Buxoro davlat universiteti abdullaev a. J, Qayimova z. A, Boltaev sh. Sh, Narzieva d. M


Download 3.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/170
Sana11.10.2023
Hajmi3.95 Mb.
#1698006
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   170
Bog'liq
12594 2 F73689EE6175CBCB594F6BEABC06D737E9CA1955

2.2. Pulning nominallik nazariyasi.
Pulning nominallilik nazariyasining asoschilari bo`lib
Angliyalik ruhoniy va faylasuf J.Berkli va Angliyalik iqtisodchi
J.Styuard hisoblanadi. Ular bu nazariyaning etakchisi. Bu
nazariyani rivojlantirishga eng katta hissa qo`shgan olim
G.Knapp. 1905- yilda Knappning pulning davlat nazariyasi nomli
kitobi nashrdan chiqdi. Pulning naminallilik nazariyasi XVIII asrda
paydo bo`lgan. Ushbu nazariya namoyondalari pulning tovar
xususiyatini inkor etdilar. Ular aytadiki pul qiymat va iste`mol
qiymatiga ega emas. Pulning qiymati unga qo`yilgan nominali
bilan belgilanadi. Ular metall pullar yemirilish xususiyatiga ega
ekanligini ta’kidlashdi va qog’oz pullar to`lov vositasi sifatida
moslashuvchan va qulay, ayirboshlash vositasi ekanligini etirof
etishdi. 
Knapp pulning nominallilik nazariyasini rivojlantirar ekan
quyidagi xulosaga keldi. 
- Pulni davlat yaratadi; 
- Pulning asosiy funksiyasi bu to`lov vositasi funksiyasidir; 
- Davlat pulga xarid qobilyatini beradi
- Pulning xarid qobilyati davlatning qonun hujjatlari bilan
belgilanadi; 
Keyns pulning nominallilik nazariyasi tarafdori bo`lgan.
Keyns aytadiki qog’oz pullarning oltin tangalarni muomaladan
siqib chiqarishi Knappning buyuk g’alabasidir. 
Pulning mohiyati 3 shaklda namoyon bo`ladi. 
1. Pul barcha tovarlar qiymatini o`zida ifoda etuvchi umumiy
ekvivalentdir. 
2. Pul mustaqil almashinuv xususiyatiga ega. Pul tovarlarsiz
ham erkin harakatlana oladi. (talabalarga stipendiya, oylik
maoshlar, soliqlar, bankdan kredit olish) 
3. Pul buyumlashgan mehnatning tashqi o`lchovi. 
Buyumlashgan mehnatning ichki o`lchovi mehnat asosida
o`lchanadi. 
Nominalistlar baho masshtabi deganda milliy pulning oltin
asosiga aytiladi. 


44 
Nominalistlar oltinga almashmaydigan qog’oz pullar
muomalasini afzal ekanligini etirof etadilar. Hozir dunyoda hech
bir valyuta oltin asosiga ega emas. Hozirgi davrda muomlaga
chiqarilayotgan naqd pullar Markaziy bankning aktivlari bilan
ta`minlanadi. 

Download 3.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   170




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling