Buxoro davlat universiteti abdullaev a. J, Qayimova z. A, Boltaev sh. Sh, Narzieva d. M


Download 3.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/170
Sana11.10.2023
Hajmi3.95 Mb.
#1698006
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   170
Bog'liq
12594 2 F73689EE6175CBCB594F6BEABC06D737E9CA1955

 
1.3. Pulning funksiyalari. 
 
Iqtisodiy adabiyotlarda pulning funksiyalari xususida 2 ilmiy 
maktab olimlarining qarashlari mavjud: 
1. Yevropa maktabi. 
2.  Amerika maktabi. 
Yevropa maktabi pulning 5 funksiyasi xususida xulosaga 
kelgan: 
1. Qiymat o`lchovi funksiyasi. Pullar tovarlar va boshqa 
tovarlarning narxlarini belgilash orqali ularning qiymati va 
foydaliligini (foydalanish qiymatini) ifodalash uchun ishlatiladi.
Narx 
tovar qiymati va foydaliligini pul ifodasi sifatida ishlaydi. Tovar narxi 
o`rtacha qiymatga teng, ammo talab va taklifga qarab u o`zgarib 
turadi va ushbu qiymatdan yuqori yoki past bo`lishi mumkin. Barcha 
tovarlar va xizmtalar qiymati umumiy ekvivalent bo`lgan pulda 
o`lchanadi. 
Pulning o`zi hech qanday narxga ega emas. Ular sotib 
olish qobiliyatiga ega, bu ularning ma’lum miqdordagi tovarlar va 
xizmatlarga almashtirish qobiliyati sifatida tushuniladi. 
Qog’oz 
pul 
Moliya 
vazirligi 
tomonidan 
muomalaga 
chiqariladi. Masalan: AQSHda 1 dollardan 10 dollargacha bo`lgan 
kupyuralar AQSH G’aznachiligi tomonidan muomalaga chiqariladi. 
AQSHda Moliya vazirligi yo`q. Bu vazifani AQSH G’aznachiligi 
bajaradi.


28 
Angliyada tangalar Moliya vazirligi tomonidan ishlab chiqariladi. 
Kredit pullar bu banknotalar bo`lib, Markaziy banklar tomonidan 
muomalaga chiqariladi. O`zbekistonda muomaladagi barcha pul 
birliklari banknotalar hisoblanadi va ular O`zbekiston Respublikasi 
Markaziy banki aktivlari bilan ta`minlanadi. 
Qiymatni o`lchash funksiyasi narxlar shkalasi asosida amalga 
oshiriladi. Bu har xil narxdagi tovarlar narxlarini taqqoslash uchun 
kerak.
Narxlar shkalasi bu pulning texnik funksiyasidir, u yordamida 
qiymatni o`lchash funksiyasini bajariladi.
1. Muomala vositasi funksiyasining vazifasi pulni mahsulotni 
(xizmatni) naqd pulga sotib olish yoki sotishda tovar ayirboshlash 
jarayoniga xizmat qilish uchun ishlatilishini anglatadi. Pul mahsulotni 
(xizmatni) naqd pulga sotib olish yoki sotishda tovar aylanishi 
jarayonida (T - D - T) vositachi vazifasini bajaradi. Binobarin, 
hisoblanadigan (aqlan xayol qilingan) pullar tomonidan amalga 
oshiriladigan qiymat o`lchovi funksiyasidan farqli o`laroq, muomala 
vositasi vazifasini real pullar bajaradi.
Pulni muomala vositasi sifatida 
ishlatishning asosiy sharti uning ommaviy tan olinishi hisoblanadi. 

Download 3.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   170




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling