Buxoro davlat universiteti abdullaev a. J, Qayimova z. A, Boltaev sh. Sh, Narzieva d. M
Download 3.95 Mb. Pdf ko'rish
|
12594 2 F73689EE6175CBCB594F6BEABC06D737E9CA1955
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4. Zamonaviy monetarizm nazariyasi. 2.1.Pulning metallilik nazariyasi
Nazoat uchun savollar
1.Fanning predmeti va vazifalarini ayting? Pulning paydo bo`lish sabablarini yoritib bering? 2. Pul shakllari va turlarining evolyutsiyasi hamda pulning mohiyati va uning namoyon bo`lish shakllarini tushuntirib bering? 3. Pulning funktsiyalarini yoritib bering? “Pul, kredit va banklar” fanining predmeti va vazifalarini aytib bering? 4. Fanning boshqa iqtisodiy fanlar bilan o`zaro aloqadorligini yoriting? Qiymat shakllarining evolyutsiyalarini hamda uningoddiy yoki tasodifiy shaklini yoritib bering? 5. Pulning boshqa iqtisodiy kategoriyalardan ajralib turuvchi o`ziga hos xususiyatlarini ochib bering?. 6. Kredit pullari va ularning turlarini keltiring va ularga tavsif bering? 40 2-MODUL. PUL NAZARIYALARI 1. Pulning metallilik nazariyasi. 2. Pulning nominallik nazariyasi. 3. Pulning miqdoriylik nazariyasi. 4. Zamonaviy monetarizm nazariyasi. 2.1.Pulning metallilik nazariyasi Pulning metallik nazariyasi bu turli davlatlarda turli tadqiqotchilar tomonidan aytilgan ilmiy qarashlarning jamlanmasi bo`lib, ular pul sifatida faqat oltin va kumushni ko`rdilar va ular jamiyat boyligining manbai deb hisobladilar. Pul va uning sotib olish quvvati orasidagi munosabat pul nazariyalarining markaziy masalalaridan biri bo`lib kelgan. Xullas, iqtisodchilarning pulning mohiyati, uning funktsiyalari va pul muomalasiga bo`lgan qarashlari pul nazariyalarini keltirib chiqardi. Ilk tarixiy pul nazariyalari sifatida nominallik va metallik nazariyalarni keltirish mumkin. Kapitalizm taraqqiyoti bilan birga bu nazariyalar ham o`zgarib yangi, miqdoriy nazariyaning paydo bo`lishiga asos bo`ldi. Pul nazariyalari - pul tabiati va pulning ishlab chiqarishni shakllantirishga ta`siri haqidagi nazariyalardir. Bu nazariyalar kapitalistik ishlab chiqarish usuligacha bo`lgan davrda vujudga keldi. Kapitalistik ishlab chiqarish usuli davrida, pul-tovar munosabatlari xo`jalik sohasining hamma tarmoqlarini qamrab olgan davrdagina pul nazariyasi keng tarqaldi. Pulning metallilik nazariyasi XVI asrda fransuz olimi Nikolo Orezme tomonidan nazariya sifatida shakllantirildi. Keyinchalik angliyalik iqtisodchi olimlar U.Stefford, T.Men, P.Nors, CHayld, Fransiyada A.Monkreten, Germaniyada U.YUst; Italiyada G.Skaruffi, F.Galiyani tomonidan rivojlantirildi. Pulning metallilik nazariyasi merkantilizm g’oyalariga asoslanadi. Merkantilizm – dunyo tarixidagi birinchi iqtisodiy maktab hisoblanadi. Merkantilistlar 2 yirik guruhga bo`linadi: 1. Ilk merkantilistlar. 2. So`nggi merkantilistlar. 41 Ilk merkantilistlar - aktiv pul balansi degan g’oyani ilgari suradilar. Ularning fikriga ko`ra oltin va kumush o`z tabiatiga ko`ra pul hisoblanadi. Har bir jamiyatning boyligi uning oltin va kumush zaxiralari bilan belgilanadi. Aktiv pul balansi - deganda oltin va kumushning har doim mamlakatga kirib kelish miqdori ularni mamlakatdan chiqib ketish miqdoridan katta bo`lishi tushiniladi. Ilk merkantilistlar davlat protektsionizm siyosatini qo`llash shart deb hisoblaydilar. Ular aytadiki, davlat mamlakatdan oltin va kumush pullarni chiqib ketishini to`sqinlik qilishi zarur. So`nggi merkantilistlar pulning asosiy funktsiyasi bu jamg’arish funktsiyasi deb hisoblaydilar. XVI asrning ikkinchi yarimidan XVII asr oxiriga qadar Yevropada so`nggi merkantelistlarning qarashlari hukmron g’oyaga aylandi. So`nggi merkantelistlarning eng taniqli vakili Tomas Men hisoblanadi. T.Men ilk merkantalistlardan farqli ravishda pulning muhimligi jamiyat boyligining manbai ekanligida emas balki mamlakat ichidagi tovarlar va pullarning harakatiga ta`siridadir degan xulosaga keldi. T.Men birinchi bo’lib metallilik nazariyasiga yangilik kiritdi. Ushbu yangilik quyidagilardan iborat: 1. Mamlakat savdo balansi ijobiy saldoga ega bo`lganda tovarlarni import qilish mumkin. 2. Agar mamlakat uchun foydali bo`lsa, oltin va kumushni xalqaro savdoni rivojlantirish uchun ishlatish mumkin. Tomas Men aytadiki pul savdoni yaratadi, savdo esa pulni ko`paytiradi. Tomas Men birinchi bo`lib umumiy savdo balansi degan tushunchani kiritgan. So`nggi merkantalistlar umumiy savdo balansi g’oyasini ilgari surdilar. Bungacha xususiy savdo balanslari mavjud edi. Ular mamlakatning alohida olingan bitta mamlakat bilan savdo munosabatlarini aks ettirar edi. Merkantilistlar oltin va kumush tangalarni yemirilib ketishini tan olmaganlar. Lekin amaliyot ko`rsatadiki oltin va kumush tangalar ishqalanish xususiyatiga ega. Ushbu tangalar vaqt o`tishi bilan o`z vaznining bir qismini yo`qotadi, natijada ayirboshlash munosabatlarida notenglik holati yuzaga keladi. VIII asrga kelib metall tangalarning yemirilishi isbotlandi. Shuningdek, birinchi jahon urushi ta`sirida Yevropada oltin standarti bekor bo`ldi. 42 Dastlab merkantilistlar Adam Smit va Jorj Styuard tomonidan qattiq tanqidga uchradi. Ushbu olimlarning fikriga ko`ra pul jamiyatning boyligi emas, balki shartli hisob birligidir. Pullar baho masshtabi sifatida ayirboshlash munosabatlarini ifoda etadi. Taniqli iqtisodchi olimlar P.Samuelson , J.Key metall pullar muomalasini inkor etganlar. Download 3.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling