6BEABC06D737E9CA1955
- Bu sahifa navigatsiya:
- Muomala vositasi funksiya
1.3. Pulning funksiyalari. Iqtisodiy adabiyotlarda pulning funksiyalari xususida 2 ilmiy maktab olimlarining qarashlari mavjud: 1. Yevropa maktabi. 2. Amerika maktabi. Yevropa maktabi pulning 5 funksiyasi xususida xulosaga kelgan: 1. Qiymat o`lchovi funksiyasi. Pullar tovarlar va boshqa tovarlarning narxlarini belgilash orqali ularning qiymati va foydaliligini (foydalanish qiymatini) ifodalash uchun ishlatiladi. Narx tovar qiymati va foydaliligini pul ifodasi sifatida ishlaydi. Tovar narxi o`rtacha qiymatga teng, ammo talab va taklifga qarab u o`zgarib turadi va ushbu qiymatdan yuqori yoki past bo`lishi mumkin. Barcha tovarlar va xizmtalar qiymati umumiy ekvivalent bo`lgan pulda o`lchanadi. Pulning o`zi hech qanday narxga ega emas. Ular sotib olish qobiliyatiga ega, bu ularning ma’lum miqdordagi tovarlar va xizmatlarga almashtirish qobiliyati sifatida tushuniladi. Qog’oz pul Moliya vazirligi tomonidan muomalaga chiqariladi. Masalan: AQSHda 1 dollardan 10 dollargacha bo`lgan kupyuralar AQSH G’aznachiligi tomonidan muomalaga chiqariladi. AQSHda Moliya vazirligi yo`q. Bu vazifani AQSH G’aznachiligi bajaradi. 28 Angliyada tangalar Moliya vazirligi tomonidan ishlab chiqariladi. Kredit pullar bu banknotalar bo`lib, Markaziy banklar tomonidan muomalaga chiqariladi. O`zbekistonda muomaladagi barcha pul birliklari banknotalar hisoblanadi va ular O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki aktivlari bilan ta`minlanadi. Qiymatni o`lchash funksiyasi narxlar shkalasi asosida amalga oshiriladi. Bu har xil narxdagi tovarlar narxlarini taqqoslash uchun kerak. Narxlar shkalasi bu pulning texnik funksiyasidir, u yordamida qiymatni o`lchash funksiyasini bajariladi. 1. Muomala vositasi funksiyasining vazifasi pulni mahsulotni (xizmatni) naqd pulga sotib olish yoki sotishda tovar ayirboshlash jarayoniga xizmat qilish uchun ishlatilishini anglatadi. Pul mahsulotni (xizmatni) naqd pulga sotib olish yoki sotishda tovar aylanishi jarayonida (T - D - T) vositachi vazifasini bajaradi. Binobarin, hisoblanadigan (aqlan xayol qilingan) pullar tomonidan amalga oshiriladigan qiymat o`lchovi funksiyasidan farqli o`laroq, muomala vositasi vazifasini real pullar bajaradi. Pulni muomala vositasi sifatida ishlatishning asosiy sharti uning ommaviy tan olinishi hisoblanadi. Download 3.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling